410-yilda Alarix boshchiligidagi gotlar Rimni mor qildilar.
Gotlarning Rimni ishg`ol etishi imperiya aholisini larzaga soldi. Yuz yillar davomida rimliklar o`zlarining barcha raqiblari ustidan g`alaba qozonishgan, O`rtayer dengizi bo`ylaridagi barcha mamlakatlarni zabt etishgan, o`zlarini esa jahon hukmdori hisoblar edilar. Rimni esa «mangu shahar» deya ta`riflashgan. Go`yo rimliklar qudratining so`ngi yo`qdek tuyulardi. Qarangki, butun jahondan keltirilgan durdonalar xazinasi dag`al va qo`pol qabilalar o`ljasiga aylandi. Rim qulashi haqida o`sha zamon tarixchisi nadomat bilan shunday yozgan edi: «Butun Yer yuzini bo`ysundirgan jahon shamchirog`i ham so`ndi».
Do'stlaringiz bilan baham: |