Mingbuloq tumani 13-maktab
Tarix
6-sinf
1-BILET
1. Qadimgi Misr davlati.
2. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering.
|
1. Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo`lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo`ylab oltin, qatron, fil suyagi, nodir navli yog`ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g`arbida, Liviya cho`lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko`chmanchi chorvadorlar bo`lgan. Arabiston sahrosida hech kim istiqomat qilmas, ammo u orqali o`tadigan yo`l Sinay yarimoroliga borar, bu yerda esa mis qazib olinar edi. Sinay yarimrolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy edi. Falastin va Suriyadan misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va noyob toshlarni ham olib kelishardi. Orta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, mahalliy qabilalar Misrga «xiroj» to`lay boshlashdi. Fir`avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni talattirdilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O`rta podsholik fir`avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo`shib olishga muyassar bo`ldilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |