2-BILET
1. Ossuriya podsholigi.
2. Fermopil jangi haqida ma’lumot bering.
1. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Dajla yuqori oqimidagi Kichikroq hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo`lgan. Aholining asosiy mashg`uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati miloddan avvalgi XX asr atroflarida vujudga keldi.
Ossuriyaliklar jangari xalq bo`lgan. Ular qo`shni yerlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Ossuriyaliklarning qudratli lasilkari har yili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo`ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda xiroj to`lar edi. Miloddan avvalgi XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o`z ravnaqining yuqori cho`qqisiga erishadi. Miloddan avvalgi VIII-II asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan dayrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olinadi.
Iyerusalim (Quddus) shahrini bosib olgan ossuriyaliklar qal`a devorlarini, uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirlikka haydab ketadilar.
Hukmdorlarning haddan tashqari shafqatsizligi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani «qonga botgan shahar» yoki «sherlar darasi» deya ta`riflashgan. Yurishlarda talab tortib olingan hamma narsa poytaxtga oqib kelar edi. Ulug`vor saroylar va ibodatxonalar boylikka to`lib ketgan edi. Oshshurbanapal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo`lgan kutubxona jamlangan edi. Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. Miloddan avvalgi 627-yilda dastlab Bobil, so`ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi. So`ngra Bobil va Midiya birlashib, bir hamla bilan Oshshur va Nineviyani zabt etishdi. Miloddan avvalgi 605-yilda Ossuriya armiyasi batamom qirib tashlagandan keyin bu davlat ham zavolga yuzlandi. Ossuriya davlati miloddan avvalgi XX asrda vujudga keldi; miloddan avvalgi XIII asrda ravnaqining yuqori cho`qqisiga erishdi; miloddan avvalgi VII asrda tarix sahnasidan keldi.
2. O`z qo`shinlari mag`lubiyati to`g`risidagi xabarni eshitgan Doro I buni tasodifiy bir hodisa deb bildi, yangi urushga tayyorgarlik ko`ra boshladi. Yangi urishga tayyorgarlik ketayotganda Doro I vafot etdi. Qo`shinlarni Yunonistonga uning o`g`li Kserks boshlab keldi. Bu voqea miloddan avvalgi 480-yilda, ya`ni Marafon jangidan roppa-rosa o`n yil keyin ro`y berdi.
Kserks jangchilari shu qadar ko`p bo`lganki, ularni hisoblashga uringan ro`yxat tuzuvchi munshiylar har daf a sanoqdan adashib ketishar edi. Forslar qo`shinlari turli-tuman qabilalardan tashkil topgan, qurol-aslaha va jang qilish usullari bir xil emasdi, muhimi, ko`pchilik jangchilarda urushdan manfaatdorlik hissi bo`lmagan.
Kserksning ulkan lashkari Sard shahridan yo`lga chiqib, Gellespont bo`g`oziga yetib keldi. Kserksning buyrug`i bilan bir kilometrdan uzun ko`prik qurildi. Ammo ko`prik qurib bo`linganida qattiq bo`ron qo`zg`alib, uni buzib tashladi. Qahr-g`azab otiga mingan Kserks itoatsiz dengizni qamchilab jazolash, quruvchilarni qatl etishga farmon berdi! Yangi kelgan quruvchilar boshqa ko`prik qurishdi, yetti kecha-kunduz ichida fors qo`shinlari narigi qirg`oqqa o`tdi.
Yunoniston sarhadiga kechib o`tgan Kserks lashkari shaharlarni birma-bir bosib ola boshladi. Yunonlar ular bilan ochiq jang qilishdan cho`chishgan edi.
Tog`lardagi Fermopil kamari Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo`1 edi. Yunonlar o`sha joyda pistirma qo`yishga qaror qilishdi, ammo forslarga tog`lar orqali yo`lni ko`rsatib bergan bir sotqin chiqib qoldi. Kayxusrav (Kserks) qo`shinlari Janubiy Yunonistonga yetib bordi, yunonlar qo`shinlarini aylanib o`tib, Fermopilni egallab oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |