Yahudiylik



Download 21,77 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi21,77 Kb.
#919295
  1   2
Bog'liq
yaxudiylik


Yahudiylik — asosan yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 2 ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Arabiston yarim orolning shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Tankani bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Rossiya — Ispaniya davlatini tuzdilar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Yahudiylik nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.
Dastlab yahudiylik koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Miloddan avvalgi I-VIII asrlarda yahudiylik yakkaxudolik (monoteistik) diniga aylangan. Olamning yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahd (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey)ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish yahudiylikning asosiy aqidalaridir. Yahudiylik dinida xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiqlar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliqlar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. Yahudiylikning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bunday koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
Fanda yahudiylikning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy yahudiylik (Bibliya davri), klassik yahudiylik (miloddan avvalgi 536 va milodiy 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr yahudiyligi (modernistik yahudiylik). Eng qadimiy yahufiylik dini dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yahudiya davlatlari (miloddan avvalgi X-XI asrlar)ning, keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻzaki tarzda miloddan avvalgi XI-VI asrlar oʻrtasida shakllangan. Miloddan avvalgi V asrda yozib olingan. Bundan keyin yahudiylikning klassik davri boshlanadi. Miloddan avvalgi 586-yilda yangi Bobil podshosi Navuxodonosor XI Yahudiyani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 yil davom etgan "Bobil asirligi" va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. "Qadimgi ahd" matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Milodiy 70-yil Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi IV asrda, Bobil Talmudi V asrda eʼlon qilindi.
VII-XVIII asrlarda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan. XVIII asrdan diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi.
Yahudiylikda qadim zamonlardan boshlab xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Miloddah avvalgi II asrdan milodning 23-yiligacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal yahudiylik bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal yahudiylikka muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin yahudiylikdan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (qarang Xristianlik).
Yahudiylik diniga ga eʼtiqod qiluvchilar soni 100 million nafarga yaqinni tashkil eradi,ularning uchdan bir qismi AQSHdadir[1].
Tavrot (ivritcha: תּוֹרָה - "tora" — taʼlimot, qonun) — iudaizm dinining muqaddas kitobi. Tavrot 5 ta kitob (Ibtido, Chiqish, Loviy, Sonlar, Ikkinchi qonun)ning umumiy nomi. Iudaizm va islom aqidasi boʻyicha, Tavrot Allohning Musoga a.s Jabroil a.s orqali tushirgan kitobi. Koʻpincha u "Muso qonunlari" deb ham ataladi. Tavrot yozuvlari ogʻzaki tarzda mil. av. 11—6-asrlar oʻrtasida shakllangan. 5-asrda Falastinda kitob shakliga keltirilgan. Tavrotda dunyoning yaratilishi, Odamato, Momohavo, toʻfon, Bobil minorasi va tillar chatishuvi, ilk yahudiy paygʻambarlari, yaxudiylarning Misrdan chiqib asirlikdan qutulishi, ularga Falastinni muqaddas yer sifatida berilishi, Musoning xudodan olgan koʻrsatmalari, Yaxvaga sigʻinishning boshlanishi, diniy aqida, tartib va marosimlar, yahudiylarning 40 yil Sinay yarim orolda koʻchmanchilikda hayot kechirishi, yahudiylar xudo tomonidan tanlangan xalq ekani bayon qilinadi. Tavrotni asrlar davomida talqin va qayta talqin etish natijasida iudaizmning yana bir muqaddas kitobi — Talmud shakllangan.

Tavrot
Qurʼonda Tavrot haqida bir qancha oyatlar bor. Qurʼonga koʻra, Injildagi kabi Tavrotda ham yahudiylardan boʻlmagan Ahmad ismli paygʻambarning dunyoga kelishi haqida aytilgan. Musulmon adabiyotida "Qadimgi ahd" da uchraydigan barcha kitoblarni Tavrot deb ataydilar.

Download 21,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish