Miloddan avvalgi 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo`lmish podsho Kir II barcha forslarni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo`ysundirganidan so`ngra Kir II ulkan lasilkar jamladi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (miloddan avvalgi 539-yil). Eronliklar O`rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O`rta Osiyoga, shaklar va massagatlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi.
Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Dorol ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |