12. Qaysi qatorda yuqori tor unlilar va jaranglilardan tuzilgan so‘z berilgan? A) go‘zallik B) uyimda C) usuli D) gulli
13. Qaysi javobda fonetik o‘zgarishga uchragan ko‘chma ma’noli so‘z ishtirok etgan? A) Bunday vaziyatda nima qilish kerakligini bilasan-a? B) llm - mehnat samarasi. C) Kitob - bilim bulog‘i. D) Fuzuliyni oldim qo‘limga.
14. Lab undoshlari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri? A) Lab-tish undoshlari jarangli-jarangsiz undoshlar juftligini hosil qiladi. B) Lab-lab undoshlarining barchasi
shovqinli undosh sanaladi. C) Lab-lab undoshlari portlovchi va sirg‘aluvchi undoshlarga mansub. D) Lab-tish undoshlari hosil bo‘lish usuliga ko‘ra farqlovchi belgiga ega.
15. Qator undoshli so‘zlar berilgan javobni belgilang. A) metall, gramm B) tenglama, bodring C) go‘sht, barvaqt D) izzat, millat
1. Tuzsiz she'rlarim deb shirindan shirin Bolalarim yurar oyoq uchida. (M.Yusuf) Ushbu satrda ma'no ko'chishining qaysi ko'rinishi bor? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
2. Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig'lab uyga keldi. Ushbu gapdagi so'zlar tarkibida qanday fonetik o'zgarishlar mavjud? A) tovush tushishi B) tovush tushishi va almashuvi C) tovush almashuvi va tovush orttirilishi D) tovush almashuvi, tovush tushishi va tovush orttirilishi
3. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovullab oqyapti. Berilgan gapdagi yasama so'z qanday sintaktik vazifani bajargan? A) aniqlovchi B) to'ldiruvchi C) hol D) kesim
4. Qaysi misollarda so'z yasovchi qo'shimcha shakl yasovchi qo'shimcha bilan omonimlik (shakldoshlik) hosil qilgan? 1) qalamdon, bilimdon; 2) toshqin, jo'shqin 3) kelinchak, erinchak; 4) qo'llanma, gapirma A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
5. To'g'rilik bilan xiyonat, yolg'on bilan diyonat chiqisha olmaydi. Ushbu gapdagi mavhum otlar sonini va gapdagi vazifasini toping. A) 4 ta, to'ldiruvchi va ega vazifasida B) 3 ta, barchasi ega vazifasida
C) 3 ta, to'ldiruvchi va ega vazifasida D) 4 ta, barchasi ega vazifasida
6. Nisbiy so'z yordamida birikkan to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap berilgan qatorni aniqlang. A) Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo'lmaydi. B) Unga kim yaxshi gapirsa, o'sha yaxshi odam bo'lib ko'rinardi. C) Kim odamlarga yaxshilik qilsa, yaxshi inson deyishadi. D) Kimning ko'ngli tog' bo'lsa, uning yo'li ham to'g'ri bo'ladi.
7. Qaysi qatordagi gapda belgilash olmoshi ishtirok etmagan? A) Dildora hali yosh bo'lsa ham, aqli butun. B) Dunyoning shodligi yig'ilsa, butun Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun. C) Barcha shodlik senga bo'lsin, Bor sitain, zorlik menga D) Har kim o'z quvonch ham orzularini bildirib turarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |