13. Gap bo‘laklari joylashuvi aniqlovchi, to’ldiruvchi, ega, kesim tartibida joylashgan gapni aniqlang. A) Bugungi ishni ertaga qo‘yma! B) Qolgan ishga qor yog‘ar. C) Ko‘kka boqma, ko‘pga boq! D) Ko‘pdan ayrilganni bo‘ri yer.
14. Qaysi javobda to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan?
A) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut-baraka bo‘ladi. B) Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. C) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi.
D) Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.
15. Vatanni himoya qilish uchun jon fido etgan o‘g‘lonlarimizning onalarini achchiq iztirob, ayriliqlar qiynasa ham, ular istiqlolga erishish maqsadida ko'ksini qalqon qilgan farzandlari haqida faxrlanib gapiradilar. Ushbu gapda ko‘makchilar qaysi gap bo'laklarini shakllantirgan? A) maqsad holi, maqsad holi, vositali to'ldiruvchi B) sabab holi, maqsad holi, kesim, vositali to'ldiruvchi C) vositali to'ldiruvchi, maqsad holi, vositali to‘ldiruvchi D) sabab holi, sabab holi, vositali to'ldiruvchi
2-variant
1. Qaysi gapda jarangli undoshlar berilgan?
A) k, t, ch B) b, z, h C) l, m, sh D) r, j, v
2. Ko‘chma ma’noli so‘z berilmagan javobni belgilang.
A) achchiq xotira B) qattiq odam
C) tez yurmoq D) ayb yog‘dirmoq
3. Qaysi javobda fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z qatnashgan?
A) O‘tloq bo‘ylab yo‘lga tushdik.
B) Gunohi ne edi porloq quyoshning.
C) Ikki ko‘zi har nav mollar bilan to‘la xurjunni yelkaga tashlab, inqillab kirdi.
D) Kechgacha tuz totmadi.
4. Yetakchi qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qaysi javobda berilgan? A) “Lolazor” romanini o‘qib chiqdim
B) Tezda hal qilish kerak, Talabgorlar ko‘p
C) Shunday o‘ylasangiz yanglishasiz, – deb e’tiroz bildirdi Abdukarim.
D) U do‘stini ancha vaqtlargacha qo‘llab yurdi.
5. Kesimi ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan ergash gapli qo‘shma gap qaysi javobda berilgan?
A) Qayerda ahillik bo‘lsa, o‘sha yerda qut-baraka bo‘ladi.
B) Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo‘ladi.
C) Hali Onaxonning bilmaganlari shu qadar ko‘p ediki, so‘rab oxiriga yetolmasday ko‘rindi.
D) Yaxshilar jamiyatda ko‘pdir, yaxshilik bo‘lsa uning asosidir.
6. Qaysi qatorda quyidagi gapda qo‘llangan ko‘makchi morfemalar haqida to‘g‘ri hukm berilgan? Kechasi ochilur, osmonga sochilur.
1) 3 ta ko‘makchi morfema sintaktik munosabat ifodalaydi;
2) 4 ta ko‘makchi morfema sintaktik munosabat ifodalaydi;
3) 2 ta ko‘makchi morfema lug‘aviy shakl yasagan;
4) 3 ta ko‘makchi morfema lug‘aviy shakl yasagan;
5) barcha ko‘makchi morfemalar lug‘aviy
shakl yasovchi bo‘lib kelgan
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 5 D) 2, 4
7. Ega ergash gapli qushma gamni belgilang
A) Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u bulak yurt bezor
B) Toliyim shuki, jahonda bir guliston tanladim
C) Shunisi aniqki, ahvol yomon
D) Dutor chalib o‘tirsam,tori uzilib ketdi.
8. Qaysi javobda ortirma nisbat qo‘shimchasi bilan omonimlik hosil qiluvchi so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etmagan?
A) Yuzidagi qizarganlik alomati uning uyalganligini anglatardi..
B) Idishlarni yangi suvlar bilan to‘lat.
C) Ushbu boshqotirmaga berkitilgan kirish so‘zlarni toping. D) O‘zbek imlosi va tinish belgilari, fonetika va grammatikasi bo‘yicha asarlar yozildi.
9. Imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan so‘z qaysi gapda ishtirok etgan?
A) «Ilm – insoniyat qudrati» mavzuyi uchun epigraf tanlang. B) Ismoil polvon yurish-turishi, avzoyidan osonlikcha jon beradiganga o‘xshamasdi!
C) Balki bu unga taqiqlanmagandir, ammo u taqiq haqida ham hech qayerda lom-mim demagan.
D) Tamagirlik – kishining boshiga bitgan balo.
10. Quyidagi gapda nechta turkumga oid so‘z ishtirok etgan? Shavkat onasini qo‘yib yubordi-da, chopqillab narigi uyga kirib ketdi.
A) 4 ta B) 6 C) 5 D) 3
11. Qaysi javoda harakat nomi uyushgan hol vazifasida kelgan?
A) Qush goh ko‘tarilib, goh pastlab bir joyda uchib turdi.
B) Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytishda ham uni qo‘liga olar, suyar va gaplariga, qiliqlariga zavq bilan kular edi.
C) Bilim o‘qish va takrorlash mevasidir.
D) Erta bahorda daraxt ekish, yerlarni yumshatish eng yaxshi odatimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |