8. Harakatning tez va oson bajaralishini ifodalovchi ko'makchi fe'lni toping. A) qo'ymoq B) boshlamoq C) yurmoq D) turmoq
9. Bog'lovchi vositalardan qaysi biri qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga, ular orasida qiyoslash munosabati mayjudligini ifodalaydi? A) bo'lsa, esa so'zlari B) nisbiy so'zlar C) biriktiruvchi bog'lovchilar D) ayiruv bog'lovchilar
10. Ko'makchili boshqaruv qatnashgan gapni toping. A) Bu tepalikka chiqish orqada qolgan yo'lning azobidan ham ortiqroq bo'ldi. B) Qizim, bunaqa yigitdan sovchi bir
marta keladi. C) Ota yuz-qo'llarini yuvgandan so'ng sal nariga borib o'tirdi. D) O'quvchi bolalarga, yigit va qizlarga bag'ishlab yozilgan qo’shiqlar ko'p.
11. Quyidagi vositalarning qaysi biri bilan bog'langanda qo'shma gap "ergash gap + bosh gap" shaklida bo'ladi? 1) chunki; 2) shuning uchun; 3) negaki; 4) deb; 5) mabodo; 6) -ki A) 2, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 4, 5, 6 D) 4, 6
12. Tilshunoslikning qaysi bo'limlarida so'z o'rganiladi? A) morfologiya va leksikologiyada B) faqat leksikologiyada C) sintaksis va leksikologiyada D) sintaksis va morfologiyada
13. Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko'zlari, dum-dumaloq lo'ppi yuzi negadir g'amli, ma'yus edi. Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so'z bor, ularning nechtasi orttirma darajada? A) 6 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada B) 6 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada C) 7 ta sifat, 2 tasi orttirma darajada D) 7 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
14. Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi hamki, og‘zini tiyolmadi. Ushbu gapda necha o‘rinda fonetik o‘zgarish kuzatilgan? A) 3 B) 6 C) 4 D) 5
15. Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? A) su..bat, ..il-..il B) no‘..at, ..ayot C) ba..t, ogo.. D) ..il-..il, sho‘..
28-variant
1. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) xususiyat, tafsilot B) daromad, sabzovot C) saxovot, zokovat D) halovat, forosat
2. Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? A) Boshing ko‘kga yetgan bo‘lsa ham, Ustozlar ilmiga quloq sol har dam. B) Og‘ir yukdan zo‘riqqan qo‘llariga biroz dam berdi. C) Yuziga urilgan salqin shabada uni yana ham tetiklashtirdi. D) Boqqaning ikkita echki, O‘shqirganing yer tebratar.
3. Qaysi gapda chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud emas? A) Sen-la baxtiyorman, aziz Vatanim, Senga fido bo‘lsin shu jon-u tanim. B) Senchi, sen bugun bormaysan-mi? C) Bu ishlarni bugun-oq bitiring. D) Gulzordagi och-sariq, qizil gullar nafis tebranib turibdi.
4. Qaysi gapda vergul qo‘llash bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba qozonamiz. B) Bu fikrga qo‘shilmaydi balki, jon-jahdi bilan qarshi chiqadi. C) Bu safar na Nazira, na Nodira, kelmadi. D) Bizga kitob, daftar, qalamlar, kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |