Feruza: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, professor o‘kituvchilar!



Download 14,13 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi14,13 Kb.
#481299
Bog'liq
senariy


Feruza: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, professor o‘kituvchilar!
Bugun biz sizlarni madh etishga yig‘ildik. Chunki bugun sizlarning dunyodagi eng ulug‘ zot –ayollar bayrami- Ergasheva Feruza
Biz sizlarni shu qutlug‘ kuningiz — 8 mart bayrami bilan
Muborakbod etamiz.
Hamma: Xush kelibsizlar!
2 –boshlovchi: Assalomu alaykum! Munis ayollar
Siz emasmu Navoiyning onasi
Siz emasmu Amir Temur onasi
Siz emasmu Ulug‘begu Bobur onasi
Siz barcha, barcha buyuk zotlar onasi.
Sizga ta’zim, sizga ehtirom
Sizga olqish, sizga sharaf – shon!
Bugun gulzordagi turfa gullarni, dildan otilib turgan mehru muhabbatni, tabiat ato etgan shafqat va muruvvatni, dildagi qaynoq haroratni sizga armug‘on etmoqdamiz – Mamanazarov Solijon
Muzыka: Sen baribir mukkadas ayol-Abdujabarov Asadbek (4 o‘g‘il bola)
Mamanazarov Solijon -: Buyuk alloma Alisher Navoiy sizlar haqingizda shunday deydi:
Onalarning oyog‘i ostidadur
Ravzai jannatu junon bog‘i
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘lonaning oyog‘i tufrog‘i
Onajonginam! Birparcha etni avaylab, e’zozlab, ardoqlab katta qilgan, hayot
bergan, qanot bergan Ona! Muruvvatli, adolatli, saxovatli, eng og‘ir damlarda ham
peshonamizni silab dalda bergan Ona!
Ergasheva Feruza - Hayotga muhabbatni, yoshlarga, kattalarga izzat – hurmatni, odamgarchilikni, jamiki insoniy fazilatlarni qonimizga, jonimizga oq suti bilan singdiraolgan, birgina tabassum, birgina jilmayishimizga aziz umrini qurbon etishga tayyor turgan fidoyi, mushfiq, mehribonsiz –Onalarsiz biz yashay olarmikanmiz?
Mamanazarov Solijon-: Oqqushlarni vafodor deb maqtashadi, bulbulllar gulning mahliyosi deyishadi. Jahondagi jamiki jonzot vafodorlikni sizdan o‘rgansin, bulbulllar xonish aylashni sizning allangizdan o‘rgansiz, Onajonlar!
Axir tonggacha ko‘z yummasdan bedor chiqqansiz emasmu? Belanchagimizni,
Beshigimizni quchoqlab alla aytgan siz emasmi?
Feruza - To‘qqiz oy bizni avaylab qalbingiz tagida saqlab, hali tug‘ilmagan,
Bu jahonga kelmagan farzandga chiroyli orzu – umidlar bilan liboslar tikkan chevar sizemasmi, Onajon!
Shuning uchun jonim sizga qurbon onajon, Shuning uchun maqtasam, burro tilim, onajon. Biz ona ta’rifi zaminida shu o‘tirgan aziz o‘qituvchilarimizning go‘zal
chehralarini ham ko‘ramiz. Chunki ular ham ona!
Solijon- Aziz ustozlar, onajonlar! Eshiting, shoirimiz Tolib Yo‘ldosh
Sizni shunday ta’rif etibdi.
Jon – dilfarzand panohi, mehri daryo onasiz,
Onaizor, boshimizdan o‘girilib parvonasiz
Yurasiz yo‘ldosh, hamdam, joy tuzab o‘ltirasiz.
Birgasiz, ko‘ngi zuyida bir chiroqdek yonasiz
Vaqtida bo‘lmay yoningizda hayollar bo‘lsamiz,
Tunlari qush uyqusidan ming to‘lg‘onib uyg‘onasiz
Hech zamon bo‘lgan emas, bu sabr – bardosh sizdagi,
“Uh” desak, o‘rtab yurakdan yonasiz, qiynolasiz
Benazir xizmatlaringiz haqqi deyman, onajon.
Onalikdan olam – olam orzunguzga qonasiz.
Feruz: Sen borsan, saodat bog‘i bexazon,
Sen borsan, g‘amsizmiz, yorqin hayotim
Sen borsan, toshqindir, ilhom bulog‘im,
Sen borsan, porloqdir iqbol chirog‘im
Sobitsan, sodiqsan, mangu yasharsan,
Sen bilan to‘lqindir ravzai bayot,
Sen bilan gulgundir shu buyuk hayot
Feruza- (O‘yin)—Andijon polka (Avatova Dilrabo. Xalilov Soxib, Xolmatova Lobar, Yakubov jasur)
Qiz ;Hammangizga ma’lumki, quyoshsiz yoruq’lik ayolsiz esa muhabbat yo’qdir. Onasiz inson ham, qahramon ham dunyoga kelmaydi. Ona har birimiz sig’inadigan mabudadir. Ona bola uchun havo, suvdek zarurdir. Barchangizni bu bayram bilan qutlayman! Oqqushlarni vafodor deb, maqtashadi, bulbullarni gullarning mahliyosi deyishadi. Dunyodagi jamiki narsa, vafodorlikni Sizdan o’rgansin.
Yigit : Hoy,yoshi tarixing tubiga tutashgan Samarqand! Navoiy va Ulug’bek kabi siymolarni yaratgan sen emasmi?
Qiz :Yo’q, yo’q, ularni onalar yaratgan.
Yigit Onajon!Bu galgi yurak so’zimni,
Senga bag’ishladim,
Senga azizim!Qaniydi,
Tabiat qo’lidan kelsa,
Abadiy etolsa, sening umringni!
Roziydim, onajon! Iloji bo’lsa —
Senga qo’shib bersa, mening umrimni.
Bir kechalik allang hurmati uchun,
Yuz yillik umrimni bag’ishlasam kam.
Ko’chirsam,
Qalbingga qalbimning kuchin.
Qarzim uzolmasman, qolur shunda ham. Mabodo!
Bo’lsaydim zo’r haykaltarosh,
Senga yuragimdan yasardim haykal.
Yo agar bo’lsaydim mo’yqalam,naqqosh,
Surating chizardim berib ming sayqal.
Oralab qolibdi sochlaringda oq,
Ol mening sochimning qoralarini.
Tishlaring tushibdi! Xo’rsinma,biroq
Ol mening tishlarim saralarini
Xiralashib qolmish ko’zlaringda nur
Ko’zlarim nurini olgin, mehribon! Roziman!
Xizmating qilsam bir umr
Yuragim qo’rini olgin,onajon!
(Lazgi)-Jalolova Moximbegim
Solijon- endi navbat Balli kizlar tanloviga:

  1. Tanishtiruv- gruppalar (reglament 3 daqiqa)

Feruza: Babajonova Gavxar-Men seni xech kimga bermayman-ko‘shik

  1. Pazanda ko‘llar(gruppalar- 10 daqiqalar)

104 guruxdan Sibin Vladislav –konkurs savol javob

  1. Milliy liboz ko‘rgazmasi (3 daqiqa) gruppalar

Feruza (Raks -Sanamginam- Rayxon)
Yakunlovchi so‘z Salijon: Xurmatli professor o‘qituvchilar bugungi bayramimiz davom etmoda, rakska marxamat qilinglar...(Musika to‘plami)
yigit: Olloh mo’jizasi, naqshisan ayol,
Quvonch malikasi, taxtisan ayol,
Buyuk-buyuklikda sening tenging yo’q,
Bu yorug’olamning baxtisan ayol!
qiz: Yarmi ayol erur insoniyatning,
Ayollar yaratmish qolgan yarmin ham,
Ayol yarmi erur ushbu hayotning,
Unga baxsh etadi qolgan yarmin ham.
Yigit ;Dunyoning quyoshi bo’lsangiz porloq,
Oyi ham o’zingiz sohibjamollar!
Olloh joiz desa,o’zidan so’ngroq,
Bizga sajdagohsiz,aziz ayollar!
qiz: Shuning bilan “Muqaddas ayol ” nomli tadbirimiz nihoyasiga yetdi
Download 14,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish