ORTA ASR TARIXI TEOLOGIYASI Tarixiy manbalarning oziga xos xususiyatlari. Temuriylar sulolasi hukumronlgi davrida tarix fanining ham buyuk mutafakkirlari etishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix faniga bolgan qiziqishi, hurmat va etiqodi sabab bolgan bolsa ajab emas.
XV asrda tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarini sanab korsatishning ozi temuriylar davrida bu fanning nechoglik taraqqiy etganligidan guvohlik beradi. Bu davr tarix fanning ham oziga xos xususiyatlarini korish mumkin.
Birinchidan - bu davr tarixchilari ozlari voqealarni guvohi, shohidi, bolib ishtirok etish asosida asarlar yaratishi. Ikkinchidan biron bir tarixiy shaxsni keltirayotganda ozini kelib chiqish tarixi faoliyatini yozishda manbalarga asoslanmogi. Uchinchidan voqealar ketma ket izohlanishi orqali va hokozo. Tortinchidan manbalarni yutuq va kamchiliklari tarixiy manbalar ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida yozilgan Nizomiddin Shomiyning Zafarnoma, Hofizi Abroning Zubdat at Tavorix Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma Fasih Ahmad Havofiyning Mujmali fashhiy, Abdurazzoq Samarqandiy-ning Matla usadayin, Mirxondning Ravzat us safo, Xondamirning Habib us Siyar va Ibn Arabshohning arab tilida yozilgan Ajoyib al maqdurri tarixi Taymur asarlaridir. Bu royxatga yana 1404 yilda Samarqandga Amir Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayohi Rui Gonzales de Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
Sh.A.Yazdiyning Zafarnomasi tarixiy manba sifatida. Sharafiddin Ali yazdiyning Zafarnomasi (1424 1425) tarixiy kechinma va voqealar bayonini izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi.
Sh.A.Yazdiyning Zafarnoma asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid malumotlardan tashqari Temurdan oldingi otgan davr tarixi haqida ham bagoyat qiziqarli malumotlar berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruxning ogli Ibrohim Sultonning tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida maxsus kitob yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yillarda turli kotiblarni baxshi va munislar forsiy tilda yozilgan mavjud malumotlarni toplash haqida farmon bergan. Toplangan malumotlar bolgan voqealarni oz kozi bilan korgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslangan, songra Sharafiddin Ali Yazdiyga bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga ahborot berish topshirilgan.
Taniqli sharqshunos olim A. Orinboev sharq yulduzi jurnalining 1992 yil 3-sonida bosilgan Temuriylar davrining nodir yodigorligi maqolasida quyidagilarni hikoya qiladi: Zafarnoma ning Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sh.A.Yazdiy shunday yozadi: Podishohlikning birga tomonlaridan Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma sheriy hamda nasriy nusxalari toplanib bolingach, ular bilan tanishish uchun 3 ta guruh tuzilgan , turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni voqealarni oz kozlari bilan korganlar esa bir guruhni tashkil etgan. Dastlab Temur haqidagi har bir hikoya oqilgan, agar u voqea bayoni oz kozi bilan korgan kishining talqiniga togri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning boshqa zamondoshlaridan surishtirgan yoki qoshimcha malumotlar toplagan. Ibrohim Sulton aytib turgan bu asarning dastlabki xomakisi qalamga olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali Zafarnoma asarini yozgan Ibrohim Sultonning buyurugiga muvofiq kitobni bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa haqida barcha malumotlar juda sinchiklab tekshirilishi shart bolgan Zafarnoma asarini yozishda Sharafiddin Ali Yazdiyning shaxsiy hujjatlaridan keng foydalanilgan. Asar muqaddima, ikki fasl va xotimadan iborat, muqaddimada Amir Temurga qadar bolgan turkiy xonliklar tarixi bayon qilingan . Asosiy fasllarda esa Amir Temurning tarixi mukammal yoritilgan Zafarnoma asosiy qism avvalida Qissayi Sohibqiron deb atalgan mutaqorib bahridagi sheriy qissa bor. Unda sohibqiron Amir Temurning fazilatlari va sifatlari haqida kotarinki ruhda muhtasar soz yuritilib, Tarixiy Amir Temurning badiiy obrazini chizishga qadam qoyilgan.
Zafarnoma fransuz, ingliz, usmonli turk tillariga ayrim qismlari rus tilida nashr etilgan. Zafarnoma XV asrda Lutfiy nazmda ozbek tiliga ogirilgan degan xabar berishsada ammo uning ozi hozirgacha topilgan emas. Zafarnomaning toliq asl matni 1972 yilda A. Orinboev tomonidan Toshkentda (Fan nashriyoti) nashr etildi.