Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi


O’qchi askar: Chegarachi askar



Download 1,69 Mb.
bet3/42
Sana12.01.2017
Hajmi1,69 Mb.
#297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘tiladigan mavzular

Soati

O‘tish vaqti

1.

O`zbekiston Vatanim manim.

1




2.

Ko‘cha va yo‘llardan o‘tish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari)

1




3.

Tish yuvush-ertalabki o`zallik,kechqurun sog`liq namunasi

1




4.

Ona maktab bag‘rida

1




5.

Ustozga hurmat (1-oktabr-O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

1




6.

Bizning bog`imiz

1




7.

Yo‘l belgilari, taqiqlovchi belgilar (Yo‘l harakati qoidalari)

1




8.

Ona tilim-jonu dilim (O`z.Res.”Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)

1




9.

O `zbekiston Respublikasining bayrog`i(18-noyabr O`z. Res.bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)

1




10.

Yuk avtomobillarida o‘quvchilarni tashish (Yo‘l harakati qoidalari)

1




11.

Maktab jihozlarini ko`z qorachig`idek asraymiz.

1




12.

Baxtimiz– qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

1




13.

Haydovchining ogohlantiruvchi ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari)

1




14.

Madhiyani kuylaylik (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)




1




15.

Yangi yil (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan)

1




16.

Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)

1




17.

Tirnoqlarni toza tutish gigiyenasi

1




18.

Yo‘l-transport hodisalarining sabablari (Yo‘l harakati qoidalari)

1




19.

Kiyinish odobi

1




20.

Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan)

2




21.

Do`stlik-bebaho me’mat

1




22.

Oilada mening o‘rnim va vazifam

1




23.

Onalar-uyimiz charog`boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)

1




24.

Ko‘cha va yo‘llarning qatnov qismidagi chiziqlar (Yo‘l harakati qoidalari)

1




25.

Milliy an’analarimiz-g`ururimiz. ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan)

1




26.

Biz kimlardan o‘rnak olamiz?

1




27.

Tabiatni sevish va asrash.

1




28.

Svetafor va tartibga soluvchining ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari)

1




29.

Ona Vatan-aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan)

1




30.

Non qayerdan keladi?

1




31.

Kitob bizning do`stiniz.

1




32.

Temir yo‘l kesishmalarida harakatlanish (Yo‘l harakati qoidalari)

1




33.

Yozgi ta’til-bir yilga ta’tir.

1







Jami:

34





1-mavzu: O`zbekiston Vatanim manim.

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi:

Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o‘quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish; o‘quvchilar nutqini o‘stirish.

Tarbiyaviy mashg‘ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.

Tashkiliy qism: O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.

Ma’naviyat daqiqasi

Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she’rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.


II.Asosiy qism:

Bizning Vatanimiz O‘zbekiston! O‘zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug‘ilib o‘sgan maskan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichiga mehru-muhabbat uyg‘otish bugungi kunning eng ustuvor fazilatlardan biridir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go‘zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag‘ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.

Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug‘ilib o‘sdim. O‘zbekiston juda go‘zal diyor. O‘zbekistonda go‘zal bog‘lar, yuksak tog‘lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go‘zal shaharlar ko‘p. O‘zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo‘lib, go‘zallikda tengi yo‘q. O‘zbekiston jannatmakon diyori.

Bizning yurtimizda yoshlarga juda katta e’tibor qaratilgan. Chunki biz yoshlar O‘zbekistonning kelajagimiz. Biz yoshlarning yaxshi yashashimiz, yaxshi ta’lim-tarbiya olishimiz, dam olishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yurtimizda bizning yaxshi ta’lim-tarbiya olishimiz uchun yangidan-yangi maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari bunyod etilgan. Biz yoshlarning jismonan baqquvat va sog‘lom bo‘lishimiz uchun sport inshootlari va maydonlar, suv havzalari qurib bitqazildi.

O‘zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Toshkent juda ko‘hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning munosib farzandi bo‘lib yashaylik.
Qancha diyorlarda sayr etib yurdim,
Qancha manzillarda tuzdim oshiyon.
Va buyuk hikmatga axir yuz burdim,
Siylangan joyida azizdir inson.
Yurtim senda ekan nasibam tugal
Sen o‘zing maskanim, sen o‘zing jonim
Sen onam, sen singlim, yorimsan azal.
Ey jonim, jahonim O‘zbekistonim.



1991 yil 1-sentabr kuni olamshumul ahamiyatga ega bo‘‘lgan voqea yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e`lon qilindi. O‘zbekiston tenglikni, hurlikni qo‘lga kiritdi. Ona diyorimizni jahon tanidi.

Hurmatli Presidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo‘lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.

III.Yakuniy qism:



Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta’tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o‘ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo‘lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O‘z tanlagan yo‘li, o‘z aytar so‘zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti

Savol:.

Biz ham barkamol avlod bo‘lishimiz uchun o‘zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog‘imiz darkor?

(…).

Tarona guruhining “O‘zbekiston” qo‘shig‘i tinglanadi.

-Qo‘shiq nima haqida ekan?

-Vatan haqida ekan. Qo‘shiq nima haqida ekan?
O‘quvchilarning javoblaridan so‘ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. O‘quvchilar aytishadi.O‘qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi.
O‘quvchilarni rag‘batlantirish.



2-mavzu: Tish yuvish ertalabki go’zallik , kechqurun sog’lik namunasi.

I.Kirish:

Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Tishlarni parvarishlash, ularni doimo sog’lom va chiroyli saqlashga o’rgatish. Salomatlik uchun tishlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish.

Tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsad : Tish cho’tkasi, pasta va mavzuga oid turli rasmlar.

Mashg’ulotning borishi.

Tashkiliy qism.

O’qituvchi : O’quvchilar biz sizlar bilan avvalgi mashg’ulotumizda ko’chada yurish odobi haqida suhbatlashgan edik. Bugun esa sizlar bilan salomatligimiz uchun zarur bo’lgan tishlarimiz haqida suhbatlashamiz . Biz sizlar bilan amaliy mashg’ulot o’tkazamiz.

II. Asosiy qism

Inson tana a’zolari badani, oyoq va qo’llari,bosh va boshdagi barcha a’zolarning ish faoliyati haqida ma’lumotlar beriladi. Ichki va tashqi a’zolar ularning faoliyati va salomatlik uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligi haqida suhbatlashiladi.

Inson salomatligi uchun eng zarur bo’lgan a’zo bu- tishlarimizdir.Tishlar chaqaloqlarda 5,5- 6 oylikdan chiqa boshlaydi.Bu tishlarni biz sut tishlari deymiz. Bu sut tishlar necha oylikda chiqqan bolsa, osha yoshdan tusha boshlaydi . Chunki bu tishlar juda mo’rt va nimjon bo’ladi. Uning o’rniga birin –ketin sog’lom va baquvvat tishlar chiqa boshlaydi. Tishlar suyakdan iborat. Ular bizga ovqatni tishlash, chaynash uchun hizmat qiladi. Ovqatni qanchalik sekin, shoshmasdan chaynab yesak ,ular shunchalik oson hazm bo’ladi va oshqozonimizga og’irlik qilmaydi.Biz uchun bir umr xizmat qiladigan 32 ta tishlarimiz og’iz bo’shlig’ida joylashgan bo’lib , biz ularni doima toza saqlashimiz kerak. Buning uchun bizga tish pastasi va tish cho’tkasi yordamga keladi.Tishlarimizni qanday yuvamiz ,degan savolga bolalar birin-ketin javob beradilar.

Bir necha o’quvchi chiqib, amaliy ravishda ko’rsatib beradi va kim to’g’ri ,kim noto’g’ri bajargani muhokama qilinadi.

Shu o’rinda tish cho’tkasi va tish pastasi har bir odamda o’zi uchun alohida bo’lishi kerakligi eslatib o’tiladi .

COLGEYT firmasi tomonidab bolalar uchun ishlab chiqilgan maxsus dastur kitobchalari bilan tanishtiriladi va har bir bolaga alohida taqdim etiladi.

Tish cho’tkalari va pastalarining turlari haqida ham ma’lumot berib o’tiladi.

3- Yakuniy qism

O’qituvchi: Demak bugun biz sizlar bilan tishlarimiz va ularning xizmati haqida suhbatlashbik . Tishlarimizni ertalab yuvish go’zallik uchun ,kechqurun yuvish esa salomatligimiz uchun zarurligini bilib oldik. Ovqat qoldiqlari og’iz bo’shlig’ida yig’ilgan bo’lsa, tishlarimiz qanday ayanchli ahvolga kelib qolishini biz rasmlarda ko’rdik .Menimcha, bizning o’rtoqlarimimzning ichida tishlarini parvarish qilmaydiganlari bo’lmasa kerak.


3-mavzu: “Ona maktab bag’rida”

Maqsad : Maktab va unu sevish , ilm olishga havas uyg’otish .Maktab qonun -qoidalariga rioya qilish haqida suhbatlashish.

Ko’rgazmali qurollar: Maktab tasviri , o’quvchlarning maktabda o’zini tutish qonun –qoidalari.

1-Tashkiliy qism.Maktabda o’tkazilgan tadbirlardan lavhalar aks ettirilgan videorolik namoyish etiladi va o’quvchilarni mashg’ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.

2- Asosiy qism: O’qituvchi: “Sentyabr tongi” Safo Ochil she’rini o’qib beradi.

Sentyabrning gozal tongi,

Kiyim kiygan hamma yangi.

Keng o’lkamiz bo’ylab yangrar,

Hur yoshlikning sho’x ohangi.

Har yoq bayram tusin olgan,

Undan maktab husn olgan,

Sevgan ona –Vatanimiz,

Dilimizga sevinch solgan .

Sinflarni to’ldirib biz ,

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish