Mashg’ulot: rasm
Mavzu: Osmondagi yulduzlar
Ta’limiy maqsad: Osmon jismlar(quyosh, yer,oy, bulut, kamalak) haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: Kun qismlari kecha-kunduz haqida tushuncha berish. Fazogir Yuriy Gagarin haqida ma’lumot berish.
Korreksion maqsad: Bog’langan nutqni shakllantirish to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish, mayda qo’l motorikasini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: raketa maketi, mavzuga mos rasmlar, slayd, fonar, shar, bo’ylgan bakalashka bo’laklari, suv sepish uchun idish, qum, yulduzcha, bulutcha.
TASHKILIY QISM
Kirish:
Bolalar dilga yoquvchi kuy bilan kirib kelishadi. Bir qator bo’lib tuzulib:
Salom so’zi muqaddas
Salom o’zi muqaddas
Shuning uchun deymizki
Salom, assalom.
Deya o’ng qo’llarini ko’ksilariga qo’yib, ta’zim qilishadi.
-Bolajonlar, hozir qaysi fasl?
+ Bahor
-Havo qanaqa?
+ Bulutli
-Bahor faslida nechta oy bor?
+uchta oy
-Qani, bahor oylarni birgalikda sanaylikchi?
+ Mart, aprel, may
+ Aprel
Qani kim aytadi, bugungi sanaymizni?
25 aaprel, Payshanba
-Qani bolajonlar shamol bo’laklikchi…
+ uv-uv-uv-uv
-Bolajonlar shamol bizlarga nima yog’diradi?
+ yomg’ir
-Endi birgalikda yomg’ir bo’lamiz.
Yomg’ir yog’di chak-chak
Yerga tushdi tap-tap.
Endi bolajonlar, xayolan koinotga sayohat qilamiz. Hamma raketaga o’tirib olsin. Qani, qo’llarimiznim oyoqlarimizni chiroyli qilib olaylik.
Qani endi ketdik, bolajonlar.
Ana quyosh bolajonlar. Quyoshga qarab bilamizmi? Mana shisha bo’laklari bilan quyoshga qaraymiz.
Bir ko’zimizni yumib, ochiq koz’imizga shisha bo’laklarini qo’yib qaraymiz.
Endi qaranglar bulutlar.
Bulutlar bizlarga nima yog’diradi? Yomg’ir yog’yapti. Yomg’irda bolalar nima tutadi?
+soyabon
Endi, bolajonlar hammamiz o’z o’rindiqlarimizga joylashamiz. Hozir biz kun va tun o’yinini o’ynaymiz.
Bolajonlar, kunduz kuni quyosh chiqib bizga yorug’lik tarqatadi-ha…
Tunda esa quyosh bulutlar orasiga berkinib, uyquga ketadi va oymomo chiqib keladi, tunimiz shuning uchun ham qorong’u bo’lar ekan. Mana qaranglarki kun va tun. Tongda quyosh chiqadi. Qani bolajonlar kim quyoshni o’rniga joylashtiradi. Barakalla, endi bolajonlar bulutni, qaldir’ochni, gulchalarni ham joylashtiraylikchi. Bulut qanday rangda bo’ladi? Bahor faslida qaldirg’ochlar uchib keladi. Qani, qaldirg’ochlarni ham yopishtiraylikchi. Kel, Amirxon gullarn nomini aytingchi…? Bolalar: lola, atirgul, boychechak va boshqalar.
Mana bolalar endi oy va yulduzlarni yopishtiramiz. Qaranglar, bolalar oyning bolalari juda ham kam qolgan. Bolalarini ham yopishtiraylik, oy bizdan xafa bo’lmasin. Mana barakalla bollajonlar quyosh, oy, yulduzzlarni hamda gullarni o’z o’rniga joylashtirib oldik. Baholaringi besh bo’ldi.
Endi televizorga qaraymiz, quyosh, oy, raketalarning rasmini qaraymiz. Menga oyning rasmini ko’rsatinglarchi? Juda ham to’g’ri ko’rsatdinglar bolajonlar. Endi menga. Raketani, yulduzlarni, bulutlarni, kamalaklning ham rasmini ko’rsatinglarchi…
Barakalla bolajonlar siz hammasini to’g’ri bajardingiz.
Musiqiy daqiqa.
Bolalarni 3 guruhga bo’lib:
Rasm- gupka bilan yulduzlarni rasmini yaratadi.
Matematika- bo’laklarni butun qilib yaratish.
Ta’limiy o’yin-makaronchakardan ta’limiy shaklini yaratish.
Bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |