Tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi



Download 329 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.07.2022
Hajmi329 Kb.
#767972
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu



4-Mavzu: MA’RIFATPARVARLARNING ASARLARIDA OILA 
TARBIYASIGA OID QARASHLARNING AKS ETISHI
.
Reja: 
1. Ma‟rifatparvarlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi.
4. Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari. 
Tayanch tushunchalar: 
qadimgi Yunoniston, qadimgi Rim,
 
Yevropa Uyg‘onish 
davri, ma’rifatparvar mutafakkirlar, rus pedagoglari, oila tarbiyasini tashkil etishga 
tarixiy yondashuv.
Ma’rifatparvarlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qarashlarning aks etishi.
XVI asrdan boshlab о„zida mualliflarning hayotiy tajribalari asosida Yevropada 
bevosita ta‟lim hamda bolalarni tо„g„ri tarbiyalash masalalarini yoritgan asarlar 
yaratila boshlandi. Ularning mualliflari “ma‟rifatparvarlar” deb nomlandi. О„rta asr 
ma‟rifatparvarlari orasida chex pedagogi, “Didaktika” fanining asoschisi Yan 
Amos Komenskiy (1592-1670 yy.) alohida о„rin tutadi. 1627 yilda pedagogik 
faoliyatini boshlagan Y.A.Komenskiy 1632 yilda “Chex didaktikasi” asarini 
yaratdi. 1633-1638 yillarda esa ushbu asarni qayta ishlab, lotin tiliga tarjima qildi 
va uni “Buyuk didaktika” deb nomladi. Mazkur asar ma‟rifatparvarning mumtoz 
asari hisoblanadi. 
Asarda har bir inson hayoti uchun muhim masalalar xususida sо„z yuritilgan. 
Pedagogning keyingi faoliyatida ushbu masalalar yanada rivojlantirilib, ular 
negizida qator darslik va qо„llanmalar yaratildi. “Tillar va hamma fanlarning ochiq 
eshigi” (1631 y.), “Fizika” (1633 y.), “Astronomiya” (1632 y.), “Onalar maktabi” 
(1632 y.) va b. asarlar shular jumlasidandir. 
Y.Komenskiyning shaxs ta‟limi va tarbiyasini tashkil etishdagi buyuk xizmati 
oila va maktab tarbiyasini о„zaro uyg„unlashtirish muammosining ilmiy jihatdan 
asoslab berganligi bilan belgilanadi. Y.A.Komenskiy yashagan davrga qadar 
bolalar tarbiyasi, asosan, ikki muhit – maktab va oilada amalga oshirilar edi. 
Buyuk pedagog oilaning tarbiyaviy imkoniyatini, ota-onalarning tarbiyachi 
sifatidagi maqomiga daxl qilmagan holda yosh avlodni maktabda о„qitish va 
tarbiyalashning afzalligini asoslashga urindi. О„z yondashuvining tо„g„riligini 
Y.A.Komenskiy “Buyuk didaktika” asarining VIII bobida shunday izohlaydi: 
“Ota-onalar va ularning kasbi turlicha bо„lganligi sababli о„z bolasini tarbiyalash 
qо„lidan keladigan yoki ishdan sо„ng yetarlicha vaqt ajratib, bola tarbiyasi bilan 
shug„ullanadiganlar juda kam topiladi. Shuning uchun ham necha asrlardan buyon 
kо„pchilik oilalar о„z bolalarini bilimli, og„ir tabiatli maxsus kishilarga berib 
о„qitib kelmoqdalar. Yoshlarni tarbiyalovchi bunday kishilar, odatda, ustoz, 
tarbiyachi, muallim, professor deb atab kelinadi, bolalarni tо„plab birga mashg„ulot 
о„tkazadigan joyni esa maktab, о„quv yurti, auditoriya, kollegiya, gimnaziya, 
akademiya va h.k. deb ataladi”
1
.
“Buyuk didaktika” asarining IX bobida о„g„il bolalar bilan bir qatorda qiz 
bolalarni ham о„qitish zarurligi asoslab berilgan: “Maktablarda faqat boylar va 
1
Коменский Я.А. Буюк дидактика. Изб.пед.соч. В.2 том. 1982. Т 1. – с 384. 


aslzodalarning bolalarinigina emas, balki umuman hammani: barcha shahar va 
qishloqlardagi aslzodalar va oddiy xalqni, boylar va kambag„allarni, о„g„il va qiz 
bolalarni ham о„qitish zarur”. 
Qizlarni ham maktablarda о„qitish zarurmi, degan savolga Y.A.Komenskiy 
shunday javob beradi: “Xotin-qizlar erkaklar singari, kо„p holatlarda esa 
erkaklardan ham kо„ra о„tkir aql-idrokka ega, erkaklar qatori eng yuqori 
lavozimlarni bajarib kelmoqda. 
Buyuk pedagog shaxsning rivojlanish bosqichlarini quyidagi tо„rt davrga 
bо„ladi:
1) gо„daklik; 
2) bolalik; 
3) о„smirlik; 
4) yetuklik
2
.
Har bir davr olti yilni о„z ichiga oladi. Har bir yosh davriga mos keladigan 
maktab mavjud bо„lishi kerak. Xususan, gо„daklik davri uchun – ona maktabi, 
bolalik davri uchun – boshlang„ich maktab (ona tili maktabi), о„smirlik davri 
uchun – lotin maktabi yoki gimnaziya, yetuklik davri uchun akademiyaning 
bо„lishi maqsadga mvofiqdir. 
Y.Komenskiyning fikricha, har bir oila, har bir xonadon “ona maktabi” 
hisoblanadi, zero, tarbiya dastlab oilada beriladi. “Ona tili maktabi” esa har bir 
jamoada, har bir qishloqda, gimnaziya – har bir shaharda, akademiya har bir davlat 
yoki viloyatda bо„lishi zarur. 
Buyuk pedagog qanday qilib bolada о„qishga ishtiyoq uyg„otish mumkin, degan 
savolga quyidagicha javob beradi: “Bolalarda о„qishga nisbatan ishtiyoqni 
uyg„otish va uni saqlab qolish ota-onalar, maktab, о„quv fanlari, о„qitish metodi va 
maktab boshliqlariga bog„liq... Agar ota-onalar bolalarning kо„z oldida donolik va 
donishmandlar tо„g„risida yaxshi gaplar aytishsa, yaxshi kitob, chiroyli kiyim yoki 
boshqa yaxshiroq narsalar olib berishni va‟da qilib, bolaning g„ayratini oshirsa, 
ayniqsa, bolani о„qitishi lozim bо„lgan muallimning bilimdonligi va 
xushmuomalaligini maqtashsa (axir, sevish va qoyil qolish taqlid qilishning eng 
samarali vositasi hisoblanadi); nihoyat boladan ba‟zan muallimga biror topshiriq 
yoki kichik sovg„a bilan yuborib turishsa va h.k. bolalar fanni ham, ota-onani ham 
astoydil sevib qoladilar”.
Umuman olganda, Y.A.Komenskiy bolalarga ta‟lim va tarbiya berishni ilmiy 
jihatdan birinchi bor asoslab berar ekan, bu jarayonda oilaning, ota-onaning rolini 
asosli ravishda kо„rsatib bera oldi. 
XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida G„arbiy Yevropada absolyutizm va 
feodal tartiblar tanqid qilinib, ilm-fan va maorif keng targ„ib qilindi. Ijtimoiy fikr 
borasidagi bu yо„nalish “ma‟rifat” deb atalib, uning vakillari tarixga 
“ma‟rifatparvarlar” nomi bilan kirdilar. Ma‟rifatparvarlar eski tartiblarni bekor 
qilishga, yangi ilg„or tartiblarni joriy qilishga qaratilgan g„oyalarni ilgari surdilar.
2
Коменский Я.А. Буюк дидактика. Изб.пед.соч. В.2 том. 1982. Т 1. – с 384. 


Ana shunday ma‟rifatparvarlardan biri ingliz faylasufi 

Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish