Tarbiyainstituti



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/217
Sana13.07.2022
Hajmi12,36 Mb.
#790150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
ba7c95d59efc4dcdac132dba18d21dd0 MILLIY VA HARAKATLI 0 4YINLAR

5


KIRISH
Mamlakatimiz o‘z eikiga ega bo'lgandan so‘ng, ijtimoiy hayoti- 
mizning turli jabhalarida, xususan, sport sohasida ham keskin o‘zga- 
rishlar sodir bo‘la boshladi. Ayniqsa, yurtboshimiz sport sohasini 
rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratdi. Bu bejiz emas, albatta.
Sport — sog‘lom m uhitni yaratishda, yosh avlodni har tom on- 
lama jism onan va m a’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga 
ega. Sababi, biz ham on taraqqiyot sari ketayotgan ekanmiz, hali 
yo‘limizda yechilishi kerak bo‘lgan ta'lim iy muammolar talaygina. 
M asalan, shu kunlarda hayot talabi va tarbiya uslublari o'rtasida 
qandaydir zaiflik, bo‘shliq mavjud. Binobarin, mana shu bo‘shliqni 
to'ldirish uchim xalqimizning bebaho an’analari, noyob qadriyat- 
laridan hisoblanmish xalq haxakatli o'yinlari, jismoniy tarbiya 
mashg‘ulotlari muhim o‘rin tu tad i
Xo‘sh, xalq harakatli o‘yinlarining maqsadi nima? Albatta, bu 
o'yinlar ermak uchun o'ynalmaydi. Chunki, bu zukko xalqimizning 
asrlar mobaynida jamlagan m a’naviy javohirlar majmuasidir. 0 ‘zbek 
elining donishmandligini qarangki, har bir o‘yin, aw alo, sodda, 
qiziqarli tuzilgan bo‘lib, uning mag‘ziga xalqona ohang, milliylik, 
m ehr-oqibat, jasorat, mardlik, vatanpavarlik, fidoiylik, insoniylik 
kabi tuyg'ular singdirilgandir. Ta’lim va tarbiyaning bunday 
uyg‘unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dasturulam al vazifasini 
o‘taydi.
Tarixga murojaat qiladigan bo‘lsak, ibtidoiy jam oa davridayoq 
xalq harakatli o‘yinlarining dastlabki nam unalari paydo bo‘la 
boshlagan. Bu haqda keyinroq alohida to‘xtalamiz.
Fidoiy xalqimiz necha yuz yillar davomida har bir o‘yinni qalb 
qo‘ri bilan yaratdi, sayqalladi va mukammallashtirdi. Saralangan 
o‘yin turlarini kelgusi avlodlar uchun ko‘z qorachig‘iday asrab- 
avaylab keldi.
Taraqqiyotning har qanday bosqichlarida ham katta avlod 
vakillari kenja avlod vakillari uchun yordam qo'llarini cho‘zib, im - 
kon qadar, o ‘z to ‘plagan bilim va tajribalarini sevimli m ashg'ulot- 
lariga bo'lgan m unosabatlarini yoshlaiga ham tinmay o'rgatib, 
tadrijiy bog‘lanishni vujudga keltirdi.
N atijada, yoshlarda jism oniy tarbiyaga bo‘lgan intilish kuchayib, 
bu hol odatiy bo‘lib boigan. Agar xalq harakatli o‘yinlarini sinchik-
6


lab o'rganadigan va ularning har birini ko‘rib tanishadigan bo'lsak, 
nafaqat ko‘zingiz quvnaydi, balki bu qalbingizga ma'naviy yetuklik, 
jismoniy barkamollik tuhfa etadi.
Demak, yoshlami jismoniy tarbiyalash jarayonida xalq harakatli 
o yinlaridan o‘z o'm ida ko‘proq foydalanilsa, o‘yinlaming ta ’sir- 
chanligi ham oshadi. Buning mamlakatimiz va millatimizning 
dunyo miqyosidagi nufuzi yuksalishi uchun ahamiyati katta. Shun- 
day qilib, xalq yaratgan harakatli o‘yinlar mehnat, turmush tarzi, 
atrof-muhit tabiati, xalqning madaniy merosi, an'analari, urf- 
odatlari, umuminsoniy qadriyatlari bilan birikib, ajoyib mutano- 
siblikni hosil qiladi.
Yoshlami jismoniy tarbiyalash jarayonida ayrim majburiy 
mashqlar o‘miga milliy xalq o‘yinlari, raqslari, jismoniy mashqlari 
va milliy sport turlarini saralab olish, ulaming hajmi, yo'nalishi va 
ta’sirchanligini belgilashda Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub” , 
“Farhod va Shirin”, Umar Hayyomning “Navro‘znoma” , Ibn 
Sinoning “Al-Qonun”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Mahmud 
Koshg‘ariyning “Devonul lug‘atit turk” asarlari ajoyib manba bo‘lib 
xizmat qiladi.
0 ‘zbek xalq o‘yinlarini o'rganish, tadqiq qilish va uni yoshlami 
tarbiyalash amaliyotiga joriy qilish, o‘z qadriyatlarimiz, madani- 
yatimiz va ma'naviy boyliklarimizning yuksaklikka ko‘tarilishida 
asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Xalq yaratgan buyuk xazinani 
ehtiyot qilib saqlashimiz, milliylik bo‘yog‘ini asrashimiz hamda uni 
kelajak avlod uchun bekamu-ko‘st yetkazishimiz zimmamizdagi 
asosiy vazifadir.
Nima uchun uzoq o‘tmishdan beri xalq harakatli o'yinlariga 
bunday beqiyos ahamiyat berib kelingan? Ulami ichki va tashqi 
mohiyati nimadan iborat? Nima uchun bugungi kunda ham ta’lim- 
tarbiya muassasalarida, sport maktablarida va sog‘ lomlashtirish 
maskanlarida xalq harakatli o‘yinlari fan sifatida o‘quv-mashg‘uk)t 
reja-dasturlaridan joy olgan? degan o'rinli savollar tug‘iladi. Gap 
shundaki, 
1891-yilda ilk bor basketbolni ixtiro qilgan kollej 
o‘qituvchisi amerikalik Djeyms Neysmit, 1895-yilda birinchi bo‘lib 
voleybolni yaratgan va koUej talabalari o‘quv faohyatiga joriy etgan 
Uilyam Moigan (AQSh)lar hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy 
izlanishlami oUb borayotgan ko'plab mutaxassis-olimlar tadqiqotlariga 
qaraganda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida doimo gimnastika, 
yugurish kabi standart mashqlar bilan shug‘ullanish asab-nerv 
organbriga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan, bir xiffik xususiyatiga ega
7


bunday standart (steieotip) mashqlar mushak to‘qima va tolalarida 
tezroq tohqish alomatlarini yuzaga keltirar ekan.
Kuzatuvlar va tadqiqotlar asosida isbotlanganki, jismoniy taibiya 
darslarida yoki bo‘sh vaqtlarda harakatU o‘yinlardan foydalanish inson 
organizmining flmksional organlar faoUyatini boshqaruvchi markaziy 
nerv tizimiga har tomonlama ijobiy ta’sir etar ekan. HarakatU o‘yinlar 
davomida bolalami muayyan rollarga, obrazlarga (ovchi, mergan, 
topqir, ayiq polvon, tulkivoy va boshqa taqUdlar) kirib ketishi ularda 
izlash, ijodkorlik, topqirlik, zukkolik va boshqa shu kabi xislatlarga 
erishishga undovchi motivatsiyani yuzaga keltirib, nafaqat ushbu 
taqUd, balki harakatga bo‘lgan extiyojni qondirish yo‘llarini topisliga 
chorlar ekan. Darhaqiqat, xalq harakatU o‘yinlarning turlari va 
mazmuniy shakllari xilma-xil bo‘lib, ular xotira, diqqat, idrok, ong, 
tafakkur, iroda kabi qobiliyatlar, talafluz, nutq, intonatsiya kabi hislar, 
hamjihatlik, haqgo'ylik, vatanparvariik, o‘zaro yordam berish, odob- 
axloq, mardlik, botirlik, jasurlik kabi fazilatlami shakUantiradi, 
tarbiyalaydi. Shuning uchun ham umumbashariy va milhy xalq 
harakatU o‘yinlari inson salomatligi, uning dunyoqarashi, yosh avlodni 
jismonan va ma’nan barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ustuvor 
vosita ekanhgi isbot talab qilmaydi
Ta'lim-tarbiya muassasalari, sport maktablari va murabbiylari va 
sogTomlashtirish maskanlari, o‘quvchi-yoshlari, o‘qituvchilari, murab- 
biylari, tashkilotchilari va mutasaddi ralibarlar ixtiyoriga taqdim 
etilayotgan mazkur darsUk shu soha mutaxassislari pedagogika fanlari 
doktori, professor, I darajaU “Soglom avlod uchun” ordeni sohibi 
T.S. Usmanxodjaev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.X. 
Isroilov, dotsent A.A. Pulatov va pedagogika fanlari nomzodi Sh.A. 
Pulatovlar tomonidan tayyorlangan. Darslikni ishlab chiqishda mual- 
liflar o‘z kuzatuvlari natijalari, awaldan chop etiUb kelingan “Ha- 
rakatU o'yinlar” (1963); HarakatU o‘yinlar (1968); 1-4 sinflar uchun 
harakatU o‘yinlar (1973), “HarakatU o‘yinlar” (1983), “ 1001 o‘yin” 
(1990); “500 harakatli o'yinlar” (2002, 2014) va boshqa manbalar, 
xorijiy mutaxassislar tajribalari va yurtimizda mustaqillik davridan 
boshlab (1991-2005) xalq harakatU o'yinlari, sport turlari bo‘yicha o‘t- 
kaziUb kelinayotgan ilmiy-amaUy anjumanlar, shu tarzda “Alpomish” 
va “To‘maris” o'yinlari festivaliga doir materiallardan foydala-nishga.
Albatta, hech qanday darslik bekam i-ko‘st bo‘lmaydi, binobarin 
o‘qish va foydalanish jarayonida uchragan kamchiliklami bildirgan 
o‘quvchilar mualliflar tashakkuriga loyiqdir. Mavjud kamchiliklarni 
qabul qilish va ularni e'tiborga oUsh mualliflaming sharafli burchi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish