U O ‘K: 372.363(075)
KBK: 75.5ya73
ISBN
9 7 8 -9 9 4 3 -1 3 -5 4 9 -9
© «IQTISOD-MOLIYA», 2015
© T.S. Usmanxodjayev va boshq., 2015
XAYRLI QADAM
yoxud davr da’vatiga munosib javob
( S o ‘zboshi o ‘rnida)
Uzoq o‘tmish tarixiy taraqqiyotming mutlaq zanjiri bo‘lgan
inson sivilizatsiyasining shunday ustunlari va tamal toshlari borki,
ularda o'tmish, hozirgi zamon va kelajakning bir-biri bilan uyg'un-
ligi, rivoji va davomiyligi saqlanib keladi, avloddan-avlodlarga meros
sifatida o'tadi hamda qadriyatlar darajasiga yetadi.
Qadriyatlarda esa bir butun xalqning, millatning iymon-e'tiqodi,
or-nomusi, insof-diyonati mujassam etiladi. Shuning uchun ham
tarixning ma’lum bir bo‘lagida, ya’ni davrida qadriyatlami avaylash,
asrash, rivojlantirish va keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish
ushbu ishlar uchun mas’ul shaxslar, qolaversa ziyolilar, tadqiqotchi-
olimlar zimmalariga ulug‘ vazifalami yuklaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasida, ko'pgina chet mamlakatlarda
jismoniy tarbiya va sport masalalarida jahon pedagogikasining ayrim
dolzarb yo‘nalishlarida nomlari hurmat bilan tilga olinadigan yirik
olini, professor Tal’at Usmanxodjaev bir qator shogirdlari bilan bu
borada ancha samarali ishlar qilib qo‘ydi. Ayniqsa, Mustaqillik
yillarida olimning g‘ayratiga-g‘ayrat qo‘shildi. 0 ‘tgan yillar suronlari
ta’siriga qaramay bir necha monografiya, darsliklar, o‘quv-uslubiy
qo'llanmalar T.Usmanxodjaev muallifligida jamoatchffik qo‘liga
yetib borganligi kishini quvontiradi, yosh va izlanuvchan olimlaming
bu otaxon professorimizga havaslarini keltiradi.
Mana, pedagogika fanlari doktori T.S. Usmanxodjaevning
shogirdlari dotsent Sh.X. Isroilov, dotsent A A Pulatov va
pedagogika fanlari nomzodi Sh.A Pulatovlar bilan hamkorlikda
yaratgan “Milliy va harakatli o‘yinlar” darsligi. Darslik bo'lganda
ham, yap-yangi. 0 ‘zbekiston pedagogika fanining eng so'nggi
talablari, yutuqlari asosida yaratilgan bu kitob-manba hozirgi kunda
birgina jismoniy tarbiya instituti emas, ushbu yo‘nalish mavjud
bo‘lgan barcha oliy o‘quv yurtlari uchun suv va havodek zamr edi,
kerak edi.
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov ta ’kidlaganidek, “Xalqi-
mizning madaniy qadriyatlari, m a’naviy merosi ming yffiar
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli m a’naviyat manbai bo‘lib з
з
xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa
qaramay 0 ‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy
va m adaniy qadriyatlarini ham da o‘ziga xos an'analarini saqlab
qolishga muvaffaq bo‘ldi”.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab
jismoniy tarbiya va sportning mffliy xususiyatlarini rivojlantirish
ham da takommillashtirishga e'tibor kuchaydi. Mffliy an'analarim iz,
boy mffliy merosimizni qadrlagan Yurtboshimiz yuqorida aytgan
so‘zlari bo'yicha m a’rifat va m adaniyatni rivojlantirish bilan bir
vaqtda yosh avlodning jismoniy tarbiyasiga, sport ishlarini yanada
yuksaltirishga juda katta g‘amxo‘rlik qilmoqdalar.
Xususan, mamlakatimiz mustaqffligining dastlabgi yfflarida
qabul qilingan bir qator Qonun, Farm on ham da qarorlar ham buni
yaqqol isbotlab turibdi. M asalan, Prezidentimiz farm oni bilan
“Jismoniy tarbiya va sport to ‘g‘risida”gi Qonunining O‘zbekiston
Resublikasi Oliy M ajlisi tom onidan qabul qilinishi mamlakatimiz
ijtimoiy-siyosiy, m adaniy-m a'rifiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bu
Qonun yurtim izda jism oniy tarbiya va sport taraqqiyotining huquqiy
asosini yaratdi. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi tom onidan
“ОИу va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida jism oniy tarbiya va sportni
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari to ‘g‘risida”gi Qarori, “Sog‘lom
avlod
uchun”
ordenining
ta ’sis
etilishi,
“Mffliy
olimpiya
qo'm itasining tuzilishi va faofiyatining mazmuni to ‘g‘risida” ,
“Mffliy xalq o‘yinlari va sport turlarining tiklanishi to ‘g‘risida”,
“0 ‘zbekiston Respublikasida lutbolni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to ‘g‘risida”, “0 ‘zbekistonda fiitbolni rivojlantirishning
tashkffly asoslari va prinsiplarini tubdan takomfflashtirish chora-
tadbirlari to ‘g‘risida” va shu kabi yana bir qator hayotbaxsh
qarorlari millatim izning kelajagi yo‘fida qilingan buyuk ishlarning
mustahkam poydevoridir.
Bu tarixiy va ulkan ahamiyatga ega bo'lgan Qarorlar har
birimizga quw at, ilhom, yana ham aniqrog‘i juda ulug‘ imkoniyatlar
eshigini ochadi. Taqdim etilayotgan ushbu yangi darslik hozirgacha
amalda qo'llanib kelingan shu yo‘nalishdagi darsliklarga ijodiy va
tanqidiy yondoshib, ulam ing eng yaxshi jihatlari, ilg‘or maktab
murabbiylarining va boshqa mutaxassislarining ish-tajribalarini
e'tiborga olgan holda ishlab chiqilganligi alohida tahsinga loyiqdir.
0 ‘zbek xalq mffliy harakaffl o‘yinlarining maqsadi — yosh
avlodni zabardast polvonlar va dovyurak ajdodlarimiz kabi
tarbiyalash ham da ushbu xalq harakaffl o‘yinlarini o‘zlashtirish
tufayfi ulam i har tom onlam a jism onan, m a'nan va ruhan
4
rivojlantirish
barobarida
0 ‘zbekiston
tarixiga,
madaniyatiga,
an'analarimizga qiziqisb va hurmat hissini oshirishdan iboratdir.
Darslikning yangiligi, dolzarbligi shundan iboratki, u bu borada
dastlabki qadamlardan hisoblanib, 0 ‘zbekiston Davlat jismoniy
tarbiya instituti mutaxassislari, ko‘p yillik tajribaga ega olimlaming
ijodiy mahsulidir. Uning o‘ta muhim tomoni — bakalavr va
magistriar uchun ajdodlarimizdan meros — an’ana sifatida saqlanib
kelingan milliy xalq o‘yinlarining ilmiy va amaliy tomonlarini
jamlab, darslik yaratilganhgidir.
Kitobning yanada foydali tomoni shundaki, mualliflar mifliy va
harakatli o‘yinlar to ‘g‘risida tarixiy manbalar hamda ulug‘ mutafak-
kir, donishmand allomalaming fikr-inulohazalarini, bobokalonlari-
miz Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Amir
Temur, Zahiriddin Muhammad Boburdan boshlab, XIX-XX asr
yozuvchi va shoirlari A Fitrat, ChoTpon, AAvloniy, Oybek va
boshqa adiblarimiz xalq harakatli o‘yinlariga keng e’tibor bergan-
liklarini aniq misollar asosida tahlil qilib, ulaming ahamiyath
tomonlarini ochib berganlar. Respublikamizning taniqli va zahmat-
kash
olimlari tomonidan
yaratilgan ushbu
yangi
darslikui
0 ‘zbekiston davlati oliy ta ’limi professor-o‘qituvchilari, magistrlari,
bakalavr-talabalari qizg‘in kutib olishlari va undan amalda unumfi
foydalanishlariga katta umid bog‘lasa boTadi.
Xalqaro pedagogika fanlari Akademiyasining akademigi,
pedagogika fanlari doktori, professor, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta ’lim va xalq ta 'limi a 'lochisi B. O. Qodirov
Do'stlaringiz bilan baham: |