Tarbiya: muammo, yechim


ONA TILI VA ADABIYOT FANINING KOMIL INSON TARBIYASIDA AHAMIYATI



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet261/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

ONA TILI VA ADABIYOT FANINING KOMIL INSON TARBIYASIDA AHAMIYATI 
Rashidova Shoira Karimovna
G‘ijduvon tumani 5-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
246 
Annotatsiya: 
Bugungi kunda yurtimizda o’zbek tilini rivojlantirish, ona tilini
 
o’qitishga 
bo’lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Shu bois, ushbu maqola ona tili va adabiyot fanining komil 
inson tarbiyasidagi ahamiyati va ona tili va adabiyot darslarida tashkil etilishi mumkin bo’lgan 
turli qiziqarli o’yinlarga bag’ishlangan. 
Kalit so’zlar: 
tarbiya, ma’naviyat, mehnat, ilmiy yangiliklar, o’yinlar. 
Maʼlumki, bugungi kunda “Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi”da ilgari surilgan masalalar jadal sur’atda umumtaʼlim maktablarida muvaffaqiyat bilan 
amalga oshirilmoqda. Qonun talablariga muvofiq taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish 
shu kunning talabi boʼlib qoldi. Bu maqsadni amalga oshirish oʼqituvchidan izlanishni, 
ijodkorlikni, oʼz ustida tinmay ishlashni talab qiladi. 
Hozirgi oʼquv jarayonida odatdagi dars usullaridan tashqari yangi texnologiya asosida 
noanʼanaviy darslarni tashkil qilish rivojlanib bormoqda. 
Oʼquvchilarda taʼlim olishga boʼlgan ijobiy intilish va ehtiyojni shakllantirish, oʼzaro 
bellashuv elementlarini joriy etish hamda oʼquvchilarda muntazam ravishda oʼqishga qiziqish 
uygʼotish maqsadida yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini izlashda ijobiy 
faollikni oshirish zarur boʼlib qoldi. Taʼlim rivojining buguni va istiqboli bugun sinfda dars 
berayotgan oʼqituvchiga koʼp jihatdan bogʼliq. Zero, oʼqituvchi maktabda asosiy figura hisoblanar 
ekan, u oʼziga bildirilgan ishonch, yosh avlod tarbiyasidek murakkab, masʼuliyatli vazifani 
sidqidildan bajarmogʼi zarur. 
Oʼqish sifatini yanada oshirish davr talabi boʼlib qolgan shu kunlarda darslarni noanʼanaviy 
usulda olib borish keng yoʼlga qoʼyilgan. Taʼlim jarayonini yangi mazmun va shaklda yoʼlga 
qoʼyish masalasi, eng avvalo, ona tili taʼlimiga taalluqlidir. 
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov: “Ona tilining buyuk 
ahamiyati shundaki, u maʼnaviyat belgisi sifatida kishilarni yanada yaqin jipslashtiradi... 
Maʼnaviyatni mustahkamlash uchun mablagʼni ayash oʼz kelajagiga bolta urish demakdir”, - deb 
aytgan edi. 
Taʼlim mazmunining asosini dars tashkil etadi. Dars orqali ilmiy yangiliklar va axloqiy 
tarbiya oʼquvchilarga yetkaziladi. 
Bugungi kunda darslarimizni zamonaviy ruhda tashkil etib, noanʼanaviy usullardan 
foydalanmay, har bir darsni sanʼat darajasiga koʼtarmay turib, belgilangan natijaga, koʼzlangan 
maqsadga erishib boʼlmaydi. 
Oʼzbek xalqi yoshlarini har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash, yangi zamon 
kishisini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Sir emaski, yosh avlodni 
toʼgʼri tarbiyalash va yuksak fazilatli insonni voyaga yetkazish juda murakkab va mashaqqatli 
ishdir. shuning uchun masʼuliyatli masalaga har bir davrda zamonananing ilgʼor shaxslari 
masʼuliyat bilan yondashganlar va taʼlim-tarbiyaning qulay usullarini qidirganlar. XV asrning 
mashhur mutafakkiri Davoniy kishi xususiyatlari ikki xil: biri tugʼma, ikkinchisi hayot jarayonida 
paydo boʼladigan xususiyatlar deb ajratadi va tugʼma xususiyatlarni tan olgan holda hayot 
jarayonida paydo boʼladigan xususiyatlarni inson kamoloti uchun eng muhim omil deb hisoblaydi. 
Shu bilan birga yetuk inson boʼlish uchun har bir shaxs oʼzida quyidagi hislatlarni tarbiyalash 
lozimligni aytib oʼtgan edi. 
Zukkolik 
Fahm tezligi 
Zehn oʼtkirligi 
Bilimni tez egallash qobiliyati 
Qoʼyilgan muammoni tez anglash 
Esda saqlash qobiliyati 
Xotira 
Shunday qilib, Davoniy haqiqiy baxt-saodatga erishaman degan inson yuqoridagi fazilatlarni 
egallashga intilishi zarur deb hisoblaydi. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish