II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 244
Har kuni o‘z vaqitda ovqatlanish organizimga ijobiy tasir ko‘rsatadi, natijada ovqat vaqti
yaqinlashganda ishtaha paydo bo‘ladi, ovqat tez va yaxshi hazim bo‘ladi. Bolaning bir kunlik
yeydigan ovqati organizmda sarflanadigan energiyani qoplashi kerak.
Kun tartibining asosiy qismi bo‘lgan uyqu o‘quvchi kun tartibining asosiy elementlaridan
biri. Gigiyenik jixatidan to‘laqonli uyqu asab tizimini toliqib qolishdan saqlaydi, uxlaganda
organizimdagi hamma azo va to‘qimalar, jumladan, bosh miya po‘stlog‘i ham orom oladi. Nerv
hujayralari oziq moddalar zahirasiga to‘lib, quvvat yig‘adi, organizim yangi mehnat kuniga
tayyorlanadi. Uyquga qoniqmaslik o‘quvchilarning ish qobiliyatiga salbiy tasir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarga kun tartibini o‘rgatish orqali ularda “kun tartibi” shartli refleksni shakillanadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning kun tartibini to‘g‘ri tuzish va ularga amal qilishni o‘rgatish orqali
o‘quvchilarning sog‘lig‘iga, ruhiyatiga, jismoniy rivojlanishiga, tarbiyasiga, bilimiga ijobiy tasir
ko‘rsatadi va fanlarni o‘zlashtirish darajasini va bilim samaradorligini oshiradi. O‘quvchilar kun
tartibiga amal qilishni boshlang‘ich sinfdan boshlasak, ularda odat tusiga aylanadi va
o‘quvchilarda kun tartibi shartli refleksi paydo bo‘ladi, talim- tarbiya samaradorligini, bilim
sifatini yuqori bo‘lishiga yordam beradi. Bunda asosan dastlab o‘quvchilarda kun tartibi qay
darajada ekanligi va unga amal qilish darajasining shakllanganligi dastlab anketa so‘rovnomasi
asosida aniqlanildi va muammoning o‘rganilishi lozim bo‘lgan tomonlari belgilab olindi. Keyingi
bosqichda kun tartibini tashkil etuvchi asosiy elementlar aniqlashtirildi va bu elementlarni
o‘quvchilarda shakllantirishda zarur metodlar belgilab olindi. O‘quvchilarda kun tartibi va unga
amal qilishi ko‘nikmasini shakllantirish ko‘p qamrovli jarayon bo‘lib, bunda birgina olib borilgan
tadqiqotchining faoliyati tufayli amalga oshmaydi, buning uchun maktab o‘qituvchilari, ota-onalar
hamda faol o‘quvchilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Shuning uchun kun tartibini
shakllantirish metodikasida kompleks ish olib borishni talab etadigan metodlar kiritildi.
Kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishni, ayniqsa boshlang‘ich sinflardan boshlasak maqsadga
muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilar birinchi sinfdan kun tartibiga amal qilishni o‘rgansa kelajakda bu
ularda odat tusiga aylanadi va o‘quvchilarda shartli refleks paydo bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kun tartibini aniqlash ularning o‘qish yozish
ko‘nikmalarining to‘liq shakllanmaganligi tufayli qiyinchilik tug‘diradi. Ammo ranglarni,
shakllarni ajrata oladi. Shuning uchun o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda shakllardan,
rasmlardan, ranglardan, foydalangan holda anketa so‘rovnomasi tuziladi va shu asosida
aniqlanadi. Buni amalga oshirish uchun o‘qituvchi kun tartibining bandlarini navbat bilan
o‘quvchilarga tushinarli tarzda o‘qiydi va o‘quvchilar o‘zi xoxlagan, yaxshi ko‘rgan rangdan
foydalangan holda berilgan shakllarni va rasmlarni bo‘yaydi.
Respublikamizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar ta’lim-
tarbiya sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda
muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillardan biri – pedagog kadarlarning zamonaviy bilim,
ko‘nikma va malakalarini egallaganligi hamda ta’limning innovotsion axborot didaktik shakllarini
ilmiy tadqiqot qilish hisoblanadi. Bu o‘z o‘rinda ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo
etmoqda, chunkiy mukammal ta’lim tizimi respublikamizning kelajakdagi intellektual
imkoniyatlarini va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘quvchi- yoshlarni har tomonlama ijodkor,
mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
O‘quvchi kun tartibiga amal qilsa maktabda o‘tiladigan fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi
ortadi va bilim samaradorligi oshadi. O‘quvchilarning kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishda
o‘qituvchi o‘z ishini oila bilan uzviy holda olib borish yaxshi samara beradi.
I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati va markaziy asab tizimining koordinatsiyasi hamda
boshqarish vazifasi haqidagi talimoti kun tartibini shunday tuzishga asos bo‘ladiki unda ish bilan
dam olishni, shuningdek, mashg‘ulotlarning xilma-xil turlarini ketma-ketligi xisobga olinishi
zarur.
O‘quvchilarning kun tartibini va o‘quv yuklamasini o‘rganishda organizimdagi fiziologik
muvozanatning har xil faoliyat turlari- dam olish, ovqatlanish, uyqu va boshqalarni birgalikda olib
borish natijasida bolalarning ish qobiliyatini tezroq tiklash haqidagi masala dolzarb masalalardan