II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
245
biridir. Kun tartibi to‘g‘ri tashkil etilganda bola charchamaydi, asab tizimida stereotiplar vujudga
keladi, bolalar intizomli va tarbiyali bo‘la boradi. Gigiyenik jihatdan asoslanib tuzilgan kun tartibi
o‘quvchining kun bo‘yi bajaradigan asosiy faoliyat turlarini mayorlashga, aqliy va jismoniy
mehnatni, dam olishni to‘g‘ri olib borishga imkon beradi. Maktab dasturi o‘quvchilarning aqliy
faoliyatini jadallashtirishni to‘g‘ri rejalashtirmas ekan, o‘quv jarayoni va sog‘liqni saqlashda
ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin bo‘ladi. Kun tartibiga rioya qilmaganda esa bola to‘liq dam
olmasdan toliqib qoladi uyqisi, ishtaxasi yomonlashadi, asabi buziladi ish qobiliyati pasayadi.
O‘quvchilarning uzoq vaqt davomida ish qobiliyati va asab tizimi qo‘zg‘alishini yuqori
darajada saqlashda kun davomida mehnat va dam olish vaqtlarining oqilona taqsimlanishini
taminlay oladigan kun tartibi katta ahamiyatga ega. Kun tartibi ayrim bandlarining muntazam
takrorlanib, turishi organizm hayot faoliyatining ma’lum bir maromga tushib olishini taminlaydi.
Bola malum bir vaqtda uyg‘onishga o‘rganadi, malum saotlarda qorni ochganini, kuch-quvvatga
to‘lib-toshganini, ma’lum bir vaqtda charchaganini sezadi.
O‘quvchining kun tartibi organizmning jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos tarizda
tuzilishi kerak. Kun tartibining asosi to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yani jismoniy tarbiya
sport bilan shug‘illanish, mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, to‘g‘ri dam olishni tashkil etish
yotadi. Mana shu ko‘rsatilgan asosiy elementlari amalda bajarilsa bola organizmida ijobiy
natijalarni ko‘rsatadi.
Kun tartibining asosiy elementlariga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, mehnat faoliyatini
to‘g‘ri tashkil etish, to‘g‘ri dam olishni tashkil etishlar kiradi.
Kun tartibining asosiy elementlari bola organizmiga ijobiy tasir ko‘rsatib, organizmining
o‘sishi, aqlan va jismonan rivojlanishini taminlaydi. Bola tarbiyali, tartibli, xar bir ishni o‘z vaqtida
bajaradigan bo‘ladi. Bola charchamaydi, nevroz kuzatilmaydi, xamma ishga ulgiradi: vaqtida
maktabga boradi, vaqtida ovqatini yeydi, vaqtida dam oladi, vaqtida uyga vazifani bajaradigan,
bo‘sh vaqtida to‘garaklarga qatnashadigan, vaqtida sport bilan shug‘ullanadi va maktabda va uyda
mehnat qilishni o‘rganadi. Bola vaqtdan unimli va to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadi natijada vaqtini
bekorga o‘tkazmaydi.
Xulosa
O‘quvchilarga kun tartibiga amal qilishni o‘rgatishning yangi innovatsion texnologiyalarini
ishlab chiqish talab etiladi. Buni amalga oshirish uchun o‘quvchilarga ijobiy tasir ko‘rsatadigan
tarqatma materiallardan, multimediya va video roliklardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Demak, o‘quvchi kun tartibini to‘g‘ri tuzilishi:
-
bola organizmining to‘g‘ri o‘sishiga;
-
immunitetining mustahkam bo‘lishiga;
-
aqlan va jismonan sog‘lom rivojlanishiga;
-
maktabdagi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishiga,
-
tartibli va intizomli bo‘lishga;
-
vaqtdan unumli foydalanishga;
-
a’lochi o‘quvchi bo‘lishga o‘rgatadi.
Shuning uchun o‘quvchilarda kun tartibini shakillantirishni boshlang‘ich sinfdan boshlash
ijobiy natija beradi. Buni amalga oshirishda, o‘quvchilarga kun tartibi to‘g‘risida malumot berish,
kun tartibining ahamiyatini tushuntirish, “Mening kun tartibim” deb nomlangan jadval
ko‘rinishidagi kun tartibi aks ettirilgan tarqatma materiallar tarqatish, multfilim ko‘rinishidagi
animatsiyalar, videorliklar tayyorlash va ko‘rsatish, ota-onalar uchun metodik tavsiyalar ishlab
chiqish va tarqatish orqali ijobiy natijaga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |