II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
254
Axborotlar o‘quvchilarning faolligini ta’minlash ularning faoliyatini obyektiv baho-lash va
rag‘batlantirish omillari sifatida xizmat qiladi. O‘quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi
kurashish immunitetini hosil qilish va rivojlantirishda quyidagi yo‘na-lishlar bo‘yicha aniq va
ishonchli axborotlar to‘plash va ulardan foydalanish maqsadga muvofiq:
– har bir o‘quvchining yashash va mustaqil ta’lim olish sharoitlari;
– har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyati, fanga va kasbga bo‘lgan qiziqishi
hamda ma’lum bir davrdagi ehtiyojlari;
– o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, o‘quvchilarning ma’lum bir o‘quvchi-ga yoki
ma’lum bir o‘quvchining o‘z sinfdoshlariga bo‘lgan munosabatlari;
– o‘quvchining boshlang‘ich tushunchalari va uning faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar;
– o‘quvchining ta’lim olish yo‘nalishidagi ehtiyojlari va ta’minoti;
– o‘quvchiga ota-ona, mahalla-ko‘y munosabatlari va oiladagi mavjud munosa-batlar;
– darsdan tashqari shug‘ullanadigan mashg‘ulotlari, sinf va maktabdan tashqari-dagi
o‘rtoqlari;
– faolligini ta’minlash vositalari va uning faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar;
– o‘quvchining tabiatga, kitobga, texnikaga va san’atga bo‘lgan munosabati, qi-ziqishi va
h.k.
Hozirda mamlakatimizda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-
tirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar-dan kelib
chiqqan holda boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida kadrlar tayyorlash borasida
quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish taklif etiladi:
– jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy
nuqtayi nazariga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash,;
– boshlang‘ich ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim
xizmatlari samaradorligini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori
malakali kadrlarni tayyorlash;
– mazkur sohadagi pedagoglarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish, mala-ka oshirish
va qayta tayyorlash shakl va usullarini takomillashtirish, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini
oshirish;
– boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida o‘quv rejalari va dastur-lari
mazmunini qayta ko‘rib chiqish, ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda, yangi darslik va
o‘quv qo‘llanmalar tuzish;
– oliy ta’lim fan va ishlab chiqarish o‘rasidagi innovatsion korporativ hamkorlikni
rivojlantirish, innovatsion ishlanmalar yaratish va innovatsion yarmarkalarga taqdim etish,
xo‘jalik shartnomalari tuzish.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi: bolaning o‘qishga bo‘lgan ijobiy muno-sabatini,
bugungi kunda eng zarur bo‘lgan o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bi-lan ishlash, asosiy
matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo‘llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash,
o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, yozma va og‘zaki muloqot madaniyati
qoidalarini egallash, ta’limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan
iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tizimli tashkil etish bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini oshirishga, yuqori ma-lakali, mehnat
bozoridagi kuchli raqobatga bardoshli kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Bu esa, o‘z
navbatida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jara-yonining sifatli tashkil etilishini,
malakali kadrlar tayyorlashda yuksak samaradorlikka erishishni kafolatlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Res-publikasi
Qonun hujjatlari to‘plami, 2017- y, 6-son, 70-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |