II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
251
– pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo‘lishi kabilar ijobiy natijalar beradi.
Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqa-
lar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniy-ligiga
ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda
ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Xulosa qilib ta’kidlash joizki, ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar ongiga mu loqot
asosida milliy qadriyatlar va ma’naviy madaniyatni shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchining
o‘zaro muloqotini hozirgi zamon pedagogik talablari asosida mukammal tashkil etilishini
ta’minlaydi.
O‘quvchining nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy
natijalari, unda fanga oid va tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga erishish o‘qituvchi
pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy mezonlar hisoblanadi va bu hamkorlik muhitini
rivojlantirishga asos bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Zaripov K. O‘qituvchilar malakasini oshirishda maktab rahbarining roli. – T.:
O‘qituvchi, 1993, 97-b.
2.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU,
2003.
3.
Karimov I.I. O‘qituvchi, ustoz, murabbiy. Talabalar va yosh o‘qituvchilar uchun
risola. – Farg‘ona, Qo‘qonDPI, 2009, 99 b.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING AXBOROT KOMPЕTЕNTLIGINI
RIVOJLANTIRISH
Saburova Salima Elmurotovna
Buxoro shaxar 12-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlilik sifatlariga ega bo‘lishi,
o‘z ustida izchil ishlash va o‘quv axborotlarni o‘quvchilarga qiziqarli tarzda yetkazib berish haqida
fikr yuritilgan. Shuningdek, mualliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmala-rini
shakllantirish, ta‘lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitishning zamo-naviy
uslublarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tgan.
Kalit so‘zlar. Kompetentlilik, axborot, rivojlantirish, vosita, ko‘nikma, ijtimoiy subyekt, si-
fat, samaradorlik.
Bugungi kun ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jami-yat talablarini
o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tay-yorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya
jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi,
salohiyati va dun-yoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va
muammolarni yechish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoli-yat
sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim
berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana
olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim.
Boshlang‘ich ta’limda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va
intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ta’lim jarayoniga zamonaviy ax-borot-
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng
joriy etish orqali o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash va yanada rivojlan-tirish ko‘zda tutilganligi
dolzarb vazifalarimizdan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |