II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 249
– faol qayta aloqani ta’minlaydi;
– noan’anaviy usullar bilan o‘quvchilarning harakatlarini qo‘llaydi va mustahkam-laydi;
– o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi;
– o‘quv faoliyatini individuallashtirishga yordam beradi;
– o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ehtiyojlarini tahlil qiladi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati o‘z mehnatlari bilan ulkan natijalarga erishishdir.
Ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli
kishidagina pedagogik mahorat xislatlari shakllanib boradi. Peda-gogik faoliyat o‘z mohiyatiga
ko‘ra ijodiy xarakterga ega. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda
mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik mu-ammolarni yechadi, o‘quv jarayonini mustaqil
boshqaradi. Bularning hammasi ijodkor-likning tub mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan
bog‘liq.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy faoliyatda ma’lum maqsadga erish-moq uchun
o‘qituvchi bolalarni hamkorlik jarayoniga tortishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchi-larni o‘zi bilan
hamkorlik qilishga jalb eta olishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
– hamkorlik vujudga kelishi uchun jamoada tashkil etilishi lozim bo‘lgan faoliyat
o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va qiziqishla-riga
to‘g‘ri kelishi lozim;
– o‘quvchilarni biror ishga jalb qilar ekan, o‘qituvchi ularga pedagogik va psixo-logik
jihatdan to‘g‘ri vazifa qo‘yishi, yo‘l yo‘riq ko‘rsatishi shart;
– o‘quvchilar topshiriqni amalga oshirishga kirishganlarida o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida
ham ishtirokchi, ham maslahatchi vazifasini bajaradi.
Ijodiy faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o‘qitish va
tarbiyalash, ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish bilangina cheklanib qolmas-dan,
tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon o‘qituvchisi fan
va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi
pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi taqozo etiladi.
Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan da-lolat beradiki,
kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchining integral fanlar asoslarini
va o‘quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy
ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga faqat be-vosita jonli muloqot vositasida bera oladi.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqoti ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatning
muhim sharti va mazmuni sifatida na-moyon bo‘ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo‘lgan muloqot har qanday kasbiy
faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator kasb egalarida (chunonchi, pedagog,
shifokor, san’atkor va h.k) u kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo‘lgan oddiy omil emas, balki
kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu
holda muloqot insonlar o‘rtasidagi odatiy o‘zaro ham-korlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning
muvaffaqiyatini ta’minlovchi kategoriya si-fatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda
muloqot muhim funksional, o‘qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli vosita sanalib, o‘zaro
ta’lim va tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida namoyon bo‘ladiki, bunda muloqotning muhim
shartlariga va qonuniyatlariga, qo‘shimcha vazifalariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o‘zaro
hamkorlik tizimida muloqot go‘yo, shunchaki o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maq-sadga
qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o‘qituvchi
pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kompetensiyaviy madaniyatga ega bo‘lishi talab
qilinadi.
O‘quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli bo-rishi
ta’lim mazmuniga asoslanib, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlikdagi fao liyatini to‘g‘ri
tashkil etish saviyasiga bog‘liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini mukammal bilishni taqozo etadi: