O‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI ERTAKLAR BILAN TANISHTIRISHDA
INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Asadova Munira Erkinjonovna
Qorako‘l tuman 38-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchi
Ta’lim-tarbiya jarayonining yuksak darajada taraqqiy etishi bugungi kun o‘qituvchidan
o‘z ustida muntazam ishlahni, zamon bilan hamnafas bo‘lishni, zamonaviy o‘qitish usullari va
vositalaridan boxabar bo‘lishni, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali
foydalnishni talab qiladi. Zero, biz tarbiyalashni nazarda tutayotgan ertangi kun egalari ta’lim
beruvchidan ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik, o‘z fikrini aniq va ravon tilda bayon etishni,
mustaqil fikrlashni o‘rganibgina qolmasdan, o‘qituvchi shaxsini namuna va o‘rnak sifatida
qabul qiladi. Ayniqsa, ta’limning negizi sanalmish boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida
ta’lim oluvchilarning nutqiy ko‘nikmalari, tafakkur qilish va mantiqiy fikrlash jarayonlari
ustida ish olib boriladi.
“Bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug’ullanishi
benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan,
vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi,
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
12
5
muallimning tarbiyasiga bog’liqdur», - degan edi ma’rifatparvar ajdodlarimizdan biri Abdulla
Avloniy.
Keling, o‘qish darsligidagi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning eng ko‘p o‘ziga jalb
qiladigan ”Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” bo‘limidan o‘rin olgan ertaklarni o‘rganishda
ta’limning interfaol metodlaridan foydalanishning o‘ziga xos tomonlariga nazar tashlasak.
Ma’lumki, ertaklar xalq og‘zaki ijodining eng keng tarqalgan janridir. Ularda insonlar
hayotida ro‘y bergan yoki uchrashi mumkin bo‘lgan voqealar yoki fantastik sarguzashtlar
hikoya qilinadi. Ertaklarning aksariyat qismida hayotiy hodisalar bilan tasavvur mahsuli
bo‘lgan sehrli buyumlar yoki o‘ylab topilgan obrazlar uyg‘unlashib ketadi. O‘quvchilar ertaklar
bilan tanishar ekanlar, qiziqarli syujetlar va matonat, mardlik timsoli bo‘lgan obrazlarning ertak
nihoyasidagi barcha yovuzlik va zulmat kuchlari ustidan g‘alaba qozonishi singari jihatlar
bolalarni o‘ziga chorlaydi. O‘quvchilar real hayotda ham yaxshilik g‘olib bo‘lishini istaydilar
va buni amalga oshirishga intiladilar.
Ertak bolalarda asar qahramonlarining turli xil vaziyatlarda o’zini nechog’li tutishi va
ularning faoliyatini tahlil qilib, keng tafakkur dunyosi ila baholash ko‘nikmasini o‘stiradi.
O‘quvchilar ertak nihoyasidagi savollarga javob berish yoki qayta hikoya qilish va tahlil qilish
jarayonida „Qahramonlardagi qanday fazilatlar sizga yoqdi? Nima uchun? Qaysi qahramonga
o‘xshashni xohlagan bo‘lar edingiz?” -qabilidagi savollar vositasida ertak matni va undagi
voqealar bola xotirasida qayta aks ettiriladi. Bola o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib ertakdagi
ijobiy va salbiy qahramonlarga tavsif berishadi.
Boshlang‘ich sinflarning 2-sinflari uchun yaratilgan “O‘qish kitobi”dagi “Ertaklar –
yaxshilikka yetaklar” bo‘limidan “Tansihatlik – tuman boylik”, “Kenja o‘g‘il”, “Eng yaxshi
sovg‘a”, “Aqlli bola”, “Hakka bilan tulki” singari O‘zbek xalq ertaklari bilan bir qatorda “Tulki
va xo‘roz” nomli Eron xalq ertagi, aka-uka Grimmlarning “Somon, cho‘g‘ va loviya” ertagi,
Habib Po‘latovning “Mushuk va sichqon” ertagi, Ivan Krilovning “Qarg‘a bilan tulki” masali
o‘rin olgan.
“Eng yaxshi sovg‘a” ertagini mutolaa qilar ekan, har bir bola oila ustuni sanalmish ota-
ona va ularning salomatligi dunyodagi har qanday sovg‘adan qimmatliroq ekanini his qilishadi.
Ushbu ertak bilan tanishtirishdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilar bilan “Meni tushun” didaktik
o‘yinini o‘tkazishi mumkin.
Ushbu o‘yinni o‘tkazish uchun sinf o‘quvchilari doira bo‘lib turishadi. O‘qituvchi o‘yin
sharti bilan bolalarni tanishtiradi. Bu didaktik o‘yinda ovozdan va tayyor narsalardan
foydalanish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Bu o‘yin qoidasiga ko‘ra biz do‘stlarimizga
sovg‘a-salomlar ulashamiz. Hayolan o‘ylagan narsamizni pantomimo usulida tushuntirib
yonimizdagi do‘stimizga uzatamiz. “Sovg‘a”ni olgan bola boshqa bironta “sovg‘a”ni o‘zidan
keyingi ishtirokchiga uzatadi, deya izoh beradi. O‘yinni o‘qituvchining o‘zi boshlab beradi.
Oxirgi ishtirokchi tomonidan mashq bajarilib bo‘lingach o‘qituvchi endi ovoz chiqarish
mumkinligini va kim nima olganligini og‘zaki aytishi mumkinligini aytadi. O‘quvchilar qanday
sovg‘a olishganini aytishadi. Berilgan sovg‘a bilan olingan sovg‘aning bir xil anglanganligi
muhokama qiladi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga savollar beriladi: Sovg‘a olish sizga
yoqdimi?, Sizga qanday sovg‘a ko‘proq yoqadi?, Eng zo‘r sovg‘a kimga berildi? Javoblar
tinglangach o‘qituvchi bolalarga “Eng yaxshi sovg‘a ” ertagini o‘qib beradi va mazmunini
tushuntiradi. Ertak yuzasidan savollar beradi. Qizlardan qaysi biri o‘zini, qaysi biri otasini
o‘ylagani haqida fikrlab ko‘rishlarini tavsiya qiladi. Donoligi tufayli Xitoy mamalakatida
yurgan otasining salomatligi haqida qayg‘urgan qiz timsoli so‘zlar yordamida aks ettiriladi.
Mavzuni yanada mustahkamlash uchun o‘quvchilar tarqatmalar asosida kichik guruhlarga
bo‘linib, ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan Chaynvordlar tarqatiladi. Ushbu tarqatma
“Savollar” va “Javoblar” so‘zlari yozilgan ikkita qismdan tashkil topadi. Birinchi qismga
yozilgan savolning javobi bo‘lgan so‘zning qaysi so‘z bilan tugasa, keyingi savolning javobi
Do'stlaringiz bilan baham: |