Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
12

malakalarini oshirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim sohasidagi islohotlar tufayli 
o‘quv fanlarining mazmuni yangilanib bormoqda, maktablarda o‘quv fanlari tizimida yangi 
fanlar tarkib topmoqda. Ularning o‘zaro aloqadorligi asosida ta’limning samaradorlik darajasi 
ortib bormoqda. Biroq, fikrimiz dalili sifatida misol qilib olsak, maktablarning boshlang‘ich 
sinflarida tabiatshunoslikni o‘qitishda uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligining 
metodologik-didaktik asoslari yaratilmagan.Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikning boshqa 
o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi hamda ushbu fanlararo aloqadorlik jihatlari va 
tamoyillarini aniqlash, nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, uning metodologik asoslari 
va didaktik yo‘nalishlarini takomillashtirish mazkur tadqiqotning dolzarbligini yana bir marta 
ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda aytish mumkinki, umumta’lim 
maktablari boshlang‘ich sinflarida fanlararo aloqadorlikni ta’minlashning didaktik asoslari o‘z 
yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri sifatida mavjuddir. Shunday ekan, ta’lim-
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar 
tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni 
tarbiyalash hozirgi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi lozim. 
Ta’limning insonparvarlashuvi boshlang‘ich sinflar ta’lim mazmunini 
takomillashtirishni taqozo qilmoqda. 
Xorijiy mamlakatlarda fan va texnologiyaning jadal sur’atda rivojlanishi olimlar oldida 
murakkab muammolarni qo‘ymoqda. Shu sababli tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari 
haqidagi yangi nazariy va amaliy bilimlarni boshlang‘ich sinflar ta’lim mazmuniga kiritish, 
barcha fanlardan o‘zaro aloqadorlikda eng zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, ijtimoiy 
hayot tajribalari va ilm-fanning turli sohalari uchun muhim bo‘lgan bilimlarni o‘quvchilar 
egallashlari uchun yuksak bilim va mahoratga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash nihoyatda 
zarurdir. Mazkur vazifalarni yechish uchun tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan 
o‘zaro aloqadorligini ta’minlashni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida har bir o‘quv fanining 
fanlararo aloqadorlikdagi mazmunini tanlash, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan so‘nggi 
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv fanlarining bir biri bilan bog‘langan 
tizimini shakllantirish lozim. 
Boshlang‘ich sinflarning ta’lim-tarbiya jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan 
zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng murakkab muammolarini hal etish uchun barcha 
o‘rganilayotgan o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari keng miqyosda tadqiq 
qilinishi lozim. Barcha o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligi mohiyatiga tayanish, ayniqsa, 
fanlarni boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning yangi jihatlarini aniqlash zarurdir. O‘quvchilarga 
taqdim etiladigan ekologik bilim, tushuncha va hosil qilinadigan hisoblash ko‘nikmalari 
umumlashgan mazmunga ega bo‘ladi. Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro 
aloqadorligi ta’minlanganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘zaro bog‘langan bilim va 
tushunchalar taqdim etiladi. 
Demak, “Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi” o‘quv 
mavzulari mazmunini atroflicha ochib berish uchun zarur. Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv 
fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi dars mavzularining mazmunini o‘rganish, undagi muhim 
qoidalarni ajratib olib o‘zlashtirishda quyidagi jarayonlarni faollashtirish imkoniyatini beradi: 
• o‘quv mavzularini o‘rganish jarayonida tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan 
o‘zaro aloqadorligi holatini aniqlashga subyektiv yondashish ehtimolini pasaytirish; 
• fanning muhim g‘oyalarini ochib berishda birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan 
o‘quv fanlari asosiy jihatlariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari e’tiborini jalb etish; 
• doimiy ravishda idrok etishni murakkablashtirib borib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
ijodiy tashabbuskorligi va o‘quv-biluv faoliyati mustaqilligi ko‘lamini kengaytirish; 
ko‘p tomonlama tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini 
samarali yo‘lga qo‘yish uchun didaktik vositalarning har xil turlarini qo‘llab, 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish