FIZIKA FANINI O‘QITISHDA INTEGRASION YONDASHUVNING AHAMIYATI
Boyliyeva Sevara Raximovna
Buxoro tuman 27-maktab fizika fani o‘qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki yillardanoq
ta’lim-tarbiya sohasini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Tarixan qisqa
davr mobaynida mamlakatimizda bu sohada juda ulkan ishlar amalga oshirildi va bugungi
kunda ham jadal davom ettirilmoqda. O‘qitishning interfaol metodlarini qo‘llab
integratsiyalashgan ta’limni, ta’lim tizimiga joriy qilish zamonaviy kadrlar tayyorlashning
muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda o‘qituvchi uchun o‘z mutaxassisligi
bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish va bilimga chanqoq yoshlar bilan to‘la auditoriyaga katta
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
11
5
hajmdagi bilimlarni berishning o‘zi yetarli emas. O‘tkazilgan ko‘pgina tadqiqotlarning
natijalariga ko‘ra, o‘qitishga yangicha qarash, talabalarni o‘qitishda faol yondashuvlardan
foydalanish bilim berishning eng samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Oddiy so‘z bilan
aytganda, talabalar o‘quv jarayoniga faol jalb qilingandagina berilayotgan materiallarni oson
idrok etadi, tushunadi va eslab qoladi. Sifatli ta’limni amalga oshirishda fanlararo aloqadorlikni
amalga oshirish asosiy jihatlardan biri bo‘lib, uni amalga oshirish asosiy muammolardan
sanaladi. Bu muammoni hal qilishda quyiagi vazifalarni hal qilish joiz deb hisoblaymiz:
1.O‘quvchilarga fizikada o‘rganayotgan bilimlari bilan boshqa fanlarda olgan bilimlari
orasida uzviy bog‘lanish mavjudligini anglatib, olamning yaxlit manzarsi to‘grisida bilim
ko‘nikmalar hosil qilish. Zamonaviy ta’limning vazifalari va maqsadlarining o‘zgarishi, hamda
kengayib
borishi-ta’lim
mazmunini va tuzilmasini hamda o‘qitish jarayonini
takomillashtirishga olib keladi. Fizika fanida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirgan holda
mashg‘ulotlar tashkil etishni qandy tartibda , qachon va qanday usullarda amalga oshirish
mumkin.
Mashg‘ulotlarni fanlararo bog‘lanishda o‘tishning ilmiy va metodik ta’mininoti
asoslarini yaratish;
ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga asos bo‘ladi, tabiatni to‘g‘ri va to‘la anglashga
o‘rgatadi;
bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarni oshiradi;
o‘quvchilarni foydali mehnatga, hayotga tayyorlaydi, mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi;
-olamning tabiiy –ilmiy manzarasini yaxlit tasavvur qilish asoslarini shakllantiradi;
ilmiy- texnika rivojlanishi maqsadida amaliy faoliyatda fizika qonunlarining
qo‘llanilishi bilan tanishtiradi
Fizik bilimlarni o‘rganishni osonlashtiradi, qiziqishlarni kuchaytiradi.
Aynan bir xil ob’ektni turli fanlar tamonidan o‘rganilishini hisobga olib , bilimlarni
o‘zoro bog‘lash. Bilimlarni egallashda boshqa fanlardagi tushunchalardan, o‘rgatish
usullaridan, bilimlardan foydalanish. Dars jarayonida qiziqishlarni oshirish, diqqatni jamlash,
tasavvur qilishni osonlashtirish maqsadida boshqa fanlardagi bilimlardan foydalanish mumkin.
Fizikaviy hodisalarning biologik, kimyoviy va boshqa hodisalar bilan bog‘lanishini ko‘rsatish
va fizika fanida fanlararo aloqadorlikni turli xil shakllarda amalga oshirish mumkin.Fizikaviy
hodisalarning boshqa fanlaro qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar berish, fizikadan
mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning boshqa fanlarda o‘rgangan bilim va ko‘nikmalaridan
foydalanish, fanlararo aloqadorlik asosida ekskursiyalar tashkil etish, umumiy xarakterga ega
sinfdan tashqari tadbirlar tashkil etish, to‘garak ishlari tashkil etish, kechalar va konferensiyalar
tashkil etish, kuzatishlar va tajribalar o‘tkazishlardan iborat. Shunday savol paydo bo‘ladi,
fizika fanini qaysi fanlar bilan bog‘liqlikda o‘qitish mumkin? Albatta bugungi kunning
o‘quvchisi har tamonlama bilimli va kelgusi hayotga tayyor bo‘lishi lozim. Buning uchun
kundalik hayotda uchraydigan barcha muammolarni echa oladigan barcha fanlarni
mujassamlashtirgan bilimlar, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak.
Bunda esa:
Matematika , kimyo, biologiya, , astronomiya, geografiya, tabiatshunoslik fanlari fizik
bilimlarni ilmiy jihatdan chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
Adabiyot, tarix, musiqa, tasviriy san’at kabi fanlar bilimlarni o‘rgtishda qiziqishni
oshirish, tasavvur qilishni osonlashtiish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Fizika va geografiya fanlarini quyidagicha bog‘lash:“Atmosfera bosimi” “Issiqlik
dvigatellari va ularning ishlashi”, va boshqa mavzularni o‘rganish bu ikkala fan bog‘lanishini
ko‘rsatadi.Yerning tuzilishi, o‘lchamlari, harakati, atmosferasi, atmosfera bosimini o‘lchash,
shamollarning hosil bo‘lishi, energiya manbalari va energiyadan foydalanish to‘g‘risidagi
bilimlar asosida fizika qonunlari mavjud bo‘lib bu bilimlar geografiya kursida ham o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |