«Ikkinchi kategoriya xavfli» mamlakatlar alohida harakterlanadi. Ularda teztez zo‘rovonlik, tartibsizliklar takrorlanib turadi. Ularga, Misr, Hindiston, Yamayka, Keniya, Peru, Filippin, Indoneziya va boshqalar kiradi.
Bu terrorchilik hatti-harakatlari nemis turistlarini sevimli dam olish joyi
Turkiyadan cho‘chitib qo‘ydi. To‘g‘ri, milliy turistik ma’muriyatning oqilona o‘tkazilgan marketing va reklama kompaniyasi, mahalliy turistik firmalarining jozibali takliflari bilan mustahkamlangan va’dalari tufayli bo‘shab qolgan o‘rinlar
Rossiya va boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar bilan to‘ldiradi.
Xavfli mamlakatlar yo‘nalishidagi ro‘yxat oxirida yagona shov-shuvga va turistik faollikning pasayishiga sabab bo‘lgan majoralar ro‘y bergan mamlakatlar (hududlar) turibdi. Bu guruhlarga BTT Ten’anmen maydonidagi qayg‘uli voqealardan keyin Xitoyni, Shimoliy Irlandiya armiyasi jangchilari tartibsizlik keltirib chiqarayotgan Buyukbritaniyani, fojiali voqealar bo‘lib o‘tgan AQShning Florida va Fidji hududlarini kiritgan.
Turistlar uchun xavfsizlik darajasi bo‘yicha chiqishga qaratilgan yo‘nalishlar klassifikatsiyasi ham mavjud. Bunda turizmga tahdid aynan sayohatchi tomonidan huquq-tartibni buzish, yoqmaganini ro‘kach qilib ko‘ngilsizliklar keltirib chiqarishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotga zarar yetkazishni ko‘zlab, ekstremistlar ob’ektga hujum qilish, hukumatga siyosiy tazyiq o‘tkazish maqsadida turistlarni tanlaydi (Misr, Turkiya).
Xorijda xavfsizlik omiliga e’tibor bilan qarashadi. Hatto turistik safar yo‘nalishini tanlashda xavfsizlik muhim hal qiluvchi omil deb hisoblashadi. Turistik xizmatlar iste’moli jarayonlariga xos notekislik hamma darajada burtib turadi va global, hududiy, shuningdek alohida mamlakatlar darajasida namoyon bo‘ladi. Bir davlatda xalqaro turizm tez rivojlanadi, boshqasida esa sekin kechadi. Shundaylari ham borki, ularda qaysidir davrda turistik bozordagi vaziyat o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi. Misol uchun, 1980-yillarda jahonda turistik harakatlarni kengaytirish bahonasida Birlashgan Arab Amirligida (BAM) turizm sohasida ishchanlik faolligi barham topdi. Spirtli ichimlik sotish va iste’mol qilish ta’qiqlanishi oqibatida Yaqin Sharq mamlakatlari turistik industriyasi G‘arbiy Yevropa va Amerikadan tashrif buyurayotgan badavlat mijozlardan mahrum bo‘ldi.
Tashrif buyurishdagi ikkilanishlar ayrim mamlakatlarda tabiiy hodisalar tufayli ro‘y berishadi. Bular ba’zan turistik faollikni birdan oshib ketishiga, ba’zan so‘nib qolishiga olib keladi. 1999 yilda – XX asrdagi so‘nggi quyosh to‘liq tutilishi Yevropada Ruminiya hududidan ayniqsa yaxshi ko‘rinardi. Zo‘r berib reklama qilinishi natijasida butun hududlardan turistlar keng oqimi Ruminiya mamlakatiga yopirilib kela boshladi. Ta’surot «ovchilari» juda ko‘p edi. Otellarda joylar ko‘rsatilgan muddatdan ancha oldin sotilib ketdi. Odamlarning ommaviy harakatlari yo‘llarda avtomobillar tiqinini vujudga keltirdi. Ruminiyada turistlar kelishi umumiy soni 1999 yilda, 1998 yilga nisbatan taxminan 200 ming kishiga ortdi.
Tabiat hodisalari ko‘p hollarda teskari natiajalar beradi va turistik harakatlar jozibasi favqulodda xavfga aylanadi. 1997 yilda iyun-iyul oylarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ro‘y bergan suv toshqinlari Polsha, Chexiya va Sharqiy Germaniyaning katta qismida turistik faollikni cheklab qo‘ydi.
1999 yil Turkiya uchun to‘s-to‘polon yil bo‘ldi. Avvaliga kurdlarning turistlarga tahdid solish maqsadida qator terroristik aktlari sodir etildi. So‘ngra mamlakat shimolida kuchli zilzila ro‘y berib, tashrif buyuruvchilar oqimini keskin kamaytirib yubordi. Kelishlar soni 2 mln. kishiga kamaydi. Xalqaro turizmdan tushadigan daromadlar miqdori esa 1998 yilga nisbatan salkam 3 mln. amerika dollariga pasaydi.
Hozirgacha gap asosan turistik chiqishlar oqimi va ularning noto‘g‘riligi haqida borayapti. Yaponiya va boshqa mamlakatlarda aholining xorijga safar talablari beqarordir. Uning dinamikasida keyingi 30 yil mobaynida bir necha keskin ko‘tarilish va pasayishlar kuzatilmoqda.
Yaponiyada xorijiy sayyohatlar dinamikasi zamonaviy turizmning ikki xususiyatini tasdiqlaydi: bir tomondan tashqi, siyosiy va iqtisodiy omillar uyg‘unligiga boqliqlik, boshqa tarafdan uning tashqi vaziyatga munosabatda «o‘jarligi». Hatto eng shafqatsiz davrlarda ham yaponlar sayohat qilishda davom etishadi.