Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Zamon va makonda turistik talab to‘planishi



Download 0,71 Mb.
bet56/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Zamon va makonda turistik talab to‘planishi. Turistik talab yorqin mavsumiy harakterga ega. Yilning ma’lum davrlarida eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi va boshqa oylarida pasayadi. Mu’tadil iqlimga ega shimoliy yarim shar mamlakatlarida iyul-avgust yozgi, yanvar – mart qishki asosiy turistik mavsumlar bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, mavsumlararo (aprel-iyun-sentbr) va o‘lik mavsum deb ataladigan (oktyabr-dekabr) davrlar ajralib turadi.
Statistik ma’lumotlarga muvofiq, Yevropada barcha turistik safarlarning yarimigachasi, ikki yozgi oylarga to‘g‘ri keladi. Mavsumlararo va o‘lik mavsumda turistik oqim susayadi va turistik xizmatlarga talab o‘zining pastki chegarasiga yetadi. Yevropada IV chorakda safarlar ulushi ularning yillik sonidan 18 % ni tashkil qiladi.
Yaponiyada ham turistik faollik shunday mavsumiy beqaror harakterga ega. Kun chiqar mamlakat aholisi ham Yevropa mamlakatlaridagi singari yozda sayohat qilishini ma’qul ko‘rishadi. Eng ko‘p jo‘nab ketish soni avgust oyiga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi turistik faollik qish oxirida, mart oyida kuzatiladi. Aprel oyidan iyungacha va oktbrdan fevralgacha bo‘lgan davrlar an’anaviy ravishda sayyohlik vaqti hisoblanmaydi. Yaponlarning xorijga safarga chiqish oqimi qisqaradi. Ko‘proq pasayish davri aprel va noyabr oylarida kuzatiladi. Ayrim yillarda bu tipik manzara bir qator omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Masalan, Yaponida dam olish kunlarining omadli kechishi 1996 yilda dekabr oyida uchinchi jo‘nab ketishlar to‘lqinini hosil qildi.
Turistik talabning mavsumiy harakteri turistik industriya korxonalarida notekis yuklanishda namoyon bo‘ladi. Bu yil davomida turistik safarlar dinamikasini aniq takrorlagan holda o‘zgarib turadi.
Turistik talabning mavsumiy o‘zgarib turishi tabiiy-iqlim, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik kabi turli omillari ta’siri bilan izohlanadi. Turistik faollikning yuqori cho‘qqisi va pasayishi ko‘pchilik sayyohlarning konservatizmi bilan izohlanadi. Odamlarda ta’tilni o‘tkazish uchun yoz eng ma’qul vaqt degan tushuncha mustahkam o‘rnashib qolgan. Bundan tashqari ko‘pgina ota-onalar yozgi dam olishni bolalari bilan birga ta’tilni o‘tkazish maqsadida ta’til muddatlarini orqaga suradilar. Turistik safarlarga yozgi talab darajasining yuqoriligi G‘arbda yana korxonalarni iyulavgustda ta’mirlash uchun to‘xtalishi bilan bog‘liq. Chunki shu oylarda mehnat unumdorligi eng past darajaga tushib ketadi. Nihoyat modalar omillarini turistik talablar to‘planishiga ta’sir qilishini hisobga olmasdan bo‘lmaydi.

  1. asrda asosiy kurort mavsumi qish davri bo‘lgandi – oktyabrdan maygacha. Uni Fransiyaning O‘rta yer dengizi qirg‘oq buylarida, Nitssa, Kann shaharlarida va boshqa joylarda kutib olishgandi. U yoki bu kurortga moda yilning vaqtlariga bog‘liq holda maqsadga muvofiqlik nazaridan kelib chiqardi. Yozgi quyosh dam olishni Lazur qirg‘oqlarida inson salomatligiga xatarli qilgan va bu davrda u yerga tashrif buyurish aqlsizlik hisoblangan.

Yoz oylarida shimoliy kengliklarda va tog‘li rayonlarda, jazirama issiq unchalik sezilarli bo‘lmagan joylarda o‘tkazish tavsiya etilgan. Balneologik va dengiz buyi kurortlari orasida Spa, Bat, Baden-Baden, Vishi, Eks-la-Ben, Biarrits tilga olingan. Atlantika okeani qirg‘oqlari va La-Mansh, Savoy Alplari, Monblan va Shamoni kurortlarida dam olishga safarlar uyushtirilgan. shaharlar chekkasidagi qarorgohlarda xordiq chiqarish uchun to‘xtalgan. Mavsumlararo esa Alp ko‘llari
(Annesi, Lago-Madjore, Jeneva ko‘llari)da o‘tkazilgan yoki Gresiya va Misrga uzoq sayohatlarda foydalanilgan.

  1. asrda dam olishga moda, undan keyin turistik talablar o‘zgaradi. Dengizda toblanish haqidagi qashshoq tasavvur uzoq vaqt go‘zallik ramzi, mustahkam salomatlik, ta’tilni maroqli o‘tkazish ramzi sifatida onglarda qat’iy o‘rnashib qolgandi. Yoz oylarida turistlar issiq dengiz rayonlari – O‘rta yer dengizi Karib havzasi sari intiladilar. Qishda ular tog‘ chang‘isi kurortlari (Shveysariyadagi Sankt – Mo-rits va Interlaken, Tirolya poytaxti Insbruk va boshq.) ga, Movirilararo esa jahon bo‘ylab ekskursion safarlarga jo‘naydilar.

Turistik talabning mavsumiy o‘zgarishi milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir o‘tkazadi. U moddiy texnik bazani bekor turishga majbur qiladi, ijtimoiy sohada muammolar keltirib chiqaradi. Ko‘pincha uning oqibati shunchalik harobalashdiki, davlatning aralashuvi talab etiladi. Turistik ma’muriyatlar va korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar turizmda mavsumiy tig‘izlik va tushkunliklarni epga keltirishga imkon beradi.
Mavsumiylik muammosi avvalgidek muhimligicha qolayotgan bo‘lsada, turistik talab zamonda ko‘proq bir tekis taqsimlana boshladi. Bugungi kunda turistik safarlar butun yil davomida amalga oshirilayapti. Bu haqda batafsilroq navbatdagi paragrafda fikr yuritamiz va bu kabi yangi hodisalar bilan bog‘liq sayohatlar oraliqlari mohiyatini ko‘rib chiqamiz.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish