Mavzuning o‘rganilganligi. Ushbu kurs ishida bugungi kunda dolzarb masalaga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy-amaliy tahlil asosida muhim masalalarni ochib berishga katta e’tibor berilgan.
Ekologik expertiza faninig maqsadi va vazifalari: Ekologik dunyo qarash milliy va umum insoniy qadriyatlarning o’zaro munosabatidan tashkil topgan ontologik voqelik, gnoseologik jarayomlarninh falsafiy tahlili tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini ob’ektiv bilish va insoniyatning adekvat faoliyatini ta’minlashga hizmat qiluvchi yangicha metodologik yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning so‘nggiga kelib ekologik xavfsizlik masalasi milliy va mintaqaviy chegaralardan chiqib, global muammo tusini oldi. Aholi soning oshib borishi barobarida tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, fan va texnika, sanoat korxonalarining jadal rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kimyolashtirilishi atrof-muhitga, inson salomatligiga, o‘simlik va hayvonot olamiga, atmosfera havosiga, suv havzalariga, yer osti suvlarining tabiiy aylanishi va tuproq holatiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi.
Sanoat korxonalaridagi filtrlash tizimlari, ya’ni tozalash qurilmalarining talab darajada ishlamasligi ham ulardan chiqadigan zararli moddalar miqdori ko‘payishiga imkon bermoqda. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan minglab tonna tashlanmalar yillar davomida yomg‘ir, qor, shamol va boshqa omillar ta’sirida tuproq qoplamiga tushib, kimyoviy ifloslanish darajasi ko‘tarilishiga olib keldi.
Ekologik ekspertiza esa mana shunday hayotiy zaruriyatdan kelib chiqib tashkil qilingan muhim faoliyat hisoblanadi.
Bu xizmat hozirgi globallashuv davrida dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Atrof-muhitni baholash jarayonida, birinchi navbatda, insoniyat sog‘lig‘iga, shuningdek, atrof-muhitning tarkibiy qismlari bo‘lgan yer, yer qa’ri, tuproqlar, yer usti va yer osti suvlari, atmosfera havosi, azon qatlami, flora va fauna hamda shu kabi boshqa tabiat omillariga salbiy ta’sirini o‘rganish va uni amalga oshirilishini mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilishni tushunishimiz kerak.
Xozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarish kuchlari va vositalarini takomillashtirish va rivojlantirish bilan birga ekologiya hamda sog’lom avlodni tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratilmoqda. Ekologik muammolarni hal qilishda turli soxalarda turli yo’nalishlarda nazariy va amaliy ishlar olib borib, shulardan biri va asosiysi soxalar bo’yicha monitoringlar tuzishdir. Ya’ni tabiiy muxitda bo’layotgan xodisa va jarayonlarni kuzatish, ular xaqidagi axborotlarni yig’ish, qayta ishlab sharoitni baxolash, hamda bashorat qilish tizimidir. Xozirgi kunda bunday sistemalar ayrim soxalarda ularni tuzish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan meterologik monitoring er usti va er osti suvlari monitoringlari litomonitoring va uning bo’limlari, tuproq monitoringi va boshqalar. Lekin yaratilgan va tuzilayotgan monitoringlar maxsus bo’lib, ko’proq bir yo’nalishga qaratilgan.
Farg’ona vodiysini har tomonlama rivojlanishi insonlarning turmush shart sharoitlarini yuqori darajada taominlash uchun butun er, suv, havo, muzliklar o’simlik va jonivorlarning harakteri haqidagi axborotlar tabiatdagi bщlayotgan jarayonlar va xodisalar hamda ularni o’zaro munosabatlarini va nixoyat bularni xammasini inson omiliga ta’sirini axborotlarni o’zida jamlovchi obeoktlarni xolatini bog’lovchi va bashorat kiluvchi monitoring yaratish demakdir.
Avvalo bunday murakkab muammoni hal qilishda sistemali yondoshish ya’ni har bir soxani alohida o’rganib so’ngra ularni birgalikda ko’rib ta’lil qilib umumiy xulosa chiqarish prinsipiga amal qilishga to’g’ri keladi. Buning uchun ekologik omillar: biotik, abiotik, antropogen omillarni to’g’ri tasavvur qilib, ularni o’zaro ta’sirlarini mukammal o’rganish talab etiladi.
Ekologik monitoringmarkazi sistemasining har bir bo’linmalari bo’yicha bo’limlardan, modellashtirish va programmalashtirish hamda texnik taominot bo’limlaridan iborat bo’lishi kerak. Ekologik monitoring sistemasini tuzish birinchi navbatda ma’lum darajada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni talab qiladi ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy maqsad Farg’ona vodiysining avtomatlashtirilgan ekologik monitoring sistemasining ilmiy asosini yaratish bo’lib, quyidagi masalarni o’z ichiga oladi. dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning ekologik monitoring soxasidagi tajriba va nazariy yutuqlarini ilmiy nuqtai nazardan umumlashtirish va ularni Farg’ona vodiysi tabiiy texnik va sotsial iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish. Tabiiy va tabiiy texnik muxitlarni tarmoq kuzatuv tizimlaridan olingan axborotlarni bir birini to’ldirish (komplekssaatsiya qilish) usullarini yaratish. Farg’ona vodiysi ekosistemasini axborotlar modelini va ekologik axborotlarning avtomatlashtirilgan bankini yaratish. Farg’ona vodiysi ekologik xolatini baxolash va bashorat qilish usullarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |