Taqri z talaba rahmidinova sevara


III-BOB.Ekologik ekspertizaga oid qabul qilingan qonun va qarorlar



Download 72,61 Kb.
bet8/10
Sana09.07.2022
Hajmi72,61 Kb.
#761381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Курс КУРС ИШИ

III-BOB.Ekologik ekspertizaga oid qabul qilingan qonun va qarorlar.

    1. . Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari

O’zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza bo’yicha ekologik normativhuquqiy aktlari tizimi mohiyatiga ko’ra qonunlar majmui tizimi bo’lib, ular respublikada amalga oshirilayotgan atrof muhit muhofazasi sohasida qabul qilingan va tayyorlanayotgan qonunlarga bog’liq holda doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (1992y) ekologik ekspertizaning maqsadi, ob’ektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”(2000 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari to’la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bo’yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar to’g’risidagi qonun xujjatlari kiradi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ekologik ekspertiza bo’yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi. Unda loyihani tayyorlashga qo’yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir ko’rsatish to’g’risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta’sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo`ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy ekologik munosabatlar deb ataymiz.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy ekologik munosabatlarning shakli, mazmuni jihatdan turli tuman bo`lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda kеng qamrovli choratadbirlari amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy ekologik munosabatlarning yo`nalishlarni ilmiy jihatdan asoslangan holda oqilona aniqlash o`z navbatida , ushbu munosabatlarni tartibga solish huquqiy mеxanizmni ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi.
Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta qo`yidagi asosiy yo`nalishlarda paydo bo`ladi:
1. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy
munosabatlar;
3. Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bog`liq ekologik huquqiy munosabatlar;
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish - jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologic xilma-xilligini ta’minlash bilan bog`liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig`indisi hisoblanadi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyatidagi ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish-jamiyatning ehtiyojlarini qondirijshmaqsadida yer, yer osti boyliklari, suv resurslari, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosidan foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig`indisidan iboratdir.
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq umummajburiy qonunchilik hujjatlari qoida-talablari foydalanish ahamiyatidagi, ijtimoiy ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
Aholining ekologik havfsizligini ta’minlash - antropogen ta’sirlar natijasida paydo bo`ladigan ekologik vaziyati va ofati mintaqalarida barqaror tabiiy muhitni saqlash, aholining hayoti va sog`lig`iga ta’sir ko`rsatuvchi ekologik havfli va zararli ta’sirlarni oldini olish bilan bog`liq keng qamrovli chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Ekologik havfsizlik o`n yillar davomida respublikamiz hududida tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik va tabiatni muhofaza qilish qoida talablariga amal qilmaslik sharoitida xalq xo`jaligi sohalarida olib borilgan ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keidi.
Ekologik havfsizlik- tabiat-jamiyat tizimining barqaror holati bo`lib, bunda atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslar holati, jamiyat hayoti vainson sog`lig`ga havfli ta’sirlarni oldini olishni ko`zda tutadi.
Ekologik havfsizlikni ta`minlash bilan bog`liq huquqiy munosabatlar tizimi- ftrof tabiiy barqarorligi, aholining sog`lig`iga havfli ta’sir etuvchi omilarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi;
-ekologik havfki hudud, ekologiya ofati mintaqalarini aniqlash;
-ekologik ekspertezani joriy etish;
-ekologik havfli va zararli ishlab chiqarish ob`ektlarini pasportlashtirish;
-havfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga ruxsatnomalar berish;
-tabiiy ofat, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish;
-aholining ekologik- huquqiy madaniyatini oshirish;
-aholining sanitariya- gigiena sharoitlarini yaxshilash va boshqalar.Usbu tavsiflangan ekologik huquqiy munosabatlar davlat ekologik siyosatining asosiy yunalishlarini tashkil etadi.
Ekologiya huquqi-huquq tizimining alohida sohasi sifatida ijtimoiy huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini o`rganish vatartibga solishni qamrab oluvchi o`z predmetiga egadir.
Ekologiya huquqining predmeti- atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlash jarayonida paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy tomondan tartibga solishdan iboratdir.

Download 72,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish