Taqri z talaba rahmidinova sevara


II-BOB.EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY YO’NALISHLARI



Download 72,61 Kb.
bet6/10
Sana09.07.2022
Hajmi72,61 Kb.
#761381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Курс КУРС ИШИ

II-BOB.EKOLOGIK EKSPERTIZANING ASOSIY YO’NALISHLARI.
2.1. Ekologik ekspertiza tushunchasi va maqsadi, tamoyillari

Texnologik ekologik ekspertiza. Ekologik ekspertizaning ob’ekti, ilgari ko‘rsatib o‘tilgandek, g‘oyat xilma-xil bo‘lib, shunga mos xolda uning yo‘nalishlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Masalan, ekspertizaning ob’ekti dasturlar loyihalari, qurilish loyihalari, ishlab chiqarishni joylashtirish loyihalari, texnika va texnologiya, xomashyo va materiallar, mahsulotlar, kimyoviy moddalar, standart va texnik, xuquqiy normalarning loyihalari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Ushbu ob’ektlar bo‘yicha ekologik ekspertiza yo‘nalishlari ham shakllanadi.


Texnologik ekologik ekspertiza texnologiya va texnikaning ekologik mos (to‘g‘ri) kelishini va resurs iste’moli sig‘imini (hajmini) aniqlash, shuningdek texnologiyaning kam chiqitli yoki chiqitsizligini amalda bo‘lgan normativlar va mavjud eng yaxshi namunalar bilan taqqoslab, zarur ekologik ekspertiza xulosalari va yechimlariga kelishni bildiradi.
Turli tuman mashinalar va jihozlar , asboblar , nazorat vositalari va tizimlari amaldagi tabiat muhofazasi normalari va qoidalariga, ekologik havfsizlik talablariga zid kelmasligi shart.
Texnologik va texnik ekologik ekspertiza nazorati ekologik havfsizlik talablariga javob bermaydigan texnika va texnologiyani ro‘yobga chiqarishga yo‘l qo‘ymaslikning asosiy vositasi bo‘lishi kerak
Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari orasida loyihalashtirilayotgan va atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar alohida o‘rinni egallaydi. Korxona tushunchasi hududiy yahlit, ihcham yoki g‘uj joylashgan, ma’lum mahsulotni (xizmat turini) ishlab chiqarish va sotish, pullash bilan shug‘ullanadigan, o‘z mahsulotini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda nisbatan iqtisodiy mustaqilligi, texnologik tugallanganligi bilan harakterlanadigan ekologik ekspertiza ob’ektidir
Korxonalarning ko‘pchiligi o‘z ish maydonlari va maydonchalari bilan shaharlar va ularning aglomeratsiyalari, qo‘rg‘onlari, qishloqlar tabiiy landshaftga qo‘shilib ketadi va tabiatga turli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatib turadi. Korxonalar miqyoslari, katta-kichikligi, ixtisoslashishi, iqtisodiy-geografik o‘rni va atrof tabiiy muhit bilan aloqalari xususiyati, tabiatning u yoki boshqa komponentlariga ta’siri va uning intensivligi, oqava va chiqindilarning zaharliligi va zararligi va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladi.
Korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining xususiyati, belgilangan vazifasi, texnologiya va hom ashyoning xarakteri bo‘yicha va xizmat turi o‘xshash bo‘lgan majmuasitarmoqlarini tashkil etadi. Tarmoqlar ham korxonalar kabi mahsuloti, tabiatga ta’siri bo‘yicha g‘oyat xilma-xildir.Shu sababdan korxonalar loyihalarining tarmoq, hududiy xususiyatlarining ekologik xavfsizlilik darajasini kompleks hisobga olish zarur
Ekologik ekspertizaning barcha yo‘nalishlarida ham loyihadan oldin, ham loyihadan keyingi bosqichlarda asos qilib olingan materiallari qatoriga iqlim, geologik, gidrogeologik sharoitlar, tuproqning genetik va o‘z-o‘zini tozalashi ta’rifi, hududning o‘rmon bilan qoplanish darajasi, flora, fauna, aholi va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar kiradi.
Ekologik ekspertizani o‘tkazish natijasida ekspertiza ob’ektining to‘la modeli paydo bo‘lishi, loyihaning esa atrof tabiiy muhit muhofazasi talablariga mos kelishi aniqlanishi kerak. Bu talabga erishish uchun ekologik ekspertizaning barcha yo‘nalishlarida loyihaning quyidagi xususiyatlari o‘rganilishi va taxlil qilinishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar va yuqori darajada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.Quyidagilar:
Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladigan faoliyat turlarining ro‘yxati 2-ilovagamuvofiqtasdiqlansin.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalarining ish yurituvida bo‘lgan obyektlar avval amalda qo‘llanilgan tartibga muvofiq davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadlari, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida keng yoritish tadbirlarining rejasini tasdiqlasin va uning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonasi, “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat ekologik ekspertizasi markazi”, viloyatlar va Toshkent shahrining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonalarining (keyingi o‘rinlarda davlat ekspertizasi markazlari deb ataladi) nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin;
Davlat ekologik ekspertizasi markazlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini tasdiqlasin.
MazkurqarorningbajarilishininazoratqilishO‘zbekistonRespublikasiBoshvaziriningbirinchio‘rinbosari — “O‘zbekistontemiryo‘llari” AJboshqaruviraisiA.J. RamatovvaO‘zbekistonRespublikasiEkologiyavaatrof-muhitnimuhofazaqilishdavlatqo‘mitasiningraisiB.T. Qo‘chqorovzimmasigayuklansin.
Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish maqsadida:
davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi;
davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert va mutaxassislarni jalb qiladi;
bank va boshqa kredit tashkilotlariga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmagan obyektlarni moliyalashtirish, ularga kredit ajratish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘xtatish (tugatish) haqida taqdimnomalar yuboradi;
davlat ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosa talablarining bajarilishini nazorat qiladi;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish masalalari bo‘yicha boshqa mamlakatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining quyidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazadi:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DUK deb ataladi);
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonasi;
viloyatlar va Toshkent shahar “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonalari.
Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat ekologik ekspertizasining yagona tizimini tashkil etuvchi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalariga uslubiy rahbarlik qiladi.
“Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DUK quyidagi obyektlar bo‘yicha:
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash — loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilishini va texnik qayta jihozlanishi lozim bo‘lgan ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar yoki atrof-muhitning holatiga va fuqarolar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan texnologik jarayonni o‘zgartirishlarni, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifasiga kiradigan faoliyat turlari bo‘yicha maxsus huquqiy rejimga ega obyektlarni (yuqori va o‘rtacha darajada xavfli);
I toifaga kiradigan (yuqori darajada xavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil bo‘lishi hamda ularni joylashtirishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan ekologik normativlari loyihalari;
hududlarga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallarini;
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlarni;
davlat dasturlari va konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalarini;
aholisi soni 50 ming kishidan ortiq bo‘lgan loyihalashtiriladigan obyektlarning shaharsozlik hujjatlarini;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar (texnik reglamentlar yoki standartlar, ekologik normativlar, qoidalar, yo‘riqnomalar) loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonalari quyidagi obyektlar bo‘yicha:
    atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash — atrof-muhitning holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning III va IV toifalariga kiradigan loyihaoldi va loyiha hujjatlarini, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilishini va texnik qayta jihozlanishi lozim bo‘lgan ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni yoki texnologik jarayonni o‘zgartirishlarni (past darajada xavfli va mahalliy ta’sir ko‘rsatish);

aholisi soni 50 ming kishi va undan kam bo‘lgan obyektlarning (posyolkalar, turar joy dahalari) shaharsozlik hujjatlarini;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalarini;
atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning II, III toifasiga kiradigan (yuqori va past darajada xavfli) atmosferaga chiqariladigan tashlamalarning, yer usti suv oqimlari yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini oqizishning, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarining hosil bo‘lishi hamda ularni joylashtirishning ekologik normativlari loyihalarini, shuningdek, IV toifa bo‘yicha tegishli ekologik normativlarni (mahalliy ta’sir ko‘rsatish) davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi.

  1. Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari ko‘rib chiqiladigan obyektning o‘ziga xosligi va murakkabligiga qarab, davlat ekologik ekspertizasi uchun bitta yoki bir guruh malakali mutaxassislar va olimlarni, zarur bo‘lganda, xulosalari tavsiya xususiyatiga ega bo‘lgan xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida jalb etishi mumkin.

  2. Qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalarini ajratish (tanlash) materiallari loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bilan birgalikda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.

  3. Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:

“Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shartligi belgilangan obyektlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;
obyektlarni atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha taqdim etilgan materiallar, ekologik normativlar, loyihalar va boshqa hujjatlar asosida o‘rganadi, tahlil qiladi, davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazadi;davlat ekologik ekspertizasining buyurtmachisini (uning so‘rovi bo‘yicha) ekologik ekspertizaning borishi va uning natijalari to‘g‘risida ko‘rib chiqish muddati tamom bo‘lgandan keyin bir ish kuni davomida xabardor qiladi;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasini belgilangan tartibda beradi.
12. Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari:
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachilardan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, ma’lumotnomalar, axborot materiallari va boshqa materiallarni olish;davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etilgan va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normativ hujjatlari talablariga javob bermaydigan materiallarni qayta ishlashga qaytarish;ekologik ekspertizaga taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini obyektning o‘ziga borib aniqlash;qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish huquqiga ega.

  1. Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari, shuningdek, ekspertlar davlat ekologik ekspertizasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida, kompleks, xolis va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash uchun mas’uldir.
    Atrof-muhitga ta’sirni baholash bosqichlari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
    a) atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi:

mo‘ljallanayotgan faoliyatni amalga oshirish boshlangunicha atrof-muhitning holati, hududda aholining joylashganligi, yerlarni o‘zlashtirish, atrof-muhit xususiyatlarini tahlil qilish;ko‘rib chiqilayotgan obyektning geografik koordinatalari, mavjud rekreatsiya zonalari, aholi punktlari, irrigatsiya, melioratsiya obyektlari, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydonlari, elektr uzatish liniyalari, transport, suv quvuri, gaz quvuri kommunikatsiyalari va joy to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan vaziyatli reja;nazarda tutilayotgan (mo‘ljallanayotgan) asosiy va yordamchi obyektlar, foydalaniladigan texnika, texnologiya, tabiiy resurslar, materiallar, xomashyo, yonilg‘i, ularning atrof-muhitga ta’sirini tahlil qilish;kutilayotgan tashlanmalar, oqiziladigan suvlar, chiqindilar, ularning atrof-muhitga salbiy ta’siri va ularni kamaytirish usullari;
chiqindilarni omborlarga joylashtirish, saqlash va utilizatsiya qilish;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyatning muqobillari va texnologik yechimlarni fan, texnika yutuqlarini va ilg‘or tajribani hisobga olgan holda, tabiatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilish;
salbiy ekologik oqibatlarni istisno etuvchi va ekspertiza obyektining atrof-muhitga ta’sirini kamaytiruvchi tashkiliy, texnik, texnologik yechimlar va chora-tadbirlar;avariyali vaziyatlar tahlili (ehtimollilikni baholash va ularning salbiy oqibatlarining oldini olish ssenariysi);
ekspertiza obyektini realizatsiya qilish natijasida atrof-muhitning o‘zgarishi va ekologik oqibatlarni taxmin qilish;
b) atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza:
muhandislik-geologiya qidiruv ishlari, modelli va boshqa zarur tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ajratilgan maydonning ekologik muammolarini baholash;
maydonning aniqlangan muammolariga nisbatan qo‘llaniladigan texnologiyaning ekologik tahlili;
jamoatchilik fikrini eshitish natijalari;
ekspertiza obyektini realizatsiya qilish bo‘yicha salbiy oqibatlarning oldini oluvchi tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining dalillar bilan asoslangan tadqiqotlari;
v) ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi ariza:
Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizaning loyihasini ko‘rib chiqish natijalari, shuningdek, jamoatchilik fikrini eshitishda kiritilgan takliflar bo‘yicha loyiha qarorlariga tuzatish kiritish va qabul qilingan boshqa chora-tadbirlar;
ekologik ekspertiza obyektlarini ifloslantiruvchi manbalarning joylashuv sxemasi;ekspertiza obyekti faoliyatini tartibga soluvchi ekologik normativlar;
obyektdan foydalanish ishlarini tashkil qilish va bu boradagi ekologiya tadbirlarini bajarishga qo‘yiladigan talablar;
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risidagi asosiy xulosalar;
g) atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasi:
hududdan foydalanish turlari ko‘rsatilgan holda obyektni joylashtirish rejasi;
ishlab chiqarish texnologiyasining tavsifi;
kanalizatsiya mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va oqova suvlarni oqizishga nisbatan qo‘yiladigan talablar;
chiqariladigan tashlanmalar miqdori va tarkibi;
chiqindilar miqdori va ularni joylashtirish shartlari;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlari.
15. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish maqsadida materiallarni tayyorlash va ishlab chiqish uchun taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarning ishonchliligi uchun buyurtmachi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
16. Davlat ekologik ekspertizasi buyurtmachisining huquq va majburiyatlari “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
17. Atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallarini va ekologik normativlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishda ekologik audit va jamoatchilik ekologik ekspertizasi xulosalaridan foydalanish mumkin.
5-bob. Materiallarni davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etish tartibi
18. Buyurtmachi davlat ekologik ekspertizasiga:

  1. loyihalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha (loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishini baholash, shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari, maxsus rejimli obyektlar) — quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash materiallarini:

obyekt moliyalashtirilguniga qadar mo‘ljallanayotgan yoki taxmin qilinayotgan faoliyat va boshqa faoliyatni amalga oshirish bosqichida bajariladigan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash to‘g‘risidagi ariza loyihasi;
atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha qidiruv ishlari, tadqiqotlar, maxsus laboratoriya tahlillari, modelli tajribalarni amalga oshirish va dalillar bilan asoslangan tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish zarurligi aniqlangan taqdirda bajariladigan atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza. Atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza davlat ekologik ekspertizasi obyektining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangunicha taqdim etiladi. Atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi arizani ishlab chiqish zarurati atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini ko‘rib chiqish natijalari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmasi tomonidan belgilanadi;
obyekt foydalanishga qabul qilinguniga qadar bajariladigan va loyihalashtirilayotgan obyektlarning atrof-muhitga ta’sirini baholash tartib-taomillarining yakunlovchi bosqichi hisoblangan ekologik oqibatlar to‘g‘risidagi ariza;
b) faoliyat ko‘rsatayotgan obyektlar bo‘yicha (atrof tabiiy muhitning holatiga va fuqarolarning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar) — ekologik normativlar loyihalari. Obyekt rekonstruksiya va modernizatsiya qilingan, qayta tashkil etilgan, kengaytirilgan yoki joylashuvi o‘zgartirilgan taqdirda atrof-muhitga ta’sir baholanadi. Buyurtmachi qo‘shimcha ekologik audit materiallarini taqdim etish huquqiga ega;
ekologik normativlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va kelishiladi;
v) boshqa obyektlar bo‘yicha:
davlat dasturlari, konsepsiyalar, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalari;
texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
hududlarga keyinchalik muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat hamda ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida ularni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari yuzasidan ishlab chiqilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning IV toifasiga (mahalliy ta’sir ko‘rsatish) kiradigan faoliyat turlari uchun buyurtmachi atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etadi.
Davlat ekologik ekspertizasiga taqdim etiladigan materiallar buyurtmachi tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ekologik ekspertiza – ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unumli va samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro`yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda, O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi, “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunlarda, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi to`g`risidagi me'yoriy hujjatlarida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunning 3-moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o`tkaziladi:

  • mo`ljallanayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to`g`risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;

  • rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog`lig`iga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;

  • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.

Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog`lig`iga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo`jalik obyektlarining ta'sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog`liq preventiv chor-tadbirlarni amalga oshirishdaniboratdir.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda ko`zda tutilgan maqsadga erishiladi:

  • ma'lumotlar to`plash – ekspertizadan o`tayotgan muayyan ob’yektga tegishli bo`lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig`ish va to`plash;

  • umumlashtirish – ob’yekt haqidagi to`plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha ma'lum tizimga keltirish;

  • tahlil qilish – umumlashgan ma'lumotlar bankini o`z yo`nalishi va xususiyatlari bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash;

  • Baholash – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil etuvchi qismlari bo`yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash;

  • Xulosa berish – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, ob’yektiv xulosaga kelish.

Ekologik ekspertiza keng qamrovli va muhim ahamiyatga ega bo`lgan jarayen bo`lib, uni amalga oshirish yo`nalishlari, tartibi, qo`llanilayotgan usullari, berilayotgan xulosaning mohiyatiga asosan murakkab tizimni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunning 4-moddasida ekologik ekspertiza quyidagi tizimi belgilangan: “Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi”.Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat ekologiya ekspertizasi tashkil etadi.
Davlat ekologik ekspertizasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi olib boradi va quyidagi asosiy vakolatlarga ega hisoblanadi:
davlat ekologik ekspertizasini tayinlaydi va o`tkazadi;

  • ekologiya ekspertizasiga tegishli bo`lgan me'yoriy-texnik, huquqiy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • ekologik ekspertizasi komissiyasi, uning a'zolari va ekspertlar guruhini tuzadi;

  • davlat ekologiya ekspertizasi xulosalari talablarini bajarilishini nazorat qiladi va hokazo.

Ekologiya qonunchilik hujjatlarida ekspertiza o`tkazilishi shart bo`lgan ob’yektlar belgilangan bo`lib, ular jumlasiga:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;

  • barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;

  • loyiha oldi va loyiha hujjatlari;

  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq xo`jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi me'yoriy-texnik va yo`riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;

  • texnika, texnologiya, materiallar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

  • atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar hayoti va sog`lig`iga zararli va xavfli ta'sir ko`rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirayotgan barcha turdagi korxonalar;

  • shahar sozlik hujjatlarining barcha turlari;

  • maxsus huquqiy rejimli ob’yektlar va boshqa ob’yektlar.

Ushbu ob’yektlarga nisbatan davlat ekologiya ekspertizasini o`tkazish majburiy hisoblanadi va mulkchilik shakli hamda ma'muriy bo`ysunishidan qat'iy nazar hech bir ob’yektga bu borada imtiyoz berilmaydi.
Davlat ekologik ekspertizasining subyektlari bo`lib, odatda buyurtmachi, pudratchi, iste'molchi hisoblanadi. Buyurtmachi – ekspertizani tayinlash, tashkil etish huquqiga ega bo`lgan maxsus vakolatli organdir. Pudratchi – muayyan obyektni ekspertiza qiladigan tashkilot, bular qatorida ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona yoki maxsus komissiya, ekspertlar guruhi bo`lishi mumkin. Iste'molchi bo`lib, ekologiya ekspertizasi hisoblangan korxona, tashkilot, muassasa hisoblanadi.
Davlat ekologiya ekspertizasi jarayeni har bir ob’yektning hajmi va o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi, ya'ni:
tayinlash – ob’yektga nisbatan ekologik ekspertiza tayinlash va maxsus komissiya, ekspertlar guruhi tuzish;

  1. ob’yekt haqida ma'lumotlarni to`plash, umumlashtirish va baho berish bosqichi;

  2. ob’yektning ekologik qoida-talablarga mos yoki zid ekanligi haqida xulosa tayyorlash va uni tasdiqlash;

  3. obekt haqidagi xulosani bank muassasalariga yuborish;

  4. davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yuzasidan nizolarni hal qilish.

Shuni ta'kidlash kerakki, Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi muhim ahamiyatga ega bo`lib, ob’yekt haqida salbiy xulosa berilgan taqdirda, bank muassasalari ushbu ob’yektni moliyalashtirmaydi va faoliyati bekor bo`lishi mumkin.
Demak, davlat ekologik ekspertizasining ekologiya ekspertizasi tizimida alohida o`rinni egallaydi va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Ekologik ekspertizasining tizimida jamoatchilik ekspertizasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar tomonidan amalga oshirilib, rejalashtirilayetgan, amal qilayotgan turli ob’yektlar yuzasidan o`tkazilishi mumkin.
Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o`tkazilganligidan qat'iy nazar amalga oshiriladi.
Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya ahamiyatiga ega bo`ladi, davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi mumkin.Shuni ta'kidlash joizki, rivojlangan xorijiy davlatlarda jamoatchilik ekspertizasining taraqqiy etganligini, aholining keng qatlamlarining ekologik madaniyati saviyasi darajasining yuqoriligini ko`rishimiz mumkin.
Ekologiya ekspertiza tizimida ekologik audit ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ekologik audit – ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o`tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta'sir ko`rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir.
Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasidan farqli ravishda xo`jalik va ishlab chiqarish ob’yekti mulkdorining qaroriga binoan o`tkaziladi.
Ekologik ekspertiza – muhim va murakkab jarayon bo`lib, atrof tabiiy muhitni barqarorligini saqlash, tabiatdan samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy–huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir.



Download 72,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish