Og‘iz burchagini ko‘taruvchi mushak (m. levator anguli oris) ustki jag‘ suyagining oldingi yuzasidagi qoziq tish chuqurchasidan boshlanib, lab burchagi terisiga birikadi.
Faoliyati: og‘iz burchagini yuqoriga va lateral tomonga tortadi.
Kulgu mushagi (m. risorius) chaynov fassiyasidan boshlanib, og‘iz burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og‘iz burchagini lateral tomonga tortadi.
1. Quloq suprasi mushaklari. Bu guruh mushaklar odamda kam rivojlangan. Quloq suprasini oldingi, ustki va orqa mushakla- ri tafovut qilinib, ular quloq suprasini old, yuqori va past tomo- nidan birikadi.
Faoliyati: Quloq suprasini o‘z tomoniga tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |