Tananing orqa tomonidagi mushaklari va fassiyalari Ko‘krak mushaklari va fassiyalari


-rasm. Bo‘yin uchburchaklari chizmasi



Download 283,77 Kb.
bet37/44
Sana13.02.2022
Hajmi283,77 Kb.
#446563
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
Muskullar

89-rasm. Bo‘yin uchburchaklari chizmasi:
1—pastki jag‘ osti uchburchagi; 3—uyqu
uchburchagi; 2-kurak-kekirdak uchburchagi;
4— kurak-o‘mrov uchburchagi;
5—kurak-trapetsiyasimon uchburchagi.
Pastki kurak-o‘mrov uchburchagi old tomondan to‘sh-o‘mrov- so‘rg‘ichsimon mushak, yuqoridan kurak-til osti mushagi, pastdan

2. Kurak-kekirdak uchburchagi orqa va past tomondan to‘sh- o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, orqa va ust tomondan kurak-til osti mushagining yuqori qorinchasi, old tomondan kekirdak bi­lan chegaralangan.

  1. Pastki jag‘ osti uchburchagi yuqoridan pastki jag‘, pastdan ikki qorinchali mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan chegaralangan. Bu sohada jag‘ osti bezi, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyat- ga ega bo‘lgan til (Pirogov) uchburchagi tafovut qilinadi. U old tomondan pastki jag‘-til osti suyagi mushagining orqa chekkasi, past va orqa tomondan ikki qorinchali mushakning orqa qorin- chasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo‘lib, unda til arteriyasi yotadi.

Bo‘yinning yon tomonida narvonsimon mushaklar orasida ham uchburchak shaklidagi oraliqlar bo‘lib, bulardan qon tomir va nervlar o‘tadi.
1. Narvonsimonaro oraliq oldingi va o‘rta narvonsimon mu- shak o‘rtasida, pastdan I qovurg‘a bilan chegaralangan. Undan o‘mrov osti arteriyasi va yelka chigali poyalari o‘tadi.
2. Narvonsimon oldi oraliq oldindan to‘sh-qalqonsimon va to‘sh-til osti mushaklari, orqadan oldingi narvonsimon mushak bilan chegaralangan. Bu oraliqdan o‘mrov osti venasi va kurak osti arteriyasi o‘tadi.
Bosh mushaklari va fassiyalari
Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo‘linadi. Mimika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o‘zi- ning kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi (90- rasm). Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar bilan qoplanmay- di, suyaklardan boshlanib, teriga birikadi. Shuning uchun ular- ning qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifo- dalaydi. Mimika mushaklari ko‘proq tabiiy teshiklar atrofida joy- lashgan bo‘lib, tolalari aylanma yoki radial yo‘nalishga ega. Joy- lashgan joyiga qarab mimika mushaklari kalla gumbazi mushak- lari; ko‘z yorig‘ini o‘ragan mushaklar; burun teshigini o‘ragan mushaklar; og‘iz yorig‘ini o‘ragan mushaklar va quloq suprasini o‘ragan mushaklarga bo‘linadi.

90-rasm. Bosh va bo‘yin mushaklari. O‘ng tomondan ko‘rinishi: 1—kallaning pay qalpog‘i; 2-ensa-peshona mushagining peshona qorinchasi;

  1. ustki labni ko‘taruvchi mushak;

  2. kichik yonoq mushagi; 5—katta yonoq mushagi; 6—pastki labni

pastga tortuvchi mushak; 7—kulgu mushagi; 8—og‘iz burchagini pastga tortuvchi mushak; 9—bo‘yinning teri osti mushagi; 10—ko‘zning aylanma mushagi; 11—quloq suprasining orqa mushagi;

  1. ensa-peshona mushagining ensa qorinchasi; 13—quloq suprasining ustki mushagi.

Kalla gumbazi ust tomondan kalla usti mushagi (m. epicra- nius) bilan qoplangan. U peshona qorinchasi, ensa qorinchasi va ularni o‘zaro qo‘shib turgan kallaning pay qalpog‘idan iborat. Bu mushakning ensa qorinchasi ensaning yuqori bo‘yin chizig‘ining lateral 2/3 qismidan boshlanib, kallaning pay qalpog‘iga o‘tib ke- tadi. Uning peshona qorinchasi kallaning pay qalpog‘idan bosh- lanib, qosh sohasi terisiga birikadi. Kallaning pay qalpog‘i yassi fibroz qatlamdan iborat bo‘lib, kalla qopqog‘ining katta qismini qoplaydi. U bilan kalla qopqog‘ini qoplagan suyak parda o‘rtasida yumshoq biriktiruvchi to‘qima qatlami joylashgan. Shuning uchun ensa-peshona mushagi qisqarganida bosh terisi kallaning pay qal- pog‘i bilan birga kalla gumbazi ustida erkin harakat qiladi.
Faoliyati: ensa qorinchasi bosh terisini orqaga tortadi, pesho- na qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga ko‘tarib, peshonada ko‘ndalang burmalar hosil qilib, qoshni yuqoriga ko‘taradi.

Download 283,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish