Qoshlarni chimiruvchi mushak (m. corrugator supercilli) qosh usti ravog‘ining medial chetidan boshlanib, yuqori va lateral to- monga yo‘naladi va o‘z tomonidagi qosh terisiga birikadi.
Faoliyati: qoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, qoshlar o‘rtasida vertikal burmalar hosil qiladi.
Burun teshigini o‘ragan mushaklar.
Burun mushagi (m. nasalis) ustki jag‘ suyagining qoziq va lateral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanadi. Yuqoriga ko‘tari- lib, burun qanotini aylanib o‘tib, qarama-qarshi tomondagi mu- shak payiga va burun qanoti terisiga birikadi.
Faoliyati: burun teshigini toraytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |