Burun to‘sig‘ini pastga tortuvchi mushak (m. depressor septi nasi) ustki jag‘ suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan boshlanib, burun to‘sig‘i tog‘ayiga birikadi.
Faoliyati: burun to‘sig‘ini pastga tortadi.
Og‘iz tirqishini o‘ragan mushaklar.
Og‘izning aylanma mushagi (m. orbicularis oris) ustki va past- ki lablar asosini hosil qilib, tolalari yo‘nalishi turlicha bo‘lgan ikki qismdan iborat. Labga tegishli qismi ustki va pastki lablar ichida joylashib, tolalari og‘iz burchaklari sohasida o‘zaro birika- di. Chetdagi qismi ustki va pastki lablarga keluvchi og‘iz tirqishi yaqinida joylashgan mimika mushaklari tolalaridan iborat.
Faoliyati: og‘iz tirqishini yumadi, so‘rish va chaynash jarayon- larida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |