Yonbosh-qovurg‘a mushagi (m. iliocostalis) qismlarining joyla- shish sohasiga qarab uchga bo‘linadi. Belning yonbosh-qovurg‘a mushagi pastki oltita qovurg‘aning burchagiga birikadi. Ko‘krak- ning yonbosh-qovurg‘a mushagi pastki oltita qovurg‘aning oldingi mushak birikkan joyidan ichkariroqda boshlanib, yuqoridagi olti- ta qovurg‘aning burchagiga va VII bo‘yin umurtqasining ko‘nda- lang o‘siqchasining orqa yuzasiga birikadi. Bo‘yinning yonbosh- qovurg‘a mushagi III—VI qovurg‘a burchagining oldingi mushak birikkan joyidan ichkarida boshlanib, IV—VI bo‘yin umurtqasi- ning ko‘ndalang o‘siqchasini orqa do‘mboqchasiga birikadi.
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini yozadi, qovurg‘alarni pastga tushiradi. Bir tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasini o‘sha to- monga bukadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |