Eng uzun mushak (m. longissimus) umurtqa pog‘onasini tiklay- digan mushakning o‘rta qismini tashkil qilib, uch qismga bo‘lina- di: ko‘krakning eng uzun mushagi pastki to‘qqizta qovurg‘aning burchagi va do‘mboqchasi oralig‘iga, barcha ko‘krak umurtqa- larining ko‘ndalang o‘siqchasi uchiga birikadi. Bo‘yinning eng uzun mushagi beshta yuqorigi ko‘krak umurtqalarining ko‘nda- lang o‘siqchasi uchidan boshlanib, VI—II bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘siqchasi orqa do‘mboqchasiga birikadi. Boshning eng uzun mushagi I—III ko‘krak va III—VII bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘siqchasidan boshlanib, chakka suyagi so‘rg‘ichsimon o‘simtasining orqa yuzasiga birikadi.
Faoliyati: umurtqa pog‘onasini yozadi, yon tomonga bukadi. Bosh qismi boshni orqaga tortib, yuzni o‘z tomoniga buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |