1. Boshning tasmasimon mushagi (m. splenius capitis) ensa boylamining pastki qismi, VII bo‘yin va yuqorigi 3—4 ta ko‘krak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoriga lateral yo‘nalib, ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i lateral qismiga va so‘rg‘ichsimon o‘simtaga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, bosh va bo‘yinni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o‘z tomoniga tortadi.
Bo‘yinning tasmasimon mushagi (m. splenius cernicis) III—V ko‘krak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan boshlanib, 2—3 ta yuqorigi bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq- chasining orqa do‘mboqchasiga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasining bo‘- yin qismini orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, o‘z tomoniga buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |