Kichik ko‘krak mushagi (m.pec- toralis minor) uchburchak shaklidagi yassi mushak. Katta ko‘krak mushagi- ning orqasida yotadi, II—V qovurg‘alar- ning oldingi uchiga yaqin joydan bosh- lanadi. Yuqoriga va lateral yo‘nalib, qis- qa pay bilan kurakning tumshuqsimon o‘simtasiga birikadi.
Faoliyati: kurakni oldinga va pastga tortadi, agar qo‘l qimirlamay tursa, qo- vurg‘alarni ko‘tarib, nafas olishda ish- tirok etadi.
O‘mrov osti mushagi (m. subcla- vius) I qovurg‘a tog‘ayidan boshlanadi va lateral yo‘nalib, o‘mrov suyagining akromion uchi pastki yuzasiga birikadi. Bu mushak o‘mrov suyagi bilan I qo- vurg‘a oralig‘ida joylashadi.
Faoliyati: o‘mrov suyagini pastga va ichki tarafga tortadi, to‘sh-o‘mrov bo‘g‘i- mini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |