4. Oldingi tishchali mushak (m. serratus anterior) keng to‘rtburchak shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasini yon tomonida yota- di. U 8—9 ta tishcha bilan yuqorigi qovurg‘alardan boshlanadi va kurakning ichki chekkasiga hamda ostki burchagiga birikadi.
Faoliyati: kurakning ostki burchagini oldinga va lateral to- monga tortib, kurakning lateral burchagini yuqoriga hamda ichki tomonga yo‘naltirib, qo‘lni gorizontal holatdan yuqoriga ko‘ta- radi. Kurak qimirlamay turganida qovurg‘alarni ko‘tarib ko‘krak qafasini kengaytiradi va nafas olishda ishtirok etadi.
Ko‘krak qafasining xususiy (autoxton) mushaklariga tashqi va ichki qovurg‘alararo, qovurg‘alar ostidagi va ko‘krakning ko‘nda- lang mushaklari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |