86-rasm. Qorin to‘g‘ri mushagi qinining hosil bo‘lishi chizmasi: A—kindikdan yuqorida. B—kindikdan pastda.
1—qorinning tashqi qiyshiq mushagi; 2—qorinning ichki qiyshiq mushagi; 3—qorinning to‘g‘ri mushagi; 4—qorinning ko‘ndalang fassiyasi; 5—qorinning ko‘ndalang mushagi.
ning barcha serbar mushaklarining aponevrozlari to‘g‘ri mushak- ning old tomonidan o‘tib, qinning oldingi devorini hosil qiladi. Qorin to‘g‘ri mushagini orqa tomonidan bu sohada faqat ko‘nda- lang fassiya qoplaydi.
Qorinning oq chizig‘i (linea alba) qorin serbar mushaklari aponevrozlari tolalarining birlashishidan hosil bo‘ladi. U xanjar- simon o‘simtadan qov simfiziga tortilgan fibroz plastinkadan ibo- rat bo‘lib, yuqori qismining kengligi 2,5 sm bo‘ladi. Kindikdan pastga tomon u torayib, qalinlashib boradi. U pishiq bo‘lib, qon tomirlari kam bo‘lgani uchun jarrohlik aralashuvlarida katta ahamiyatga ega.
Chov kanali
Chov kanali (canalis inguinalis) chov boylamining medial yarmi ustida, qorin serbar mushaklarining orasida qiya joylash- gan tirqish bo‘lib, undan erkaklarda urug‘ tizimchasi, ayollarda bachadonning yumaloq boylami o‘tadi. Chov kanalining uzun- ligi 4—5 sm bo‘ladi. Uning chuqur va yuza halqachalari tafovut qilinadi. Yuza chov halqachasi qov suyagining ustida joylashgan bo‘lib, uni yuqori tomondan chov boylamining medial oyoqcha- si, pastdan lateral oyoqchasi chegaralaydi. Yuza chov halqachani lateral tomondan medial va lateral oyoqchalar o‘rtasida tortilgan oyoqchalar orasidagi tolalar va medial tomondan lateral oyoq- chaning tolalaridan hosil bo‘lgan bukilgan boylam chegaralaydi.
Chuqur chov halqachasi qorin bo‘shlig‘i tomonidan ko‘nda- lang fassiyadagi lateral chov chuqurchasi sohasida joylashgan vo- ronkasimon botiqlikdan iborat. Chov kanalidan o‘tayotgan a'zo- larga nisbatan uning to‘rtta devori tafovut qilinadi. Chov kanali- ning oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq mushagining aponev- rozi, orqa devorini ko‘ndalang fassiya, ustki devorini qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklarining pastki chekkalari, pastki devorini chov boylami hosil qiladi.
Bo‘yin mushaklari va fassiyalari
Bo‘yin mushaklari kelib chiqishi va faoliyati turli xil bo‘lga- ni uchun murakkab tuzilishga va topografiyaga ega. Topogra- fiya nuqtayi nazaridan bo‘yin mushaklari uch guruhga: yuza qa-
vat, o‘rta guruh va chuqur qavat mushaklariga bo‘linadi (87-, 88- rasm). Bo‘yining yuza mushaklariga bo‘yinning teri osti mushagi va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak kiradi.
1. Bo‘yinning teri osti mushagi (m. platysma) yupqa, yassi mushak bo‘lib, bevosita bo‘yin terisi ostida yotadi. Bu mushak ko‘krak fassiyasining yuza qatlamidan boshlanadi. Yuqoriga va medial tomonga yo‘nalib, pastki jag‘ qirg‘og‘iga birikadi.
Faoliyati: bo‘yin terisini taranglab, yuza venalardan qon oqishini yaxshilaydi, og‘iz burchagini pastga tortadi.
2.To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimonmushak(m.sternocleidomastoi- deus 87-rasm) teri osti mushagining ostida yotadi. To‘sh suya- gi dastasining oldingi yuzasi va o‘mrov suyagining to‘sh uchidan ikki qism bo‘lib boshlanadi. Yuqoriga va orqa tomonga yo‘na- lib, chakka suyagining so‘rg‘ichsimon o‘simtasiga va yuqorigi en- sa chizig‘ining lateral qismiga birikadi. Faoliyati: bir tomonlama qisqarsa, boshni o‘sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi to- monga buradi. Ikki tomonlama qisqarsa, boshni orqaga tortadi.
O‘rta guruh mushaklariga til osti suyagiga birikuvchi mu- shaklar kiradi (88-rasm). Til osti suyagiga birikuvchi mushaklar,
Do'stlaringiz bilan baham: |