Past tomondan ko‘rinishi:
1—pastki kavak vena o‘tadigan teshik;
2—aorta o‘tadigan teshik; 3—diafragmaning
bel qismi; 4-bel-qovurg‘a uchburchagi;
5—qizilo‘ngach o‘tadigan teshik;
6, 9—payli markaz; 7—diafragmaning to‘sh
qismi; 8-to‘sh-qovurg‘a uchburchagi;
10—diafragmaning qovurg‘a qismi.
Diafragmaning to‘sh qismi to‘sh suyagining orqa yuzasidan boshlanadi. To‘sh va qovurg‘a qismlari o‘rtasida ham mushak tolalari bo‘lmagan to‘sh-qovurg‘a uchburchagi bor. Uni ham yuqori tomondan plevra, pastdan esa qorinparda va fassiyalar qoplagan bo‘lib, unda diafragma churrasi hosil bo‘lishi mum- kin. Diafragmaning pay markazida pastki kavak vena o‘tadigan teshik bor.
Faoliyat jihatidan diafragma asosiy nafas mushagi hisoblanadi. U qisqarganida gumbazi yassilanib ko‘krak qafasi kengayadi va na- fas olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |