3. Pastki jag‘-til osti suyagi mushagi (m. mylohyoideus) keng, yassi mushak. Pastki jag‘ suyagining ichki yuzasidagi jag‘-til os- ti chizig‘idan boshlanadi. O‘ng va chap mushaklarning oldingi uchdan ikki qismi tolalari ko‘ndalang yo‘naladi va o‘rta chiziqda o‘zaro birikib, pay chokini hosil qiladi. Orqa uchdan bir qismi to- lalari yuqoridan pastga yo‘nalib, til osti suyagi tanasining oldingi yuzasiga birikadi. Pastki jag‘ va til osti suyagi o‘rtasida joylashgan bu mushak og‘iz diafragmasini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |