Takabburlik mushagi burun suyagining tashqi yuzasidan bosh- lanib, yuqoriga yo‘naladi va peshona terisiga birikadi.
Faoliyati: ikki qosh o‘rtasida ko‘ndalang egat va burmalar ho- sil qiladi.
Ko‘z yorig‘ini o‘ragan mushaklarga:
Ko‘zning aylanma mushagi (m. orbicularis oculi) yassi mu- shak. U qovoqlarning tashqi yuzasini va ko‘z kosasining chekka- sini egallaydi. Bu mushak qovoqlarning medial boylami va ko‘z 168
kosasining medial devoridan, peshona suyagining burun qismi va ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘idan, ko‘z yoshi suyagi qirra- sidan va lateral yuzasidan boshlanadi. Mushak ko‘z yorig‘ining lateral chetiga, yuqori va pastki qovoqlarning birlashgan yeriga birikadi. Faoliyati: ko‘z tirqishini yopadi. Ko‘z yoshi xaltachasini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |