1. Ikki qorinchali mushak (m. digastricus) o‘zaro oraliq pay bilan birikkan oldingi va orqa qorinchalardan iborat. Orqa qorin- cha chakka suyagining so‘rg‘ichsimon osimta kemtigidan boshla- nadi, oldinga va pastga yo‘nalib, oraliq pay vositasida til osti suya- gi tanasi va katta shoxiga birikadi. Oraliq pay oldingi qorinchaga davom etib, oldinga va yuqoriga yo‘naladi va pastki jag‘ suyagi- ning ikki qorinchali mushak chuqurchasiga birikadi.
2. Bigizsimon-til osti suyagi mushagi (m. stylohyoideus) chak- ka suyagi bigizsimon o‘siqchasidan boshlanadi. Pastga va oldinga yo‘nalib til osti suyagi tanasiga birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |