9
1.2.Paskal arifmometri.
Kompyuter tarixi haqida gap ketganda insoniyatning yana bir ixtirosi –
soatlarni ham eslab o’tish lozim. Quyosh, qum va mexanik
soatlarning barchasi
o’tgan vaqtni sanash uchun ishlatiladi Shu bilan birga ularning ishlash tamoyili
zamonaviy kompyuterlarda keng qo’llaniladi. Bu kompyuter ham mexanik soat
kabi bir holatdan ikkinchi holatga faqat ma’lum vaqtdan keyin o’tishidir. Soatlar
keyingi holatiga bir sekunddan keyin o’tsa, kompyuterning mikroprosessoridagi
tranzistorlarning barchasi keyingi holatga sekundiga kompyuterning takt chastotasi
deb ataluvchi son marta o’tadilar. Kompyuterda bunday o’tishlar
soni sekundiga
bir necha milliard bo’lishi mumkin. Eng muhimi kompyuterdagi barcha elektron
qurilmalar yangi holatga bir vaqtda o’tishlaridir.
Boshqacha aytganda, zamonaviy kompyuterlarning barchasi ichki soatga
egadir. Bu soat zamonaviy kompyuterdagi barcha qurilmalarni xuddi harbiy
paraddagi minglab askarlar kabi hamjihat ishlashlarini ta’minlaydi.
Mexanik soatlarning yana bir jihatini alohida ta’kidlash lozim.
Bu ularning
ma’lum vaqtlarda bong ura olishidir, ya’ni ularni dasturlash mumkin edi. Ikkinchi
tomondan ular chaladigan bongning o’zini ham dasturlash mumkin edi. Masalan,
soat uchda uch marta bong urilsa, o’n ikkida o’n ikki marta bong urilar edi.
Bunday dasturlashning muhim jihati dasturlar qurilma yaratilayotgan paytda
dasturlanar edi va keyinchalik bu dasturlarni almashtirishning deyarli iloji
bo’lmasdi. XVIII asrga kelib shu asnoda ishlaydigan mexanik qurilmalar –
musiqali sandiqchalar juda ommaviylashgan edi. Ularda bir musiqadan
ikkinchisiga o’tish uchun undagi temir likopchani almashtirish yetarli edi. Bu
likopchadagi teshiklarning joylashish tartibi va
ketma-ketligi sandiqchadan
taraladigan musiqiy ohangning qanday bo’lishini belgilab berar edi.
10
1.3. Musiqali sandiqcha va uning funksional ko`rinishi.
XIX asr boshiga kelib shu tamoyilda ishlaydigan dasturlanadigan to’quv
dastgohlari ham paydo bo’ldi. Ulardagi temir plastinkani almashtirish bilan
to’qiladigan gazlamadagi naqshni o’zgartirish mumkin edi.
Dasturlanadigan to’quv dastgohi. Oradan o’ttiz yil o’tib, ingliz matematigi
Charlz Bebbij dasturlanadigan to’quv stanoklariga o’xshash tarzda ishlaydigan
analitik hisoblash mashinasi ustida ishlay boshladi. Bebbij yanada ilgarilab ketdi.
To’quv mashinasidan farqli ravishda, qog’oz perfolenta yordamida dasturni kiritish
bilan birga ana shunday perfolentaga hisoblash natijalarini saqlay ham olar edi.
Bebbij o’zining analitik mashinasi quyidagi bloklardan iborat bo’lishini hoxlagan
edi.
• Kiritish va chiqarish qurilmalari;
• Oraliq natijalarni saqlash uchun xotira qurilmasi;
• Hisoblash qurilmasi;
• Boshqarish qurilmasi.
Bebbijning analitik
mashinasi qurib bitirilmadi, u bir uyum chizmalar
shaklida qolib ketdi. Shunga qaramay, bu mashina uchun bir qator dasturlar
yaratilgan edi. Bu ishni amalga oshirgan Ada Lavs (buyuk ingliz shoiri Bayronning
qizi) tarixga birinchi dasturchi sifatida kirgan.
Amerikalik muhandis German Xollerit tomonidan yaratilgan yana bir
qurilma – mexanik tabulyator AQShda aholini ro’yxatga
olish vaqtida keng
qo’llanilgan. Keyinchalik Xollerit mashhur IBM – International Business
Machines kompaniyasiga asos solgan. Xolleritning tabulyatori universal hisoblash
qurilmasi emas edi. U faqat perfokartaga uni teshish orqali kiritilgan ma’lumotlarni
o’qib mos sanagichdagi qiymatni bittaga oshira olar edi.
11
1.4. Xollerit tabulyatori.
Elektron hisoblash mashinalari. Elektr quvvati bilan ishlaydigan va elektron
asboblar: diod, triod lampalari va relelar yordamida ishlaydigan hisoblash
mashinalari hisoblash ishlarini avtomatlashtirishda tub o’zgarishlar yasadilar.
Avvalgi mexanik qurilmalardan farqli ravishda bu mashinalarning deyarli barchasi
ikkilik sanoq sistemasida ishlar edi. Bunday mashinalarning nazariy asoslarini XX
asrning 40-yillarida taniqli amerikalik matematik Jon fon Neyman ishlab chiqqan
edi. Oradan 70 yil vaqt o’tgan bo’lsa-da va zamonaviy kompyuterlar birinchi
elektron hisoblash mashinalaridan butkul farq qilsa ham,
lekin ular ham fon
Neyman tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida ishlaydilar.
Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: