ayirboshlash kursi — bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan
tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs
709
Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga
keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori
ishtirokchisi bo‘lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga
tegishli
bo‘lgan
xorijiy
valyutalarning
harakat
jarayonini
tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir.
1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi va mazkur o‘zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon
valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi
o‘zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko‘p
jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular
tomonidan butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini
vujudga
keltirish
hamda
barcha
resurslardan
samarali
foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi.
Shuningdek,
xalqaro
moliya
munosabatlari
rivojlanishida
moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko‘p sonli xorijiy filiallarga ega
bo‘lgan transmilliy banklar muhim rol o‘ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o‘zgarishi
bilan bog‘liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib
bordi. Uning oxirgi yo‘nalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi
(mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi
ham bo‘ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga
jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini
rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to‘lov
balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish
uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda
yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va
korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
Ushbu
davrda
neft
import
qiluvchi
rivojlangan
va
rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balanslari jami taqchilligining
qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi.
Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o‘sishi
hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga
sodir bo‘ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy
kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi
xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat
natijasida Yaponiya ienasi yevrovalyuta bozorida keng qo‘llanila
boshlandi.
710
1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator
omillar ta’sir ko‘rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va
likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft
inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin
o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport
qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import
qiluvchilarda esa, jumladan ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda
joriy hisoblar bo‘yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan
retsipient-mamlakatlarga
xalqaro
banklar,
evroobligatsiyalar
bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar
ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy
jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar
jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o‘zgarishlar,
valyuta tizimi tamoyillarining o‘zgarishi, qarzdorlik inqirozlari,
mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning
tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga
kelishi,
transmilliy
korporatsiya
va
banklar
faoliyatining
kengayishi, jahonda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni
kiritish mumkin.
26.2.1-rasm. Xalqaro moliyaning tuzilmasi
Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon
moliyaviy muhitida birlashadi.
Jahon valyuta tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |