26.3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya
munosabatlarining roli va ahamiyati
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni xalqaro moliya
munosabatlarining rivojlanish evolyutsiyasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligining shakllanishi
jarayonida alohida o‘rin tutadi.
Xalqaro moliya munosabatlari asta-sekin jahon xo‘jaligining
tarkibiy elementiga aylana bordi. Hozirgi vaqtda xalqaro moliya
munosabatlarini
jahon
xo‘jaligining
rivojlanishi
natijasida
shakllangan mustaqil iqtisodiy tizim sifatida baholash mumkin.
Jahon
xo‘jaligi
–
bozor
iqtisodiyotining
obyektiv
qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi xalqaro moliya munosabatlari orqali
o‘zaro bog‘liq milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi global
iqtisodiy tizimdir.
Jahon xo‘jaligining barqaror rivojlanishida alohida olingan
milliy iqtisodiyotlar holati muhim o‘rin tutadi. Chunki, milliy
iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishida uning tashqi dunyo bilan
aloqalari holati, mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi
ishtiroki muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning xalqaro moliya
munosabatlaridagi ishtirokining kuchayishida xalqaro moliya
munosabatlarini amalga oshirish mexanizmlarini samarali tarzda
tashkil etish bilan uzviy bog‘liqdir.
Ta’kidlash joizki, xalqaro moliya munosabatlarining predmeti
ikkita muhim tarkibiy qismni o‘ziga qamrab oladi, ya’ni xalqaro
moliyaviy munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmi.
Ma’lumki, mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro moliya munosabatlari
muayyan mexanizm orqali amalga oshiriladi, bunda xalqaro
tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yoriy normalar, davlatlararo
darajadagi shartnoma va bitimlar, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro
qabul qilingan kelishuvlarga amal qilinadi.
Xalqaro
moliya
munosabatlari
mexanizmiga
huquqiy
normalar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar,
kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventiya) xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarni amalga
oshirishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro moliya tashkilotlari kiradi.
Xalqaro moliya munosabatlari jahon xo‘jaligi tizimida tez-tez
takrorlanib turuvchi turli xil darajadagi kompleks, alohida olingan
713
bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va subyektlari,
alohida tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro
moliya
munosabatlari
tuzilmaviy
jihatdan
quyidagilarni o‘rganishni taqozo etadi:
– xalqaro valyuta munosabatlari;
– xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar;
– xalqaro savdo munosabatlari;
– investitsiyalar va kapitalning xalqaro harakati;
– mamlakatlar to‘lov balanslarini boshqarish;
– xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
– xalqaro moliya tashkilotlari faoliyati va boshq.
Xalqaro moliya munosabatlarining obyektiv asosini xalqaro
mehnat taqsimoti va jahon xo‘jaligi hamda undagi iqtisodiy
aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi milliy
iqtisodiyotlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan global iqtisodiy tizim
bo‘lib, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga, xalqaro mehnat
taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga
muvofiq tarzda o‘zgarib boradi.
Xalqaro
moliya
munosabatlari
rivojlanishining
milliy
iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon
bo‘ladi:
• Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi
o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
– mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb
etish;
– ishchi
kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va
xizmatlarning global bozorlarini barpo etish;
– jahon xo‘jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish;
– xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning
qoidalarini universallashtirish;
– yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab
chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish.
• Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil
topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga
asoslangan
holda
iqtisodiy
jihatdan
birlashish
jarayoni
hisoblanadi.
• Xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar. Milliy
iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan moliya institutlarining jahon
moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi.
• Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu
holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o‘rin
736
ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida
muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda
mamlakatimizda
keskin
raqobatlashuv
sharoitida
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda
xaridorgir bo‘lishi va mustahkam o‘rin egallashi uchun bir qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o‘rnini qoplash va
eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash
dasturi amalga oshirilmokda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud
resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to‘liq va
samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport
hajmining barqaror o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni
yaratishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun
xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo‘nalishlarga keng jalb qilish, ularga
kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib
olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda
qo‘yidagilarni ustuvor yo‘nalishlar sifatida keltirish mumkin:
– Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada
mustahkamlash,
eksportga
yo‘naltirilgan
iqtisodiyotni
shakllantirish;
– eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga
kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash
negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni
rivojlantirish
zarur.
Eksportni
kengaytirishga
qaratilgan
strategiyani faol qo‘llash bilan bir qatorda importning salmog‘ini
qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o‘tkazish, o‘zimiz
ishlab chiqarishimiz mumkin bo‘lgan tovarlar va maxsulotlarning
chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab
qilinadi;
– tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik
ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita
aloqalar o‘rnatishda, o‘z maxsulotini chet ellarda sotishda ko‘proq
erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha
imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat
o‘tkazish;
721
Do'stlaringiz bilan baham: |