714
egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni
sotish jarayonida vujudga keladi.
• Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining
ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish
jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta
mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar
faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning
kengaytirilishi orqali yuzaga keldi.
• Mamlakatlarda
tashqi
iqtisodiy
faoliyatning
erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo
uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya
munosabatlarining
ishtirokchilari
uchun
muayyan
shart-
sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning
pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan
qulay
investitsiya
muhitining
yaratilishi
hamda
valyuta
cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi
muhim o‘rin tutadi.
• Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy
bazasini qabul etilishi.
• Mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro
jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi.
Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya
munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko‘rsatkichlar
bilan tavsiflash mumkin:
– eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga
nisbatan foizda hisoblanadi;
– import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga
nisbatan foizda hisoblanadi;
– tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo
aylanmasi hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
Mazkur ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning
xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlar xalqaro moliya
munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab
berdi:
– xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama
munosabatlardan ko‘p tomonlama munosabatlarga o‘tish;
– jahon
xo‘jaligida
xalqaro
mehnat
taqsimotining
chuqurlashuvi;
711
Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar
moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir
ko‘rsatadi hamda jahon moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi.
Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining
birxillashuvi;
– valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta
cheklovlarini tartibga solish;
– xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish;
– kredit, sug‘urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro
qoidalarini birxillashtirish;
– mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat
qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish.
Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida
quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar
hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy
korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar.
Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik
yurituvchi subyektlari o‘rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar
xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasida, davlat va
korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida yuzaga kelishi
mumkin.
Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy
subyekt hisoblanadi.
Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solish organlari bo‘lib, ularga monopol tarzda banknotalar
chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish,
valyuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan.
Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil
etilgan bo‘lib, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarga ega bo‘lgan
holda jahon xo‘jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga
yordamlashish vazifalarini bajaradi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon
iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va
moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo
kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar.
Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar
va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o‘ynaydi.