Valyutaviy cheklanmalar – valyuta, oltin va boshqa valyutaviy
boyliklar bilan operatsiyalarning cheklanishiga yo‘naltirilgan, qonuniy yoki
ma’muriy tartibda o‘rnatilgan tadbirlar va me’yoriy qoidalar majmui. Joriy
to‘lov balansi operatsiyalari bo‘yicha ularerkin konvertatsiya qilinadigan
valyutalarga (AQSh dollari, Yevropa ittifoqi evrosi, ingliz funtsterlingi,
Shveytsariya franki va boshqalarga) nisbatan qo‘llanilmaydi.
737
– xorijiy
investitsiyalar
jalb
qilish
orqali
amalga
oshirilayotgan
sanoat
loyihalarning
bir-biriga
bog‘liqligini
ta’minlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish
hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o‘rnini
bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulot ishlab
chiqarish va etishtirishga erishish;
– olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya
siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy hududlarda balki
chekka tumanlarda ham yirik sanoat obyektlarini qurishni keng
yo‘lga qo‘yish;
– tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini
ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta
firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga
mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini
vujudga keltirish;.
– xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi,
hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar
tayyorlashni tashkil qilish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo‘nalishlarini izchil
tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini
oshirish
mamlakatimiz
iqtisodiyotining
jahon
iqtisodiy
hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga imkon beradi.
O‘zbekiston
Respublikasining
eksport
salohiyatini
rivojlantirish
buyicha
yaqin
kelajakka
mo‘ljallangan
strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, eksportni rag‘batlantirish uchun avvalo, barqaror
makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz
darajasida ushlab turish, valyuta almashtirish kurslarining keskin
tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulk shaklidan
qat’iy nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish
uchun bir xil imkoniyatga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
uchinchidan, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta
tayyorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish;
to‘rtinchidan, eksport salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida
ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish
ko‘lamini kengaytirish;
738
beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil
etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach erkin ochiq bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish uchun
zarur bo‘lgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy
asoslarni barpo etish yillari sifatida munosib tarixiy voqelikka
aylandi. Shuningdek, mamlakatimizda barqaror bank tizimi
yaratilishi bilan xalqaro moliyaviy munosabatlar ko‘lami yanada
kengayib bordi, bu holat o‘z navbatida xalqaro moliya institutlari
va
tijorat
banklari
o‘rtasida
o‘zaro
hamkorlik
aloqalari
rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Hozirgi kunda
mamlakatimiz tijorat banklari hamda xalqaro moliya institutlari
o‘rtasida bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda, bu esa
respublikamiz iqtisodiyotini taraqqiy etishida mustahkam rol
o‘ynamoqda.
Bugungi kunda xalqaro moliyaviy institutlarning amaliy
aloqalariga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, ulardan Xalqaro
Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa Tiklanish va
Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi yirik
moliyaviy tashkilotlar bilan juda izchil va faol ishlar olib
borilmoqda. Mazkur tashkilotlar biz tanlagan yo‘l va amalga
oshirilayotgan islohotlarning to‘g‘ri ekanligiga qat’iy ishonch hosil
qilganliklari uchun ham yaqin hamkorlik aloqalarini olib
bormoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-
iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi
(XVF)ga a’zolik to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston
Respublikasi 1992-yil 21-sentyabrda XVFga a’zo bo‘lib kirdi
hamda Vazirlar Mahkamasining 93-F raqamli 1993-yil 27-
martdagi Farmoyishiga muvofiq respublikaning XVF imzo
kvotasiga to‘lov amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki xalqaro
moliya tashkilotlarining aloqa agentligi va avuarlar depozitariysi
hisoblanadi
va
O‘zbekiston
Respublikasining
mazkur
muassasalarga a’zoligi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshirish vakolatiga ega.
751
oshirishga (yuqori byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno);
v) o‘z byudjetlari xarajatlariga tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan
ortiqcha mablag‘ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno); g) byudjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga
moliyaviy kafolatlar ka kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga
byudjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |