Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

26.7. O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga 

 integratsiyalashuvi 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  keyin, 

o‘zining  mustaqil  tashqi  siyosatini,  shu  jumladan,  tashqi  iqtisodiy 

siyosatini  yurita  boshladi.  Mamlakatimiz  tashqi  iqtisodiy  siyosati 

eng  avvalo,  milliy  iqtisodiy  manfaatlarni  himoya  qilgan  holda 

xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qaratilgan.  

Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini 

shakllantirish  va  rivojlantirish,  iqtisodiyot  tarmoqlarining  barqaror 

o‘sishini  ta’minlash,  yuqori  sifatli  va  raqobatbardosh  mahsulotlar 

ishlab  chiqargan  holda  jahon  bozorlarida  mustahkam  o‘rin 

egallash,  pirovardida  aholi  turmush  darajasini  yuksaltirishga 

qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga 

erishishda  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yanada  takomillashtirishga 

alohida e’tibor berilmoqda.  

Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  deganda  O‘zbekiston  Respublikasi 

davlat  idoralarining,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarining  xorijiy 

davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar 

bilan  o‘zaro  foydali  hamkorlik  o‘rnatishga,  bunday  hamkorlikni 

rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

tashqi 


iqtisodiy 

faoliyatning 

subyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga: 

–  tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini 

belgilash; 

–  tashqi  iqtisodiy  siyosatni,  shu  jumladan  valyuta-kredit 

siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish,  O‘zbekiston 

Respublikasi valyuta fondini shakllantirish va undan foydalanish; 

–  tashqi  iqtisodiy  iqtisodiy  faoliyat  sohasida  xalqaro 

shartnomalar tuzish va ularni ijro etish; 




 

730 


keskin  choralar  qo‘llash  imkoniyatlarining  pasayishidan  kelib 

chiqadi.  Shundan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  hamma 

mamlakatlarda  ham  import  o‘rnini  bosuvchi  tovarlar  ishlab 

chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. 

Devalvatsiya  importni  cheklashi  bilan,  mamlakat  ichida 

tovarlar  ishlab  chiqarish  xarajatlari  ortishiga,  narxlarning 

ko‘tarilishiga  va  oqibatda,  tashqi  bozorlarda  raqobatbardoshlik 

qobiliyatining  yo‘qolishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun,  bu  tadbir 

mamlakatga  vaqtinchalik  ustuvorlik  berishi  mumkin,  ammo  u 

to‘lov  balansining  defitsitini  keltirib  chiqaruvchi  sabablarni  to‘liq 

bartaraf  etishga  qodir  emas.  Kutilgan  natijani  olish  uchun, 

devalvatsiya  yetarli darajada  bo‘lishi  zarur.  Aks  holda,  u  valyuta 

spekulyatsiyasini  kuchaytiradi  va  valyuta  kursini  qaytadan  ko‘rib 

chiqishga  majbur  qiladi.  Masalan, 1967 yil  noyabr  oyida  funt 

sterlingni  13,4  foizga  devalvatsiyasi  va  1971  yil  dollarning  7,89 

foizga 


devalvatsiya 

qilinishi, 

ushbu 

valyutalarga 



bo‘lgan 

spekulyativ  tazyiqni  yo‘q  qila  olmadi.  Devalvatsiyani  amalga 

oshirgan  mamlakat,  raqobatda  o‘zi  kutgan  ustuvorlikka  ega  bo‘la 

olmasligi  mumkin.  Chunki,  suzib  yuruvchi  kurs  rejimining 

qo‘llanilishi 

to‘lov 


balansini 

muvozanatlashtirish 

imkonini 

bermasligi mumkin.  

Valyuta  cheklovlari.  Ushbu  tadbir  eksport  qiluvchilarning 

xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy 

valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga 

oshiriladi.  Shuningdek,  u  valyuta  operatsiyalarini  maxsus 

ruxsatnomaga  ega  bo‘lgan  banklarda  amalga  oshirilishi  hamda 

to‘lov  balansidagi  defitsitni  kamaytirish  maqsadida,  kapital 

eksportini  chegaralash  va  uning  oqib  kelishini  rag‘batlantirish, 

tovarlar  importini  chegaralashga  qaratilgan  tadbirlar  yig‘indisi 

sifatida  ham  e’tirof  etiladi.  XX  asrning  70-yillari  oxiri  80-yillarining 

boshlarida  joriy  operatsiyalar  bo‘yicha  yuritilayotgan  siyosatning 

erkinlashuviga  qaramasdan,  konvertirlanadigan  valyutaga  ega 

bo‘lgan  mamlakatlarning  deyarli  90  foizida  kapitallarning  xalqaro 

harakatida  turli  xil  cheklovlar  mavjud  bo‘lgan.  EIning  ko‘pchilik 

davlatlari  ushbu  cheklovlarni  faqatgina  o‘tgan  asrning  90-yillariga 

kelib bekor qildi. 

Moliya  va  pul–kredit  siyosati.  To‘lov  balansidagi  defitsitni 

bartaraf 

etish 


maqsadida 

eksport 


qiluvchilarga 

byudjet 


subsidiyalari  beriladi,  protektsionistik  maqsadlarda  import  bojlari 

 

727 



 

To‘lov  balansining  standart  komponentlari  hisobvaraqlarning 

ikki asosiy guruhi bo‘yicha ajratilishi mumkin: 

 

–  joriy  operatsiyalar  hisobvarag‘i,  unda  tovarlar,  xizmatlar, 



olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy 

bitimlar hisobga olinadi; 

 

–  kapitallar  va  moliyaviy  instrumentlar  bilan  bog‘liq 



operatsiyalar  hisobvarag‘i,  unda  kapital  transfertlari,  nomoliyaviy 

aktivlarni  sotib  olish,  shuningdek,  moliyaviy  talablar  va 

majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi. 

 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  to‘lov  balansi  moddalarining  uch 



asosiy analitik guruhlari ajratib ko‘rsatiladi: 

 

1) savdo balansi; 



 

2) joriy operatsiyalar balansi; 

 

3) umumiy to‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. 



 

Joriy  operatsiyalar  hisobvarag‘ining  muhim  tarkibiy  qismi  – 

bu  savdo  balansi  bo‘lib,  tovarlar  eksporti  va  importi  o‘rtasidagi 

farqni  ifoda  etadi.  Savdo  balansining  o‘zgarishi  turlicha  talqin 

qilinishi  mumkin.  Masalan,  eksportning  importdan  oshishi 

mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning  oshganligi bilan 

izohlanadi.  Agar  butun  dunyo  mazkur  mamlakatning  eksport 

tovarlarini  xarid  qilsa,  shuningdek,  uning  rezidentlari  mahalliy 

tovarlarni  import  tovarlaridan  afzal  bilsa,  demak  xulosa  qilish 

mumkinki,  mamlakat  iqtisodiyotining  holati  yaxshi  hisoblanadi. 

Aksincha,  savdo  balansining  defitsiti  mazkur  mamlakat  eksport 

tovarlarining  yetarli darajada  raqobatbardosh  emasligi  va  aholi 

turmush  tarzini  himoya  qilish  uchun  zaruriy  choralar  ko‘rish 

lozimligidan  dalolat  berishi  mumkin.  Bunday  tahlil  agar  savdo 

balansidagi o‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo‘lgan 

talabning  ortishi  yoki  kamayishi  hisobiga  yuz  bersa  maqsadga 

muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri 

ham  sezilarli  bo‘lishi  mumkin.  Jumladan,  qulay  investitsion  muhit 

mamlakatga  xorijiy  investitsiyalar  oqimini  rag‘batlantirish  bilan 

birga  xorijdan  sotib  olinadigan  asosiy  vositalar  miqdorining  ham 

ortishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Bu  holat  ham  savdo  balansi 

defitsitini  yuzaga  keltiradi,  lekin  mamlakat  iqtisodiyotiga  keskin 

salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Joriy  operatsiyalar  balansi  kengroq  axborotni  o‘zida  jamlab, 

tovar  va  xizmatlar  harakati  bilan  bog‘liq  aktivlar  oqimini  aks 

ettiradi.  Joriy  operatsiyalar  bo‘yicha  ijobiy  saldo  tovar,  xizmat  va 




 

728 


xadyalar  harakati  bo‘yicha  kredit  debetdan  yuqoriligini  anglatadi. 

Boshqacha 

aytganda, 

ijobiy 


saldo 

mamlakat 

boshqa 

mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy 

operatsiyalar 

bo‘yicha 

defitsit 

mamlakatning 

sof 

qarzdor 


ekanligidan dalolat beradi. 

Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq, 

muvozanat  joriy  operatsiyalar  balansi  atamasida  aniqlangan. 

Bunda  ta’kidlab  o‘tilgan  saldo  kapitallar  harakati,  mamlakat  oltin-

valyuta  zaxiralaridagi  o‘zgarishlarni  hisobga  olmagan.  Shunday 

qilib,  merkantilist  maktabi  namoyondalari  fikricha,  iqtisodiy 

siyosatning  maqsadi  joriy  operatsiyalar  hisobvarag‘i  bo‘yicha 

ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda 

oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo‘ladi. 

Joriy  operatsiyalar  balansi  defitsitining  uzoq  muddatli  xorijiy 

kapital  hisobidan  moliyalashtirilishi  muvozanat  mezoni  sifatida 

to‘lov  balansining  umumiy  saldosi  tushunchasining  paydo 

bo‘lishiga olib keldi. 

To‘lov  balansining  davlat  tomonidan  tartibga  solishning 

zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 

Birinchidan,  to‘lov  balansiga  muvozanatsizlik  xos  bo‘lib,  bu 

holat  yoki  defitsit,  yoki  haddan  tashqari  aktiv  qoldiq  ko‘rinishida 

namoyon  bo‘ladi.  Bu  nomutanosiblik  valyuta  kursi  dinamikasiga, 

kapital  oqimiga,  iqtisodiyotning  holatiga  qattiq  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy 

valyuta  bilan  qoplash  natijasida,  inflyatsiyani  boshqa  davlatlarga 

eksport  qilishga  erishgan.  Bu  esa,  xalqaro  aylanmadagi  dollar 

ortiqchaligini  keltirib  chiqardi  va  XX  asrning  70-yillarida  Bretton-

vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi. 

Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti joriy 

qilingandan  so‘ng,  to‘lov  balansini  muvozanatlashtirishning  baho 

mexanizmi  ish  bermay  qo‘ydi.  Shu  sababli  ham,  to‘lov  balansini 

davlat  tomonidan  ma’lum  tadbirlar  orqali  boshqarilishi  maqsadga 

muvofiq bo‘lib qoldi. 

Uchinchidan, 

xo‘jalik 

aloqalari 

tobora 

globallashib 

borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 

solish  tizimida  to‘lov  balansining  roli  borgan  sari  ortib  bormoqda. 

To‘lov  balansini  muvozanatlashtirish  vazifasi  —  davlatning 

barqaror  iqtisodiy  o‘sishini  ta’minlash,  inflyatsiyani  jilovlab  turish 

 

729 


va  ishsizlikni  kamaytirish  kabi  vazifalar  bilan  bir  qatorda  e’tirof 

etilmoqda. 

To‘lov  balansini  muvozanatlashtirish,  odatda,  bir  qancha 

ichki  va  tashqi  omillarning  to‘lov  balansiga  ta’sirini  baholashni 

taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan davlatlar, xalqaro hisob-

kitoblarga  kirishuvchi  mamlakatlarda  makroiqtisodiy  barqarorlikni 

mavjud bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.  

Defitsitli  to‘lov  balansiga  ega  bo‘lgan  davlatlar  esa,  aktiv 

balansga  ega  bo‘lgan  o‘z  hamkorlaridan  import  bo‘yicha 

cheklovlarni 

kamaytirish, 

mazkur 


mamlakatlarga 

kapital 


chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi. 

To‘lov  balansida  defitsit  mavjud  bo‘lgan  davlatlar  tomonidan, 

eksportni 

rag‘batlantirish, 

import 

qilinayotgan 

tovarlarni 

kamaytirishga,  xorijiy  kapitalni  jalb  qilishga,  kapitalni  olib  chiqib 

ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:  

Deflyatsion  siyosat.  Bu  siyosat,  ichki  talabni  kamaytirishga 

yo‘naltirilgan  holda,  o‘z  ichiga  byudjet  mablag‘larini  aholi 

ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish 

kabilarni  qamrab  oladi.  Uning  asosiy  instrumentlaridan  biri  bo‘lib, 

moliyaviy  va  pul-kredit  choralari  hisoblanadi:  byudjet  defitsitini 

kamaytirish,  Markaziy  bankning  hisob  stavkalarini  o‘zgartirishi 

(diskont  siyosati);  kredit  cheklovlari;  pul  muassasining  o‘sib 

borishiga chegara qo‘yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori 

ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari 

sharoitida  deflyatsiya  siyosatini  qo‘llash,  ishlab  chiqarish  va 

bandlikning  yanada  pasayishiga  olib  keladi.  Bu  esa,  aholining 

turmush  darajasiga  sezilarli  salbiy  ta’sir  ko‘rsatib,  vaziyatni 

yumshatish  bo‘yicha  tezkor  chora-tadbirlar  qo‘llanilmasa,  ijtimoiy 

nizolar keltirib chiqarishi mumkin. 

Devalvatsiya.  Bu  milliy  valyuta  kursining  pasaytirilishidir.  Bu 

tadbir  milliy  eksportni  rag‘batlantirish  va  importni  jilovlash  bilan 

bog‘liq  maqsadlarda  amalga  oshiriladi.  Ammo,  to‘lov  balansini 

tartibga  solishda  devalvatsiyaning  roli,  uni  o‘tkazish  tartiblari  va 

ularga  hamkorlik  qiluvchi  mamlakatning  umumiqtisodiy  va 

moliyaviy  siyosatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Devalvatsiya  faqatgina, 

raqobatbardosh 

tovarlarning 

eksport 


salohiyati 

va 


jahon 

bozoridagi  qulay  vaziyatlarning  mavjudligi  sharoitidagina  tovarlar 

eksportini  rag‘batlantirishi  mumkin.  Devalvatsiyaning  importni 

cheklashga  ta’siri  esa,  mamlakatning  importni  cheklash  bo‘yicha 




 

752 


quyidagi  turlari  bo‘lishi  mumkin:  a)  advalor  stavkalar  (boj  undiriladigan 

mahsulotlarning  boj  qiymatiga  nisbatan  foizda  o‘rnatiladi);  b)  maxsus 

stavkalar  (boj  undiriladigan  mahsulotning  birligiga  nisbatan  aniqlanadi);  v) 

kombinatsiyalashtirilgan  stavkalar  (boj  undirishning  dastlabki  ikki  varianti 

birgalikda qo‘llaniladi). 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish