Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Valyuta kursiga
ta’sir etuvchi fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib
ko‘rsatish mumkin. Xususan:
1. Iqtisodiy omillar. Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar(YaIM,
Sanoatning o‘sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi,
inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o‘zgarishi (1-jadvalga
qarang), mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari
va yig‘ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, moliya bozorining
valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o‘zgarishlarni qayd etib
o‘tish mumkin.
2. Siyosiy omillar. Siyosiy omillarning asosiylari sifatida
prezident, davlat va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va
uning natijalari, ularning iste’foga chiqishi, shuningdek, markaziy
banklar yoki pul-kredit siyosati bilan shug‘ullanuvchi davlat
organlari rahbar kadrlar almashinuvi, geosiyosiy to‘qnashuv va
inqirozlarni ko‘rsatish mumkin.
3. Turli xabarlar va kutishlar. Global valyuta bozorida
investorlarni harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli
xabarlar, mish-mish gaplar, ovozalar asosida valyutalarni sotib ol
va fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda ularni sot”. Global
valyuta bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, shuningdek
boshqa psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini
faollashtirishi yoki susaytirishi mumkin.
4. Fors-major holatlari. Favqulotda sodir bo‘lgan hodisalar,
masalan, suv toshqini, zilzila, yirik ko‘lamli yong‘in, turli zararli
epidemiyalarni, gaz va boshqa zarralarni ommaviy tarqalishi,
kuchli to‘fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida turli darajadagi
vayronagarchilikni yuzaga kelishi. Shuningdek, mamlakatda
terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham
valyuta kurslari o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
707
ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash
uchun foydalaniladi.
– institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond
birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit
tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va
birlashmalar majmui bo‘lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining
xarakati amalga oshiriladi.
– iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital,
xizmatlar, tovarlar xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta
taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko‘rinishidagi
munosabat.
Davlatlararo
va
transmilliy
moliya-kredit
munosabatlarini o‘z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar
ishtirokini ifodalaydi.
Xalqaro moliyaning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
– taqsimlash funksiyasi;
– nazorat funksiyasi;
– takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida
xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan
bog‘liq tartibga solish funksiyasi;
– barqarorlashtirish funksiyasi. Mazkur funksiya jahon
xo‘jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun
barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo‘ladi.
Xalqaro
moliya munosabatlari shakllanishi va
rivoj-
lanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:
1. Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar
bozorlari.
2. Xalqaro mehnat taqsimoti.
3. Iqtisodiy
aloqalarning
baynalminallashuvi
va
globallashuvi.
4. Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining
kuchayishi.
5. Ilmiy-texnika taraqqiyoti;
6. Xalqaro moliya munosabatlarining ko‘p tomonlama
tartibga solish tizimini takomillashtirilishi;
7. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskin-
lashuvi.
Xalqaro moliya jahon xo‘jaligining aniqlovchi tizimlaridan biri
hisoblanib, milliy va jahon iqtisodiyotiga aniqlovchi ta’sir
ko‘rsatadi.
708
Do'stlaringiz bilan baham: |